Yoshua 14 bob

1 Iordan daryosining g‘arbidagi yerlar taqsimlanadi. 6 Xevron Xolibga beriladi.

1 Iordan daryosining g‘arbida Kan’on yurtidagi yerlardan Isroil xalqining qolgan qabilalari mulk oldilar. Ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va Isroil qabilalarining boshliqlari bu yerlarni qabilalarga bo‘lib berishdi.
2 Iordan daryosining g‘arbida mana shu to‘qqiz qabila va bir qabila yarmisining ulushlari, Musoga Egamiz buyurganday, qur’a tashlab belgilandi.
3 Iordanning sharqida esa Muso ikki qabilaga va bir qabilaning yarmisiga ulush berib bo‘lgandi.
4 Yusufning ikki o‘g‘li Manashe va Efrayimdan ikki qabila kelib chiqqan edi. Ammo Isroil qabilalari orasida Levi qabilasi hech qanday ulush olmadi. Ularga faqat o‘zlari yashashi uchun shaharlar va qo‘y–mollarini boqish uchun shaharlar atrofidagi yaylovlar berildi.
5 Shunday qilib, Egamiz Musoga buyurganday, Isroil xalqi yerlarni bo‘lib oldilar.
6 Bir kuni Yahudo qabilasidan bir necha kishi Yoshuaning oldiga kelishdi. Isroil xalqining hammasi hali ham Gilgaldagi qarorgohda edilar. Xanaz avlodidan bo‘lgan Yafunax o‘g‘li Xolib o‘sha kishilar orasida edi. U Yoshuaga shunday dedi: — Kadesh–Barna shahrida bo‘lganimizda, Xudoning odami Muso siz va men haqimizda nima deganini bilasiz. Muso Egamiz nomidan gapirdi.
7 Egamizning quli Muso meni Kadesh–Barnadan mana shu yerlarni tekshirib kelish uchun yuborganda qirq yoshda edim. Men qaytib kelib unga bor haqiqatni aytdim.
8 Men bilan birga borganlar xalqni vahimaga solgan bo‘lsa ham, men Egam Xudoga sodiq qoldim.
9 O‘sha kuni Muso qasam ichib shunday degan edi: “Sen Kan’on yurtida bosib o‘tgan yerlar abadiy senga va avlodlaringga ajratilgan mulk bo‘lib qoladi, chunki sen Egam Xudoga sodiq qolding.”
10 Mana ko‘rib turganingizdek, Egamiz Musoga shunday deb gapirganiga qirq besh yil bo‘ldi. O‘sha paytda Isroil xalqi sahroda yurgan edi. Xudoyim O‘zi aytganday o‘shandan beri jonimni saqlab kelyapti. Mana hozir sakson besh yoshdaman.
11 Muso meni yuborgan kunda qanday baquvvat bo‘lgan bo‘lsam, hozir ham shundayman. Haligacha jangga ham, qolgan barcha ishlarga ham quvvatim yetadi.
12 Endi Egamiz o‘sha kuni va’da qilgan qirlarni menga bering. O‘sha kuni ayg‘oqchilarning: “Inoq avlodi u yerda o‘zlarining katta, mustahkam shaharlarida yasharkan”, — degan gaplarini o‘zingiz eshitdingiz. Ammo Egamiz men bilan birga bo‘lsa, Egamizning O‘zi aytganday, men ularni bu yurtdan haydab chiqaraman.
13 Shundan keyin Yoshua Xolibni duo qilib, Xevron shahrini unga mulk qilib berdi.
14 Shunday qilib, Xolib Isroil xalqining Xudosi — Egamizga sodiq qolgani uchun Xevron shahri uning va avlodining mulki bo‘lib qoldi.
15 Xevronning eski nomi Xirat–Arba edi. Arba Inoq avlodi orasida eng mashhur kishi bo‘lgan edi. Endi esa yurtda tinchlik barqaror bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18