Shohlar (birinchi kitob) 9 bob

1 Shomuil Shoulni qarshi oladi. 26 Shomuil Shoulni hukmdor etib tayinlaydi.

1 Benyamin qabilasida Kish degan bir odam bor edi. Kish — Abilning o‘g‘li, Abil — Zarorning o‘g‘li edi. Zaror — Baxuratning, Baxurat — Ofiyoxning o‘g‘li edi. Benyamin qabilasidan bo‘lgan Kish ancha obro‘li odam edi.
2 Uning Shoul degan yosh, chiroyli bir o‘g‘li bor edi. Isroil xalqi orasida Shouldan chiroyli odam yo‘q edi. Har qanday odamning bo‘yi uning yelkasidan kelardi.
3 Bir kuni Kishning eshaklari yo‘qolib qoldi. Kish o‘g‘li Shoulga: — Xizmatkorlardan birini yoningga olgin–da, borib, eshaklarni topib kel, — dedi.
4 Shoul Efrayim qirlarini, so‘ng Sholisho yerlarini aylanib chiqdi. Ammo eshaklarni topa olmadi. Keyin Shalim yerlariga o‘tdi, eshaklar u yerda ham yo‘q ekan. So‘ngra Benyamin hududini kezib chiqdi, eshaklarni u yerdan ham topa olmadi.
5 Zuf degan joyga borishgach, Shoul yonidagi xizmatkoriga: — Bo‘ldi endi, orqaga qaytamiz, bo‘lmasa, eshaklar qolib, otam bizdan xavotirlanadi, — dedi.
6 — Endi bunday qilsak, — dedi xizmatkori, — shu shaharda bir payg‘ambar bor, u obro‘li odam. Hamma aytganlari vojib bo‘ladi. O‘sha odamnikiga borsak, balki boradigan yo‘limizni u bizga ko‘rsatar.
7 — Agar borsak, unga nima olib boramiz? — deb so‘radi Shoul. — To‘rvalarimizdagi non tugadi. Payg‘ambarga olib boradigan biror hadyamiz yo‘q. Nimamiz qoldi?
8 — Mana, menda bir kumush tanga bor, — dedi xizmatkor. — Buni payg‘ambarga beraman, boradigan yo‘limizni u bizga ko‘rsatadi.
9 (Qadimda Isroilda kimdir Xudoning xohish– irodasini bilmoqchi bo‘lsa, “Qani, valiyga boramiz”, derdi. Bugungi payg‘ambar o‘sha vaqtda valiy deyilardi.)
10 Shoul xizmatkoriga: — Ma’qul, qani, ketdik, — dedi. Shunday qilib, ular payg‘ambar yashaydigan shaharga jo‘nadilar.
11 Shahar tepalikda joylashgan edi. Ular shaharga boradigan qiya yo‘ldan ketayotganlarida, quduqdan suv olishga kelgan qizlarga duch kelishdi. Ular qizlardan: — Valiy shu yerdami? — deb so‘rashdi.
12 Qizlar javob berishdi: — Ha, ana oldingizda! Faqat tezroq boringlar, shahrimizga bugun keldilar. Bugun tepalikdagi sajdagohda xalq qurbonlik keltiradi.
13 Shaharga kirishingiz bilanoq, uni topasizlar. U sajdagohga taom yeyishga kelmoqda. Valiy kelib, qurbonlikni tabarruk qilmaguncha, xalq taom yemaydi. Taklif qilinganlar u kelgandan keyingina taom yeydi. Hozir borsalaringiz, uni darrov topasizlar.
14 Shoul bilan xizmatkori shaharga kelishdi. Shaharga kirganlarida, sajdagohga chiqishga taraddud ko‘rayotgan Shomuil ular tomonga kelayotgan ekan.
15 Shoul kelmasdan bir kun oldin, Egamiz Shomuilga shuni ayon qilgan edi:
16 “Ertaga shu vaqtda sening oldingga Benyamin yurtidan bittasini yuboraman. Uning boshiga moy surtib tanla. U xalqim Isroilning hukmdori bo‘lsin. Xalqimni Filistlar qo‘lidan u qutqaradi. Xalqimning ahvoliga nazar soldim, ularning ohu fig‘oni Menga yetib keldi.”
17 Shomuil Shoulni ko‘rgach, Egamiz unga: “Ana Men senga aytgan odam, Mening xalqimga u rahnamolik qiladi”, — dedi.
18 Shoul shahar darvozasi oldida Shomuilga yaqinlashib so‘radi: — Marhamat qilib ayting–chi, valiyning uyi qayerda?
19 — Valiy menman, — dedi Shomuil. — Mendan oldin sajdagohga chiq. Bugun men bilan birga taom yeysizlar. Ertaga ertalab dilingdagi hamma narsani senga aytib, keyin o‘zim kuzatib qo‘yaman.
20 Isroil xalqining umidi sendan va sening xonadoningdan ekanini o‘zing bilishing zarur. Uch kun oldin yo‘qolgan eshaklaring uchun qayg‘urma. Ular topildi.
21 — Men Isroil qabilasining eng kichigi bo‘lgan Benyamin qabilasidanman–ku! Men mansub bo‘lgan urug‘ Benyamin qabilasining hamma urug‘idan eng kichigi bo‘lsa, menga nima uchun bunday gaplarni aytyapsiz? — dedi Shoul.
22 Shomuil Shoul bilan xizmatkorini o‘sha yerdagi xonaga olib bordi. Chaqirilganlar taxminan o‘ttiztacha edi. Eng to‘riga Shoul bilan xizmatkorini o‘tqazdi.
23 Keyin oshpazga: — Men senga, bir chetga olib qo‘y, deb ulush bergan edim–ku, o‘sha ulushni keltir, — dedi.
24 Oshpaz o‘ng son go‘shtini olib kelib, Shoulning oldiga qo‘ydi. — Mana, sen uchun ajratib qo‘yilgan ulush, marhamat, ye! — dedi Shomuil. — Bu ulushni belgilangan kunda o‘zim chaqirgan xalqim bilan birga yeysan, deb senga saqlab qo‘ygan edim. O‘sha kuni Shoul Shomuil bilan taom yedi.
25 So‘ngra ular sajdagohdan shaharga tushishdi. Shomuil uyining tomida Shoul bilan suhbatlashdi.
26 Sahar payti Shomuil tom ustida yotgan Shoulni chaqirib: — Bo‘la qol! Seni kuzatib qo‘yaman, — dedi. Shoul o‘rnidan turib, Shomuil bilan birga tashqariga chiqdi.
27 Shahar chekkasiga yaqinlashganlarida, Shomuil Shoulga dedi: — Xizmatkoringga ayt, u bizdan oldinroq yursin. Sen orqaroqda qol, senga Xudoning kalomini aytaman.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак