Yoshua 19 bob

1 Shimo‘n qabilasining ulushi. 10 Zabulun qabilasining ulushi. 17 Issaxor qabilasining ulushi. 24 Osher qabilasining ulushi. 32 Naftali qabilasining ulushi. 40 Dan qabilasining ulushi. 49 Yoshuaning ulushi.

1 Qur’a bo‘yicha ikkinchi bo‘lib Shimo‘n qabilasi ulush oldi. Shimo‘n qabilasiga ulush qilib berilgan yerlarning atrofini Yahudo qabilasining hududi o‘rab olgan edi.
2 Quyidagi shaharlar Shimo‘n qabilasiga berildi: Bersheva (yoki Sheba), Mo‘lodax,
3 Xazor–Shuvol, Bala, Ezam,
4 Elto‘lad, Batul, Xo‘rmax,
5 Zixlax, Bayt– Markobo‘t, Xazor–Susa,
6 Bayt–Laboyo‘t va Shoruxan. Hammasi bo‘lib o‘n uchta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
7 Quyidagi shaharlar ham Shimo‘n qabilasiga tegishli edi: Oyin, Rimmon, Eter va Oshon. To‘rtta shahar va ularning atrofidagi qishloqlar.
8 Shimo‘n qabilasining hududi yana janubdagi Baalat–Ber, ya’ni Nagav cho‘lidagi Ramagacha bo‘lgan yerlardagi barcha shaharlarni va ularning atroflaridagi qishloqlarni o‘z ichiga olar edi.
9 Yoshua Yahudo qabilasiga bergan ulush ular uchun keragidan ham ortiq edi. Shuning uchun ularning hududidan bir bo‘lagini olib, Shimo‘n qabilasiga ulush qilib berdi.
10 Qur’a bo‘yicha uchinchi bo‘lib Zabulun qabilasi ulush oldi. Ularga tekkan hududning chegarasi Sorid shahridan boshlanib,
11 g‘arb tomonga boradi va Maralo shahridan o‘tadi. Keyin Dabbeshet shahrining yonidan o‘tib, Yoxnayom shahrining sharqidagi soylikkacha yetadi.
12 Sorid shahrining sharq tomonidan chegara Xislo‘t–Tovur shahrining chegarasigacha cho‘ziladi. Keyin Dovarat shahrigacha borib, Yofiya shahrigacha davom etadi.
13 Chegara yana sharq tomonga davom etib, Gat–Xafer va Et–Kozin shaharlarigacha boradi. Keyin chegara Rimmon shahrigacha borib, u yerdan Niyox shahri tomon buriladi.
14 Hududning shimoliy chegarasi Xannaton shahridan o‘tib, Yiftox–El soyligida tugaydi.
15 Zabulun qabilasining hududida hammasi bo‘lib o‘n ikkita shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar bor edi. O‘sha shaharlarning ba’zilari Kattot, Nahalil, Shimron, Yidalo va Baytlahm shaharlari edi.
16 Mana shu shaharlar va ularning atroflaridagi qishloqlarning hammasini Zabulun qabilasi ulush qilib oldi.
17 Qur’a bo‘yicha to‘rtinchi bo‘lib Issaxor qabilasi ulush oldi.
18 Bu qabilaga ulush qilib berilgan yerlarda quyidagi shaharlar bor edi: Yizril, Xasullo‘t, Shunam,
19 Xaforayim, Shiyon, Anaxarat,
20 Rabbit, Xishion, Avaz,
21 Remot, En– Xannim, En–Xaddax, Bayt–Pazez.
22 Shimoldagi bu hududning chegarasi Tovur tog‘idan boshlanib, Iordan daryosida tugaydi. Tovur, Shaxazimo va Bayt–Shamash shaharlari ham mana shu hududga kirar edi. Hammasi bo‘lib o‘n oltita shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
23 Mana shu shaharlar va ularning atroflaridagi qishloqlarni Issaxor qabilasi ulush qilib oldi.
24 Qur’a bo‘yicha beshinchi bo‘lib Osher qabilasi ulush oldi.
25 Ularning hududi quyidagi shaharlarni o‘z ichiga olar edi: Xalkat, Xaliy, Beten, Axshof,
26 Alammalek, Emod va Mishol. Hududning janubiy chegarasi O‘rta yer dengizidan boshlanib, Karmil qirlarining etaklaridagi Shixor– Libnat soyligi bo‘ylab cho‘ziladi.
27 U yerdan chegara sharq tomonga burilib, Bayt–Do‘g‘on shahrigacha boradi va Yiftox–El vodiysidagi Zabulun qabilasi hududining chegarasi bilan tutashadi. Keyin sharqiy chegara shimol tomonga burilib, Bayt–Emix va Nabiyol shahrigacha boradi. Hududning chegarasi Kavul,
28 Abdo‘n, Rexob, Xammon, Kanax shaharlaridan o‘tib, Buyuk Sidon shahrigacha yetadi.
29 Bu yerdan g‘arbga burilib, mana shu shimoliy chegara Ramaga boradi–da, mustahkam Tir shahrigacha yetadi. Keyin chegara Xo‘sax shahri tomon burilib ketadi va O‘rta yer dengizining oldida tugaydi. Osher qabilasining hududi quyidagi shaharlarni ham o‘z ichiga olar edi: Maxalav, Axsib,
30 Ummo, Ofoq va Rexob. Hammasi bo‘lib yigirma ikkita shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
31 Mana shu yerlarning hammasini Osher qabilasi ulush qilib oldi.
32 Qur’a bo‘yicha oltinchi bo‘lib Naftali qabilasi ulush oldi.
33 Naftali qabilasi hududining janubiy chegarasi Xalef shahridan Zananim shahri yonidagi eman daraxti yonigacha boradi. U yerdan chegara Adamiy–Naxab, Yobnail va Laxum shaharlarigacha davom etib, Iordan daryosida tugaydi.
34 Hududning g‘arbiy chegarasi Ozno‘t– Tovur shahridan o‘tib, Huqqoq shahrigacha boradi. Naftali qabilasining hududi janub tomonda Zabulun qabilasining hududi bilan chegaradosh, g‘arb tomonda Osher qabilasining hududi bilan chegaradosh. Sharqiy chegarasi esa Iordan daryosidir.
35 Naftali qabilasining hududidagi mustahkam shaharlar quyidagilardir: Ziddim, Zer, Xammat, Raxat, Keneret,
36 Adama, Rama, Xazor,
37 Kedesh, Edrey, En–Xazor,
38 Iro‘n, Migdal–El, Xorem, Bayt–Onot va Bayt– Shamash. Hammasi bo‘lib o‘n to‘qqizta shahar va ularning atroflaridagi qishloqlar.
39 Naftali qabilasi mana shu yerlarni ulush qilib oldi.
40 Qur’a bo‘yicha yettinchi bo‘lib Dan qabilasi ulush oldi.
41 Ularning hududi quyidagi shaharlardan iborat edi: Zorox, Eshtoyo‘l, Ir– Shamash,
42 Shalabbin, Oyjavlon, Yitla,
43 Elo‘n, Timnax, Exron,
44 Eltaxa, Gibiton, Baalat
45 Yohud, Bani–Baraq, Gat–Rimmon,
46 Mejarkon, Raxxo‘n va Yaffaning qarshisidagi joylar.
47 -
48 Mana shu shaharlar va ularning atroflaridagi qishloqlar Dan qabilasining ulushi edi. Ammo keyinchalik dushmanlar kelib, bu yerlarni bosib oldilar. Shunda Dan qabilasi shimol tomonga borib, Layish shahriga hujum qildi. Ular shaharni qo‘lga kiritib, butun shahar aholisini qirib tashladilar. O‘zlari esa shu shaharda joylashib, uni o‘z bobosi Dan sharafiga Dan, deb atadilar.
49 Barcha yerlar Isroil qabilalariga bo‘lib berilgandan keyin, Isroil xalqi Yoshuaga ham ulush berdi.
50 Egamiz Isroil xalqiga, Yoshua xohlagan shaharni unga beringlar, deb amr qilgan edi. Yoshua Efrayim qirlaridagi Timnat–Serax shahrini so‘radi. Isroil xalqi o‘sha shaharni Yoshuaga berdi. Yoshua u shaharni qaytadan qurib, o‘sha yerda joylashdi.
51 Mana shu yerlarning hammasini ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va qabilalar boshliqlari Isroil qabilalariga ulush qilib berdilar. Shilo‘dagi Uchrashuv chodiriga kiraverishda, Egamizning huzurida qur’a tashlab shunday qildilar. Shunday qilib, butun yurtni bo‘lib olish ham o‘z nihoyasiga yetdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18