Yoshua 11 bob

1 Isroil xalqi shimoldagi shohlarni mag‘lub qiladi. 16 Yoshua qo‘lga kiritgan yerlar.

1 Xazor shahrining shohi Yobin Yoshuaning g‘alabalari haqida eshitdi. U quyidagi shohlarga shoshilinch xabar yubordi: Madon shohi Yo‘vovga, Shimron shohiga, Axshof shohiga,
2 shimoldagi qirlarning shohlariga, Jalila ko‘lining janubidagi Iordan vodiysining shohlariga, g‘arbdagi qir etaklari va Nafo‘t–Do‘r shohlariga,
3 sharq va g‘arbdagi Kan’on xalqlarining shohlariga, Amor, Xet, Pariz xalqlarining shohlariga, qirlardagi Yobus shohlariga, Mispax yeridagi, Xermon tog‘ining etagida yashaydigan Xiv xalqiga.
4 Ular butun lashkarlari, juda ko‘p otlariyu jang aravalarini to‘plab, Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun yig‘ilishdi. Ularning jangchilari dengiz qirg‘og‘idagi qumday son– sanoqsiz edi.
5 Isroil xalqi bilan jang qilishga mana shu shohlarning hammasi lashkarlarini birlashtirishdi. Ular Mirom suvlari oldida qarorgoh qurdilar.
6 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qo‘rqmagin, Men O‘zim ularni sizlarning qo‘lingizga beraman, ertaga shu paytda ularning hammasi o‘lgan bo‘ladi. Ularning otlarini mayib qilib, jang aravalarini yondirasizlar.”
7 Yoshua o‘zining butun lashkari bilan Miromga borib, dushman qo‘shinlari ustiga to‘satdan hujum qildi.
8 Egamiz Isroil lashkariga dushmanlari ustidan g‘alaba berdi. Isroil lashkarlari dushmanlarini shimol tomonda Buyuk Sidon va Misrafo‘t– Mayimgacha, sharq tomonda esa Mispax vodiysigacha quvib borib, ularning hammasini halok qildi. Dushmanlarning birortasi ham tirik qolmadi.
9 Yoshua ular bilan Egamiz buyurganday qildi, ularning otlarini mayib qilib, jang aravalarini yondirib tashladi.
10 O‘shandan keyin Yoshua o‘z lashkari bilan orqaga qaytib, Xazor shahriga bordi. Uni qo‘lga kiritib, shohini halok qildi. U paytda Xazor o‘sha shohliklar orasida eng qudratlisi edi.
11 Isroil lashkari shahar aholisining hammasini butunlay yo‘q qildi. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Shaharni esa yondirib tashlashdi.
12 Yoshua bilan Isroil lashkari o‘sha shaharlarning hammasini bosib olib, ularning shohlariyu barcha aholisini qilichdan o‘tkazdi. Egamizning quli Muso buyurganday, ularni butunlay vayron qildi.
13 Isroil lashkari tepaliklarda qurilgan shaharlardan faqatgina Xazor shahrini yondirib tashladi.
14 Isroil lashkari shaharlardagi mol–mulklarni va barcha chorvani o‘zlariga o‘lja qilib oldilar. Ammo shaharlarning barcha aholisini qilichdan o‘tkazdilar. U yerda birorta ham tirik jon qolmadi.
15 Egamiz o‘z quli Musoga bergan amrlarni Muso Yoshuaga yetkazgan edi. Yoshua Muso aytganday qilib, barcha amrlarni bitta qoldirmay bajardi.
16 Shunday qilib, Yoshua butun yurtni: janubiy qirlaru o‘sha qirlarning etaklarini, butun Nagav cho‘lini, butun Go‘shen yerini, Iordan vodiysini, shimoliy qirlar va o‘sha qirlarning etaklarini bosib oldi.
17 Isroil xalqi bosib olgan yerning janubiy chegarasi Seir yurti yonidagi Xalak tog‘i edi, shimoldagi chegarasi esa Xermon tog‘ining etagida joylashgan Lubnon vodiysidagi Baal–Gad shahri edi. Yoshua o‘sha yerlarning shohlarini mag‘lub qilib, hammasini halok qildi.
18 Bu shohlarni mag‘lub qilguncha, Yoshua uzoq vaqt ular bilan urush qilgan edi.
19 Givondagi Xiv xalqidan tashqari hech bir shahar aholisi Isroil xalqi bilan sulh tuzmagan edi. Ularning hammasi jangda mag‘lub bo‘lishdi.
20 Egamiz o‘sha xalqlarni o‘jaru takabbur qilib qo‘ygani uchun, ular Isroil xalqiga qarshi jangga chiqaverdi. Egamiz Musoga buyurganday, Isroil lashkari ularni butunlay yo‘q qilib, shafqatsiz o‘ldirishlari uchun shunday qilgan edi.
21 O‘sha paytda Yoshua qirlarda yashagan Inoq avlodini yo‘q qilib tashlagan edi. Ular Xevron, Davir, Onov shaharlarida, butun janubiy va shimoliy qirlarda yashardilar. Yoshua ularni o‘ldirib, shaharlarini vayron qildi.
22 Isroil xalqining yurtida Inoq avlodidan hech kim qolmadi, faqatgina G‘azo, Gat va Ashdod shaharlarida bir nechtasi qoldi.
23 Shunday qilib, Musoga Egamiz aytganday, Yoshua butun yurtni qo‘lga kiritdi. Yoshua bu yerlarni Isroil xalqining qabilalariga mulk qilib berdi. Endi yurtda tinchlik barqaror bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18