Yoshua 5 bob

2 Gilgaldagi sunnat. 13 Yoshua va qilich ushlab turgan kishi. 16 Yerixo qulaydi.

1 Isroil xalqi Iordan daryosidan o‘tib bo‘lguncha, Egamiz ular uchun daryoning suvini quritgan edi. Iordanning g‘arbidagi Amor shohlari va O‘rta yer dengizi yonidagi Kan’on shohlari bu haqda eshitib, juda qo‘rqib ketishdi. Isroil xalqini deb ularning jasoratidan asar ham qolmadi.
2 O‘sha paytda Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Toshdan pichoqlar yasab, Isroil xalqining bu yangi avlodini sunnat qilinglar.”
3 Yoshua toshdan pichoqlar yasatib, ularni Givot– Xarilo‘t degan joyda sunnat qildirdi.
4 Yoshua sunnat qilganining sababi quyidagichadir: Misrdan chiqqan, jangga yaroqli erkaklarning hammasi sahroda yurganda o‘lgan edi.
5 Misrdan chiqqanlarning hammasi sunnat qilingan bo‘lsa–da, sahroda yurgan paytda tug‘ilganlar sunnat qilinmagan edi.
6 Egamizga itoat qilmagan, Misrdan chiqqanda jangga yaroqli bo‘lgan naslning hammasi o‘lmaguncha Isroil xalqi qirq yil sahroda sargardon bo‘lib yurdi. Egamiz ularga: “Men ota– bobolaringizga va’da qilib, sizlarga beraman, degan sut va asal oqib yotgan yurtni hech qachon ko‘rmaysizlar”, deb qasam ichgan edi.
7 Misrdan chiqqanlarning o‘rniga Egamiz ularning farzandlarini dunyoga keltirdi. O‘sha yangi avlod yo‘lda sunnat qilinmagan edi. Mana shuning uchun Yoshua ularni sunnat qildi.
8 Hamma erkaklar sunnat qilingandan keyin, tuzalguncha qarorgohda qoldilar.
9 Egamiz Yoshuaga: “Bugun men sizlardan Misrdagi qullik sharmandaligini olib tashladim”, — dedi. Shuning uchun o‘sha joy bugungacha Gilgal, deb ataladi.
10 Isroil xalqi Gilgalda turgan paytlarida oyning o‘n to‘rtinchi kunida kechqurun Yerixo yonidagi tekislikda Fisih ziyofatini nishonladilar.
11 Aynan Fisih ziyofatidan keyingi kun esa ular o‘sha yerdan chiqqan hosildan pishirilgan xamirturushsiz non va o‘sha hosildan olingan qovurilgan don yedilar.
12 Isroil xalqi o‘sha yurtda yetishtirilgan hosilni yegan kundan boshlab, Xudo ularga manna yubormay qo‘ydi. O‘sha yil Isroil xalqi Kan’on yeridan olingan hosilni yedi, ular mannani boshqa ko‘rmadi.
13 Bir kuni Yoshua Yerixo shahrining yaqinida turganda qarasa, o‘zining qarshisida qilich ushlagan bir kishi turibdi. Yoshua uning oldiga borib: “Sen biznikimisan yoki dushman tarafdamisan?” — deb so‘radi.
14 “Hech qaysisi, — deb javob berdi u kishi, — Men Egamiz lashkarining lashkarboshisiman. Mana, keldim.” Yoshua muk tushib, unga ta’zim qildi. “Qulingizga nima buyurasiz, hazratim?” — deb so‘radi Yoshua.
15 Egamiz lashkarining lashkarboshisi Yoshuaga shunday dedi: “Oyoq kiyimingni yech, sen turgan yer muqaddasdir.” Yoshua u aytganday qildi.
16 Yerixoliklar, Isroil xalqidan qo‘rqib, shahar darvozalarini mahkamlab yopib, qo‘riqchilar qo‘yishdi. Endi shaharga hech kim kirolmas, u yerdan hech kim chiqolmas ham edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18