Yoshua 15 bob

1 Yahudo qabilasining hududi. 13 Xolib Xevron va Davir shaharlarini mag‘lub qiladi. 20 Yahudo shaharlari.

1 Yahudo qabilasining urug‘lariga tushgan ulush yurtning janub tomonida edi. Ularning janubdagi yerlari Edom yurtining chegarasi bo‘lgan Zin sahrosigacha yetdi.
2 Ularning janubiy chegarasi O‘lik dengizning janubiy qirg‘og‘idan boshlanadi.
3 Chegara Chayonlar dovonidan o‘tib janub tomonga, Zin sahrosi tomon cho‘ziladi. Kadesh– Barna shahrining janub tomonidan o‘tib, Xazron shahrigacha boradi. Xazrondan o‘tgandan keyin esa Adar shahrigacha borib Karxa shahri tomonga buriladi.
4 Bu chegara Ozmon shahrigacha borib, Misr chegarasidagi soylikdan ham o‘tadi–da, O‘rta yer dengizining yonida to‘xtaydi. Mana shu Yahudo qabilasining janubiy chegarasi bo‘ladi.
5 Ularning sharqiy chegarasi O‘lik dengizdir. Bu chegara shimoldagi Iordan daryosi O‘lik dengizga quyiladigan joygacha cho‘ziladi. Shimoliy chegara esa mana shu joydan boshlanadi.
6 Bu chegara O‘lik dengizning g‘arbidagi Bayt–Xo‘glaxgacha cho‘zilib, Bayt– Arabaning shimolidan o‘tadi–da, Ruben o‘g‘li Bo‘xanning nomi bilan atalgan tosh turgan joygacha boradi.
7 Keyin chegara Oxor soyligidan Davirgacha borib, shimolga — Gilgal tomonga buriladi. Gilgal soylikning janubida bo‘lgan Adum dovonining ro‘parasida edi. Chegara En–Shamash bulog‘idan o‘tib En– Ro‘g‘olga boradi.
8 Keyin Xinnum soyligining tepasidan kesib o‘tib, Yobus xalqiga qarashli bo‘lgan tepalikning, ya’ni Quddusning janubiy yon bag‘ridan o‘tadi. Chegara u yerdan Xinnum soyligining g‘arbidagi qirning tepasiga — Rafa soyligining shimoliy chetigacha boradi.
9 Chegara tog‘ning tepasidan Naftuva buloqlari tomon cho‘zilib, Efro‘n tog‘ining shaharlarigacha boradi, keyin esa Baalax tomonga buriladi. Bu shahar hozirgi paytda Xirat–Yorim, deb ataladi.
10 Shundan keyin bu shimoliy chegara Baalaxning g‘arb tomonini aylanib o‘tib, Seir tog‘larigacha boradi. Keyin Yorim tog‘ining shimoliy yon bag‘ridan o‘tadi. Xisalon shahri shu yerda joylashgan. U yerdan chegara Bayt–Shamash shahrigacha boradi va Timnax shahridan o‘tadi.
11 Keyin chegara Exron shahrining shimolidagi tepalikning yon bag‘ridan o‘tib, Shikkaron shahri tomonga buriladi. Keyin Baalax tog‘ining yonidan o‘tib, Yobnail shahriga boradi. Shimoliy chegara O‘rta yer dengizining oldida tugaydi.
12 O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i g‘arbiy chegarani tashkil qiladi. Mana shu chegaralar bilan o‘ralgan yerda Yahudo qabilasining urug‘lari yashardi.
13 Egamiz buyurganday, Yoshua Yafunax o‘g‘li Xolibga Yahudo qabilasining hududidan ulush berdi. Bu ulush Xirat–Arba shahri edi. Hozirgi paytda bu shahar Xevron, deb ataladi. Arba Inoq avlodining ajdodi edi.
14 Xolib u yerdan Inoq avlodini — Sheshay, Oximan va Talmay urug‘larini quvib chiqardi.
15 Yahudo qabilasining odamlari u yerdan Dabir shahriga hujum qilish uchun yo‘lga tushishdi. Dabirning eski nomi Xirat– Safar edi.
16 Shunda Xolib: “Xirat–Safarga hujum qilib, qo‘lga kiritgan kishiga qizim Axsani beraman”, — dedi.
17 Xolibning ukasi bo‘lgan Xanazning o‘g‘li O‘tniyol shaharni qo‘lga kiritdi. Xolib esa unga qizi Axsani uzatdi.
18 To‘ydan keyin qiz O‘tniyolga: “Keling, otamdan bir dala so‘rab olaylik”, deb turib oldi. Xolib, eshakdan tushayotgan qiziga: “Ha, qizim, biron bir istaging bormi?” — deb so‘radi.
19 “Menga bir sovg‘a qilsangiz, — dedi Axsa. — Siz menga Nagav cho‘lidagi yerni berdingiz, endi suv buloqlarini ham hadya eting.” Shunday qilib, Xolib unga tepadagi va pastdagi buloqlarni berdi.
20 Quyida aytib o‘tilgan yerlarni Yahudo qabilasi ulush qilib oldi.
21 Bu hududning eng janubidagi, Edom yurtining chegarasidagi shaharlarning nomlari quyidagicha edi: Kabzayol, Eder, Yog‘ur,
22 Xino, Dimona, Adad,
23 Kedesh, Xazor, Yitnon,
24 Zif, Talim, Bolo‘t,
25 Xazor–Xadatto, Xariyo‘t– Xazron (ya’ni Xazor),
26 Emom, Shama, Mo‘lodax,
27 Xazor–Gaddax, Xashmon, Bayt–Palat,
28 Xazor– Shuvol, Bersheva, Bizyo‘tayox,
29 Baalax, Iyim, Ezam,
30 Elto‘lad, Xasil, Xo‘rmax,
31 Zixlax, Madmanno, Sansanno,
32 Laboyo‘t, Shilxim, Oyin, Rimmon. Hammasi bo‘lib yigirma to‘qqizta shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
33 Qir etaklarining shimolidagi shaharlarning nomi esa quyidagicha edi: Eshtoyo‘l, Zorox, Ashnah,
34 Zono‘vax, En–Xannim, Tappux, Enom,
35 Yarmut, Adullam, So‘xo‘, Ozikah,
36 Sharayim, Aditayim, Gedera, Gadero‘tayim. Hammasi bo‘lib o‘n to‘rtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
37 Qirlar etaklarining janubida quyidagi shaharlar bor edi: Zinon, Hadasha, Migdal–Gad,
38 Dilan, Mispax, Yoxtal,
39 Laxish, Bozxat, Eglon,
40 Kabbo‘n, Laxmos, Xitlish,
41 Gadero‘t, Bayt– Do‘g‘on, Namax, Makkedo. Hammasi bo‘lib o‘n oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
42 Qir etaklarining markaziy qismidagi shaharlar quyidagilar edi: Libna, Eter, Oshon,
43 Yiftox, Ashnah, Naziv,
44 Keylax, Axsib, Morisho. Hammasi bo‘lib to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
45 Yahudo qabilasining hududi Exronning barcha shaharlari va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi.
46 Chegara Exrondan g‘arbga, O‘rta yer dengizi tomon cho‘zilib, Ashdodning yonida bo‘lgan barcha shaharlar va ularning atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi.
47 Ularning hududi Ashdod va uning shaharlariyu qishloqlarini, G‘azo va u yerdan Misr chegarasidagi soylikkacha bo‘lgan joylardagi shaharlar va qishloqlarni, O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i bo‘yidagi shaharlarni o‘z ichiga olar edi.
48 Yahudo qabilasi qirlarda quyidagi shaharlarni ulush qilib oldi: Shomir, Yatir, So‘xo‘,
49 Danno, Xirat–Sanno (ya’ni Davir),
50 Onov, Eshtamo‘va, Onim,
51 Go‘shen, Xo‘lun va Gilox. Hammasi bo‘lib o‘n bitta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
52 Qirlardagi quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining hududiga kirar edi: Arab, Dumax, Ishan,
53 Yonum, Bayt–Tappux, Ofoqa,
54 Xumtax, Xirat–Arba (ya’ni Xevron) va Zior. Hammasi bo‘lib to‘qqizta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
55 Yana qirlarda quyidagi shaharlar Yahudo qabilasining ulushi bo‘ldi: Moyun, Karmil, Zif, Yutto,
56 Yizril, Yoxdayom, Zono‘vax,
57 Qayin, Givo va Timnax. Hammasi bo‘lib o‘nta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
58 Qirlardagi mana bu shaharlar ham o‘sha hududga kirardi: Xalxul, Bayt–Zur, Gado‘r,
59 Marot, Bayt–Ano‘t va Eltaxo‘n. Hammasi bo‘lib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
60 Xirat–Baal (ya’ni Xirat–Yorim) va Rabba — qirlardagi mana shu ikki shahar va ularning atrofidagi qishloqlar ham Yahudo qabilasining ulushi bo‘ldi.
61 O‘lik dengiz bo‘yidagi adirlarda joylashgan quyidagi shaharlar ham Yahudo qabilasiga tegishli bo‘ldi: Bayt–Araba, Middin, Saxoxo,
62 Nivshon, Tuz shahri va Engedi. Hammasi bo‘lib oltita shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
63 Ammo Yahudo qabilasi Yobus xalqini Quddusdan haydab chiqara olmadi. Bugungacha Yobus xalqi Yahudo xalqi bilan birga Quddusda yashaydi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18