Yoshua 7 bob

1 Oxunning gunohi.

1 Ammo Isroil xalqi bag‘ishlangan narsalar haqida Egamiz bergan amrni buzdi. Oxun ismli bir kishi bag‘ishlangan narsalarning bir nechtasini olgan ekan. Oxun Yahudo qabilasidan bo‘lib, Zerax urug‘idan bo‘lgan Zimrining nevarasi, Karmining o‘g‘li edi. Egamiz Isroil xalqidan qattiq g‘azablandi.
2 Shu orada Yoshua bir necha kishini tanlab, ularga: “Borib, Ay shahrini tekshirib kelinglar”, — dedi. Ay shahri Baytilning sharqida, Bayt–Obun yaqinida joylashgan edi. Ular borib, tekshirdilar.
3 Qaytib kelib, Yoshuaga: “Hammamiz borishimiz shart emas, ikki — uch mingta odam chiqib hujum qilsa, bas. Ay aholisining soni kam, shuning uchun butun xalq u yerga borib ovora bo‘lmasin”, — dedilar.
4 Shunday qilib, uch mingtacha odam u yerga chiqdi, lekin ular Ay aholisining oldiga tushib qochdilar.
5 Ayliklar shahardan chiqib, Isroil jangchilarini tosh qaziladigan joygacha quvib bordilar. Qir yon bag‘rida o‘ttiz oltitacha Isroil odamlarini o‘ldirdilar. Bu hodisadan keyin butun Isroil xalqining yuragi orqaga tortib ketdi.
6 Shunda Yoshua bilan Isroil oqsoqollari qayg‘udan kiyimlarini yirtib, boshlariga tuproq sochdilar. Egamizning sandig‘i oldida yerga muk tushishdi–da, kechgacha shu holda qolishdi.
7 Yoshua shunday dedi: “Ey, Egamiz Rabbiy! Nima uchun bu xalqni Iordan daryosidan olib o‘tding? Nahotki bizlarni Amor xalqining qo‘liga berib, yo‘q qilish uchun shunday qilgan bo‘lsang?! Biz Iordanning narigi tomonida qolaversak bo‘lmasmidi?!
8 Ey, Rabbiy, yana nima ham derdim, mana, Isroil xalqi dushmanlarining oldiga tushib qochdi.
9 Endi Kan’on xalqlari va mana shu yerlar aholisining hammasi bu haqda eshitib bizni qurshab oladilar. Nomimizni yer yuzidan o‘chirib yuboradilar. Shunday bo‘lsa, ulug‘vorligingni qanday qilib ko‘rsatasan?”
10 Egamiz Yoshuaga dedi: “O‘rningdan tur! Nima uchun muk tushib yotibsan?
11 Isroil xalqi gunoh qildi, ular bilan qilgan ahdimni buzdi. Ular Menga bag‘ishlangan narsalardan o‘g‘irlab olishdi. Buning ustiga, aldab, o‘g‘irlangan narsalarni o‘zlarining narsalari orasiga yashirib qo‘ydilar.
12 Shuning uchun Isroil xalqi dushmanlariga bas kela olmaydi. Chunki ularning o‘zi ham yo‘q qilinadigan, Menga bag‘ishlangan narsaday bo‘lib qolgan. Endi ular dushmanlariga mag‘lub bo‘lib qochib yuradilar. Orangizdagi bag‘ishlangan narsalarni yo‘q qilmasangiz, Men sizlar bilan birga bo‘lmayman.
13 Endi Isroil xalqini pokla. Ularga shunday degin: — O‘zingizni ertangi kun uchun tayyorlab, poklang. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Ey, Isroil, orangizda Menga bag‘ishlangan narsalar bor. Orangizdagi shu narsalarni olib tashlamaguningizcha, dushmanlaringizga bas kela olmaysiz.”
14 Shuning uchun ertalab barcha qabilalar birma–bir kelishadi. Egamiz bir qabilani tanlaydi. Ana shu qabilaning urug‘lari ham birma–bir keladi. Egamiz ular orasidan bir urug‘ni tanlaydi. O‘sha urug‘ oilalari birma–bir kelishadi. Egamiz bir oilani tanlaydi. O‘sha oila a’zolari birma–bir keladi.
15 La’natlangan narsalarni olgan odamni Egamizning O‘zi ko‘rsatadi. O‘sha odam bor narsasi bilan olovda yondiriladi, chunki u Egamiz bilan qilingan ahdni buzib, Isroilda aql bovar qilmaydigan ish qildi.”
16 Shunday qilib, ertasi kuni tongda, Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, Isroil qabilalari birma–bir Xudoning huzuriga kelishdi. Egamiz Yahudo qabilasini tanladi.
17 Endi Yahudo qabilasining urug‘lari birma–bir keldi, shunda Zerax urug‘i tanlandi. Zerax urug‘ining oilalari birma–bir kelganda Zimri oilasi tanlandi.
18 Zimri oila a’zolari birma–bir kelishdi, Karmi o‘g‘li Oxun tanlandi. U Yahudo qabilasidan bo‘lib, Zerax urug‘idan bo‘lgan Zimrining nevarasi edi.
19 Yoshua Oxunga shunday dedi: “O‘g‘lim, haqiqat aytaman, deb Isroil xalqining Xudosi — Egamizning nomi bilan qasam ich, gunohingni tan olgin. Nima qilganingni yashirmay menga aytib ber.”
20 Oxun Yoshuaga shunday javob berdi: “Ha, to‘g‘ri. Isroil xalqining Xudosi — Egamizga qarshi gunoh qilgan menman.
21 O‘sha kuni o‘lja orasida Shinardan keltirilgan chiroyli to‘nni, 500 misqol kumush va og‘irligi 125 misqol keladigan bir bo‘lak tillani ko‘rib qoldim. Ko‘nglim tusab, ularni oldim. Ularni chodirimning ichida yerning tagiga ko‘mib qo‘yganman, kumush eng tagida.”
22 Yoshua bir nechta odamni yubordi. Ular chodirga yugurib borib qarashsa, u narsalar rostdan ham o‘sha yerda yashirilgan ekan. Ularning eng tagida kumush bor edi.
23 Ular narsalarni chodirdan olib, Yoshua va butun Isroil xalqiga olib kelishdi. Ular narsalarni Egamiz oldiga yoyib qo‘yishdi.
24 Keyin Yoshua va butun Isroil xalqi Zerax o‘g‘li Oxunni o‘g‘irlangan kumush, to‘n, tilla bo‘lagi hamda o‘g‘il–qizlari, mol–qo‘ylari, eshaklari, chodiriyu bor narsasi bilan birga Oxor soyligiga olib borishdi.
25 Yoshua: “Boshimizga rosa ham kulfat keltirding–ku. Mana endi, bugun Egamiz sening boshingga ham kulfat keltiradi”, — dedi. Butun Isroil xalqi Oxunni va uning oilasini toshbo‘ron qilib o‘ldirdi–da, ularning jasadlarini olovda kuydirdi.
26 Keyin ularning ustiga katta bir tosh uyumi to‘pladilar, toshlar bugungacha o‘sha yerdadir. Shuning uchun ushbu yer o‘sha paytdan beri Oxor soyligi, deb ataladi. Shundan keyin Egamiz g‘azabidan tushdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18