Yoshua 9 bob

1 Givonliklar Yoshuani aldashadi.

1 Iordan daryosining g‘arb tomonida turadigan barcha shohlar Yoshuaning g‘alabalari haqida eshitishgan edi. Ular qirlarda, qirlarning etaklarida, butun O‘rta yer dengizi qirg‘og‘i bo‘ylab to shimoldagi Lubnongacha bo‘lgan joyda yashaydigan Xet, Amor, Kan’on, Pariz, Xiv va Yobus xalqlarining shohlari edilar.
2 O‘sha shohlar o‘z qo‘shinlarini bir qilib, Yoshua va butun Isroil xalqiga qarshi jang qilishga to‘plandilar.
3 Ammo Givon aholisi Yoshuaning Yerixo va Ay shaharlariga qilgan ishlari haqida eshitib,
4 ayyorlik bilan ish tutdi. Ulardan bir nechtasi yo‘lga tayyorgarlik ko‘rib, o‘z eshaklariga eski xurjunlar va eski, yirtilib yamalgan meshlarni yukladilar.
5 Oyoqlariga eski, yamalgan oyoq kiyimlar, ustilariga esa juldur kiyimlar kiyishdi. Ular olgan nonlarning suvi qochib, mog‘or bosgan edi.
6 Ular Gilgaldagi qarorgohga borib, Yoshua va butun Isroil xalqiga: — Biz juda ham olis bir yurtdan keldik, biz bilan sulh tuzinglar, — deyishdi.
7 Ammo Isroil xalqi bu Xiv xalqidan bo‘lganlarga shunday dedi: — Balki sizlar bizga yaqin joyda yasharsizlar, biz qanday qilib sizlar bilan sulh tuzamiz?
8 — Shunda ular Yoshuaga: — Biz sizlarning qullaringizmiz, — deyishdi. Yoshua esa ulardan: — Sizlar kimsizlar? Qayerdan keldingiz? — deb so‘radi.
9 Ular Yoshuaga shunday deb javob berishdi: — Biz sizning qullaringizmiz, Egangiz Xudoni deb juda ham uzoq bir yurtdan keldik. Biz sizning Xudoyingiz haqida eshitdik. U Misrda nima qilganini,
10 Iordanning sharqidagi Amor xalqlarining ikki shohiga — Xashbon shohi Sixo‘n va Ashtaro‘tda yashagan Bashan shohi O‘gga nimalar qilganingizni eshitdik.
11 Shuning uchun oqsoqollarimiz va yurtimiz aholisi bizni sizlarning oldingizga yuborib: “Uzoq safarga tayyorlaninglar. Isroil xalqi oldiga yetib borgach, bizning xalqimiz ularga qul ekanligini aytib, ular bilan sulh tuzib kelinglar”, deb tayinlashdi.
12 Mana, nonimizga qarang, yo‘lga chiqqanimizda issiqqina edi, endi esa suvi qochib, mog‘or bosib qolgan.
13 Mana bu sharob meshlari ularni to‘ldirganimizda yangi edi, endi esa qarang, yorilib ketgan, ust–boshimiz va oyoq kiyimlarimiz ham yo‘l uzoqligidan eskirib ketdi.
14 Isroil oqsoqollari ularning oziq–ovqatlarini tekshirib ko‘rdilar, Egamizdan esa yo‘l–yo‘riq so‘ramadilar.
15 Yoshua ular bilan tinchlik sulhini tuzdi. Jamoa oqsoqollari ularni o‘ldirmaslikka qasam ichib, mana shu sulhni ma’qulladilar.
16 Sulh tuzilib, uch kun o‘tgandan keyin Isroil xalqi Givonliklar o‘zlariga yaqin joyda yashashlarini eshitib qolishdi.
17 Isroil xalqi yo‘lga chiqib ularning shaharlariga uch kunda yetib borishdi. Givon, Xafira, Bero‘t va Xirat–Yorim ularning shaharlari edi.
18 Ammo Isroil xalqi ularga hujum qilmadi, chunki jamoa oqsoqollari Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomi bilan qasam ichib, ularga va’da berishgan edi. Shunda butun jamoa ming‘illab, oqsoqollarga nolidi.
19 Oqsoqollar jamoaga shunday dedilar: — Biz ularga Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomi bilan qasam ichib va’da berganmiz, endi biz ularga tegmasligimiz kerak.
20 Mayli, yashayverishsin, ichgan qasamimizni buzib, boshimizga Egamizning g‘azabini keltirmaylik.
21 Ammo Givonliklar butun jamoa uchun o‘tin yoruvchi, suv tashuvchi bo‘lib qolsin. Shunday qilib, oqsoqollar Givonliklarga nisbatan o‘z va’dasida qoldilar.
22 Yoshua Givonliklarni chaqirib so‘radi: — Bizga yaqin joyda yasharkansiz. Nimaga, sizlardan uzoq joyda yashaymiz, deb bizni aldadingiz?
23 Shuning uchun endi sizlar la’natisizlar, sizlar endi abadiy mening Xudoyim uyi uchun o‘tin yoruvchi, suv tashuvchi qul bo‘lib qolasizlar.
24 Ular Yoshuaga javob berdilar: — Biz aniq eshitdik, Egangiz Xudo O‘zining quli Musoga butun yurtni sizlarga berib, uning butun aholisini qirib tashlashni buyuribdi. O‘z jonimizni o‘ylab, sizlardan qo‘rqqanimizdan shu ishni qildik.
25 Endi biz sizning qo‘lingizdamiz, nima to‘g‘ri va nima yaxshi, deb o‘ylasangiz, bizni shunday qiling.
26 Isroil xalqi Givonliklarni o‘ldirishiga Yoshua yo‘l qo‘ymadi.
27 Ammo o‘sha kuni Yoshua ularni, Egamizning qurbongohi qayerda qurilishidan qat’iy nazar, ana shu qurbongoh va Isroil jamoasi uchun o‘tin yoruvchi va suv tashuvchi qilib qo‘ydi. Hatto bugungacha ularning vazifasi shudir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18