Yoshua 10 bob

1 Isroil xalqi janubdagi shohlarni mag‘lub qiladi. 16 Yoshua janubdagi beshta shohni o‘ldiradi. 28 Yoshua janubdagi shaharlarni vayron qiladi.

1 Quddus shohi Odonisidiq eshitdiki, Yoshua Ay shahrini qo‘lga kiritibdi, uni butunlay vayron qilibdi, Yerixo va uning shohiga nimalar qilgan bo‘lsa, Ay shahrini va uning shohini ham shunday qilibdi. Givonliklar ham Isroil xalqi bilan sulh tuzib, endi ularning orasida yashayotganini eshitib
2 juda qo‘rqib ketdi. Axir, Givon shahri ulkan shahar bo‘lib, o‘z shohiga ega bo‘lgan shaharlarday katta, Ay shahridan ham kattaroq edi– da. Givon aholisining barcha erkaklari ham juda mohir jangchi edilar.
3 Xevron shohi Xo‘xam, Yarmut shohi Pirom, Laxish shohi Yofiya va Eglon shohi Dabir Quddus shohi Odonisidiqdan shunday xabar olishdi:
4 “Kelib, menga yordam bering. Birga Givonga hujum qilaylik, chunki ular Yoshua va butun Isroil xalqi bilan sulh tuzibdi.”
5 Shunda Quddus shohi, Xevron shohi, Yarmut shohi, Laxish shohi va Eglon shohi — Amor xalqlarining beshala shohlari kuchlarini yig‘dilar. Barcha qo‘shinlari bilan Givonni o‘rab olib, hujum qildilar.
6 Givonliklar Yoshuaga — Gilgaldagi qarorgohga shunday xabar yubordilar: “Qirlardagi hamma Amor shohlari o‘z qo‘shinlari bilan bizlarga qarshi yig‘ilishdi. Qullaringizni tark etmang! Tez kelib bizlarni qutqaring, bizga yordam bering.”
7 Yoshua butun lashkari bilan Gilgaldan chiqdi. Ularning orasida eng zo‘r jangchilar ham bor edi.
8 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Ulardan qo‘rqma, ularni sening qo‘lingga berganman, ularning birortasi ham senga bas kela olmaydi.”
9 Yoshua o‘z lashkari bilan Gilgaldan chiqqandan keyin tuni bilan yo‘l bosib, Amor qo‘shinlarining ustiga to‘satdan bostirib bordi.
10 Butun Isroil lashkari oldida Egamiz Amor qo‘shinlarini vahimaga soldi. Isroil lashkari Givonda ularning ko‘plarini qilichdan o‘tkazdi. Bayt–Xo‘ronga chiqadigan yo‘l bilan quvib, to Ozikah va Makkedoga yetib borguncha yo‘lda Amor qo‘shinlarini yo‘q qildi.
11 Ular Isroil lashkaridan qochib, Bayt– Xo‘rondan pastga tushayotganda, Egamiz osmondan ularning ustiga Ozikahga yetgunlaricha yirik do‘l yog‘dirgan edi. Ularning ko‘plari do‘l ostida halok bo‘ldi. Isroil lashkarining qilichidan halok bo‘lganlarga qaraganda, do‘l tegib o‘lganlar ko‘proq edi.
12 Egamiz Amor xalqlarini Isroil lashkarining qo‘liga bergan kuni Yoshua Egamizga gapirib, butun Isroil xalqi oldida shunday dedi: “Ey, quyosh, tek turgin Givon shahrida, Oymomo, sen esa Oyjavlon vodiysida.”
13 Quyosh ham, oy ham qimirlamay, xalq o‘z dushmanlaridan qasos olmaguncha, osmonda to‘xtab turaverdi. “Yoshur” kitobida shu haqida yozilgan. Quyosh osmonning o‘rtasida to‘xtab, kun bo‘yi botmay turdi.
14 O‘sha kuni Isroil xalqi uchun Egamizning O‘zi jang qildi. Undan oldin ham, keyin ham Egamiz insonning iltijosiga javob bergan bunday kun bo‘lmagan.
15 Shundan keyin Yoshua va butun lashkar Gilgaldagi qarorgohga qaytib ketishdi.
16 Beshala shoh qochib, Makkedodagi g‘orga yashirinib olishgan edi.
17 Yoshuaga: “Beshta shoh topildi, ular Makkedodagi g‘orning ichiga yashirinib olishgan ekan”, — deb aytishdi.
18 Yoshua shunday dedi: “Katta toshlar olib, g‘orning og‘zini yopinglar. Shohlar chiqib ketmasligi uchun, u yerga qo‘riqchilar tayinlanglar,
19 lekin hammangiz ham o‘sha yerda qolib ketmang. Dushman lashkarlarini quvib, ularga orqadan hujum qiling. Ularni o‘z shaharlariga kirishlariga yo‘l qo‘ymang, chunki Egangiz Xudo dushmanlarni sizning qo‘lingizga bergan.”
20 Yoshua va butun Isroil lashkari dushmanlarning deyarli hammasini qilichdan o‘tkazdi. Faqat bir–ikkitasigina o‘z mustahkam shaharlariga qochib borib, tirik qoldi.
21 Butun Isroil lashkari Makkedodagi qarorgohga sog‘–salomat qaytib bordi. Shundan keyin o‘sha yerlardagi hech kim Isroil xalqiga qarshi gapirishga jur’at eta olmadi.
22 Yoshua: “G‘orning og‘zini ochib, beshta shohni mening oldimga olib kelinglar”, deb buyurdi.
23 Uning aytganini qilib, beshta shohni — Quddus, Xevron, Yarmut, Laxish va Eglon shaharlarining shohlarini g‘ordan olib chiqib, uning oldiga olib kelishdi.
24 Yoshua butun Isroil jangchilarini yig‘ib, o‘sha beshta shohni yerga yotqizdi. Jangchilarning boshliqlariga esa shunday dedi: “Yaqinroq kelib, oyoqlaringizni shohlarning bo‘ynilariga qo‘yinglar.” Ular kelib, oyoqlarini shohlarning bo‘ynilariga qo‘ydilar.
25 Yoshua gapida davom etdi: “Endi qo‘rqmang, vahimaga tushmang, faqatgina dadil va botir bo‘linglar. Egamiz sizga qarshi chiqadigan hamma dushmanlarni shu ko‘yga soladi.”
26 Shundan keyin Yoshua shohlarni o‘ldirib, ularning jasadlarini tik o‘rnatilgan beshta xodaning uchiga qoqdi. Jasadlar kechgacha xodalarda osilib turdi.
27 Quyosh botganda, Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, shohlarning jasadlarini xodalardan tushirib, ilgari o‘sha shohlar yashiringan g‘orning ichiga tashladilar. G‘orning og‘zini esa katta–katta toshlar bilan yopib qo‘ydilar. O‘sha toshlar bugungacha o‘sha yerdadir.
28 Yoshua o‘sha kuni Makkedo shahrini bosib oldi, uning aholisini shohi bilan birga qilichdan o‘tkazdi. Shahardagi har bir kishini yo‘q qildi, u yerda birorta ham tirik jon qolmadi. Yerixoning shohiga nima qilgan bo‘lsa, Makkedoning shohiga ham shunday qildi.
29 Keyin Yoshua butun Isroil lashkari bilan Makkedodan Libna shahriga borib, Libnaga hujum qildi.
30 Egamiz Libna va uning shohini ham Isroil lashkarining qo‘liga berdi. Ular butun shahar aholisini qilichdan o‘tkazib, birorta ham tirik jon qoldirmadilar. Yerixo shohiga nima qilgan bo‘lsa, Libna shohiga ham shunday qilishdi.
31 Yoshua va barcha Isroil jangchilari Libnadan Laxish shahriga bordilar. Shaharni qurshovga olib, hujum qilishdi.
32 Egamiz Laxishni Isroil lashkarining qo‘liga berdi. Ular ikkinchi kuni shaharni bosib olishdi. Xuddi Libnadagiday bu shaharning ham butun aholisini qilichdan o‘tkazishdi.
33 Gezer shahrining shohi Xo‘rom Laxish shahriga yordamga kelgan edi, Yoshua Xo‘romni va uning butun qo‘shinini birorta ham tirik jon qoldirmay yo‘q qildi.
34 Isroil lashkari Yoshua bilan Laxishdan chiqib Eglon shahriga bordi. Uni ham qurshovga olib, hujum qildi.
35 Xuddi Laxishdagiday Eglonni ham bir kun ichida bosib olib, uning barcha aholisini yo‘q qildi.
36 Bundan keyin Yoshua bilan Isroil lashkari Eglondan Xevron shahriga borishdi. O‘sha shaharga hujum qilishdi.
37 Xevronni qo‘lga olib, uning shohini, butun aholisini, hatto atrofidagi qishloqlarning aholisini ham butunlay yo‘q qildilar. Xuddi Eglondagiday bitta ham tirik jon qoldirishmadi.
38 Keyin Yoshua butun Isroil lashkari bilan Davir shahriga borib, unga hujum qildi.
39 Shaharni qo‘lga kiritib, uning shohi, butun aholisi va hatto atrofidagi qishloqlarning aholisini ham butunlay yo‘q qildi. Xevron, Libna shaharlari va ularning shohlariga nima qilgan bo‘lsa, Davir va uning shohini ham xuddi shunday qilib, shaharda birorta ham tirik jonzot qoldirmadi.
40 Yoshua butun yurtni — qirlarniyu Nagav cho‘lini, g‘arbdagi qirlar etaklarini, sharqdagi qir yon bag‘irlarini bosib oldi va shu joylarning shohlarini mag‘lub qildi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz buyurganday, Yoshua hech kimni tirik qoldirmadi, hammani qirib tashladi.
41 Yoshua Kadesh–Barnadan G‘azogacha bo‘lgan shaharlarni, butun Go‘shen yerini, shimoldagi Givongacha bo‘lgan yerlarni bosib oldi.
42 Yoshua bu shohlar va ularning yerlarini bir yurishdayoq bosib oldi, chunki Isroil xalqining Xudosi — Egamiz O‘z xalqi uchun jang qildi.
43 Keyin Yoshua Isroil lashkari bilan birga Gilgaldagi qarorgohga qaytib bordi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак