Yoshua 4 bob

1 Isroil xalqi yodgorlik toshlari o‘rnatadi.

1 Butun xalq Iordandan o‘tib bo‘lgandan keyin, Egamiz Yoshuaga shunday dedi:
2 — Xalqning orasidan o‘n ikki kishini tanlagin, har bir qabiladan bittadan bo‘lsin.
3 Ularga: “Iordan daryosining o‘rtasidan, xuddi ruhoniylar oyog‘i turgan joyidan o‘n ikkita tosh olib, bugun kechqurun qarorgoh quradigan joyga olib borib qo‘yinglar, deb buyurgin.”
4 Yoshua Isroil xalqining har bir qabilasidan bir kishini tanladi. Keyin o‘sha o‘n ikki kishini chaqirib,
5 ularga shunday dedi: “Egangiz Xudoning ahd sandig‘i oldiga, Iordanning o‘rtasiga borib, u yerdan har biringiz Isroil qabilalarining har biri uchun bittadan tosh olinglar. Ularni yelkangizda ko‘tarib, qarorgohga olib boringlar.
6 Bu toshlar sizlarga esdalik bo‘lib qoladi. Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan, bu toshlar nimani bildiradi, deb so‘raganda,
7 ularga Egamizning ahd sandig‘i Iordan daryosidan o‘tayotganda, daryoning suvlari to‘xtab qolganini aytib berasizlar. Bu toshlar sizlarga umrbod yodgorlik bo‘lib qoladi.”
8 Isroil xalqidan tanlangan kishilar Yoshua ularga buyurganday qilishdi. Egamiz Yoshuaga aytganday, ular Iordanning o‘rtasidan har bir Isroil qabilasi uchun bittadan tosh, jami o‘n ikkita tosh olib, o‘zlari bilan o‘sha kuni qarorgoh qurilgan joyga olib borib qo‘yishdi.
9 Iordanning o‘rtasiga, ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar turgan joyga Yoshua bir yodgorlik qurdirdi. Bu yodgorlik ham o‘n ikkita toshdan qurildi. O‘sha toshlar bugungacha o‘sha yerdadir.
10 Egamiz Yoshuaga, xalqqa aytgin, deb amr qilganlarining hammasi sodir bo‘lmaguncha sandiqni ko‘targan ruhoniylar Iordanning o‘rtasida turdilar. Yoshuaga Muso mana shu yo‘l–yo‘riqlarni ko‘rsatgan edi. Xalq tez–tez daryodan o‘tdi.
11 Hamma daryodan o‘tib bo‘lgandan keyin, butun xalq qarab turar ekan, Egamizning ahd sandig‘i va ruhoniylar daryodan o‘tdi.
12 Muso buyurganday, Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasi yarmining erkaklari ham qurollanib, daryodan o‘tgan edilar. Ular Isroil xalqining oldingi saflarida edilar.
13 Jangga tayyor o‘sha qirq mingga yaqin kishi Egamiz huzurida Yerixo yonidagi tekislikka o‘tdi.
14 Egamiz o‘sha kuni qilgan ishlari bilan Isroil xalqining ko‘zi oldida Yoshuaning nomini yuksaltirdi. Ular butun umri davomida Musoni qanday hurmat qilgan bo‘lsalar, Yoshuani ham shunday hurmat qildilar.
15 O‘shanda Egamiz Yoshuaga shunday degan edi:
16 “Ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylarga, Iordandan chiqinglar, deb buyurgin.”
17 Shunda Yoshua ruhoniylarga: “Iordandan chiqinglar”, — deb buyurgan edi.
18 Egamizning ahd sandig‘ini ko‘targan ruhoniylar Iordanning o‘rtasidan chiqishdi. Ularning oyoqlari quruq yerga tegishi bilan Iordanning suvi yana oldingiday qirg‘oqlaridan toshib oqa boshladi.
19 Xalq birinchi oyning o‘ninchi kunida Iordandan o‘tdi. Ular Yerixo shahrining sharqidagi Gilgal degan joyda qarorgoh qurishdi.
20 Ular Iordandan olgan o‘n ikkita toshni Yoshua Gilgalda o‘rnatib,
21 Isroil xalqiga shunday dedi: — Vaqti kelib, farzandlaringiz sizlardan: “Bu toshlar nimani bildiradi?” deb so‘rasa,
22 sizlar shunday javob berasizlar: “Isroil xalqi mana shu yerda quruq yerdan yurib Iordandan o‘tdi.
23 Egamiz Xudo biz o‘tishimiz uchun Qizil dengizni quritganday, bu yerda ham biz o‘tib bo‘lmagunimizcha Iordanning suvlarini quritgan edi.
24 Yer yuzidagi barcha xalqlar Egamizning qudratli ekanini bilishi hamda sizlar Xudoyingiz — Egamizdan bir umr qo‘rqishingiz uchun shunday qilgan edi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18