Yoshua 17 bob

1 Iordanning g‘arbidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan yerlar. 14 Efrayim va Manashe qabilalari kattaroq ulushni so‘rab borishadi.

1 Keyin Manashe qabilasiga ulush berildi. Manashe Yusufning to‘ng‘ichi edi. Moxir Manashening to‘ng‘ichi bo‘lib, Giladning otasi edi. Moxir botir jangchi bo‘lgani uchun Muso unga Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan hududlarini bergan edi.
2 Iordanning g‘arbida Manashe qabilasining qolganiga ulush berildi. Manashe o‘g‘illari Abuazar, Xalek, Osriyol, Shakam, Xafer va Shamido urug‘larining hammasiga yerlar berildi.
3 Manashening nabirasi Giladning Xafer degan o‘g‘li bor edi. Xaferning esa Zalofxod degan o‘g‘li bor edi. Zalofxodning o‘g‘illari yo‘q, faqatgina qizlari bor edi. Qizlarining ismlari Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza edi.
4 Shu ayollar ruhoniy Elazar, Yoshua va oqsoqollarning oldiga kelib shunday deyishdi: “Egamizning O‘zi bizga ham amakilarimiz qatori ulush berishni Musoga amr qilgan.”Egamizga itoat etib, Yoshua qizlarga ham amakilari qatori ulush berdi.
5 Natijada Iordanning sharqidagi Gilad va Bashan yerlaridan tashqari, Manashe qabilasi Iordanning g‘arbida yana o‘n bo‘lak yer oldi.
6 Chunki Manashe avlodining ayollari ham erkaklar qatori ulush olishdi. Gilad yerini esa Yoshua Manashe qabilasining qolganlariga berdi.
7 Iordan daryosining g‘arbidagi Manashe qabilasi yerlarining shimoliy chegarasi Osher qabilasi hududining chegarasi bilan tutashgan edi. Janubiy chegarasi esa Mixmatit shahrigacha borib, Tappux bulog‘i atrofida yashaydiganlarning yerlarigacha cho‘zilgan edi. Mixmatit shahri Shakam shahrining sharqida edi.
8 Tappux shahri Manashe va Efrayim qabilalarining chegarasida joylashgan edi. Tappuxning atrofidagi yerlar Manashe qabilasiga tegishli bo‘lsa ham, shaharning o‘zi Efrayim qabilasiga tegishli edi.
9 Manashe hududining chegarasi Tappux shahridan janubga Kanax soyligi tomongacha cho‘ziladi. Manashe qabilasining hududida Efrayim qabilasiga tegishli shaharlar ham bor edi. Kanax soyligining shimol tomoni Manashe hududining chegarasi bo‘lib, bu chegara O‘rta yer dengiziga kelib tugaydi.
10 O‘sha soylikning janubidagi yerlar Efrayim qabilasiniki, shimolidagi yerlar esa Manashe qabilasiniki edi. O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i Manashe hududining g‘arbiy chegarasi edi. Bu hudud shimol tomonda Osher qabilasining hududigacha, sharq tomonda esa Issaxor qabilasining hududigacha cho‘zilgan edi.
11 Issaxor va Osher qabilalarining hududlarida joylashgan quyidagi shaharlar va atrofidagi qishloqlar Manashe qabilasiga berilgan edi: Bayt– Shan, Yiblayom, Do‘r (ya’ni Nafo‘t–Do‘r), En–Do‘r, Tanax, Maxido‘.
12 Lekin Manashe qabilasi bu shaharlarni qo‘lga kirita olmadi. Kan’on xalqlari o‘sha joylarda yashashda davom etaverdi.
13 Birmuncha vaqt o‘tgandan keyin Isroil xalqi yanada kuchaydi va Kan’on xalqlarini qarol bo‘lib xizmat qilishga majbur qildi. Ammo ularni yurtdan butunlay quvib chiqarmadi.
14 Bir kun Yusuf avlodlari kelib, Yoshuadan so‘rashdi: — Egamiz bizni barakali qilib, juda ham ko‘paytirdi. Nima uchun bizga faqatgina bir ulush yer berdingiz?
15 Yoshua ularga shunday deb javob berdi: — Agar Efrayim qirlari sizlarga kichiklik qilayotgan bo‘lsa, boringlar, Pariz va Rafa xalqlarining o‘rmonlaridagi daraxtlarni kesib, o‘zingizga joy tozalab olinglar.
16 Ular shunday dedilar: — Ha, qirlar bizga torlik qilyapti, ammo tekislikdagilarning, Bayt–Shan shahri va uning atrofidagi qishloqlarda, Yizril vodiysida yashaydigan Kan’on xalqlarining temirdan yasalgan jang aravalari bor–ku, ular bizga nisbatan ancha kuchliroq.
17 Yoshua Yusufning avlodlari bo‘lgan Efrayim va Manashe qabilalariga shunday dedi: — Sizlar juda ko‘pchiliksizlar, kuchingiz ham ko‘p. Nafaqat bir ulush yer,
18 balki qirlar ham sizlarniki bo‘ladi. U yerlar o‘rmon bo‘lsa ham, daraxtlarini kesib, tozalanglar. U joylar boshidan oxirigacha sizlarniki bo‘ladi. Kan’on xalqlarining temir jang aravalariyu katta kuchi bo‘lishiga qaramay, sizlar ularni u yerdan haydab chiqarasizlar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18