Shohlar (birinchi kitob) 17 bob

1 Go‘liyot Isroil xalqini olishuvga chaqiradi. 12 Dovud jang maydonida. 40 Dovud Go‘liyotni o‘ldiradi. 55 Dovud Shoulning huzurida.

1 Filistlar, jang qilamiz, deb lashkarini to‘plab, Yahudo hududidagi So‘xo‘ shahrida yig‘ilishdi. So‘xo‘ va Ozikah shaharlari orasidagi Efes– Dammim degan joyda qarorgoh qurishdi.
2 Shoul ham Isroil lashkarini to‘pladi. Elox vodiysida qarorgoh qurib, Filistlarga qarshi jangga tayyorlandi.
3 Bir tepalikni Filistlar, boshqa tepalikni Isroil lashkari egalladi. Ikkala tomonning o‘rtasi vodiy edi.
4 Filistlar safidan Go‘liyot degan bir pahlavon o‘rtaga chiqdi. U Gat shahridan edi. Bo‘yi olti tirsagu bir qarich bo‘lib,
5 boshiga bronza qalpoq, ustiga bronza sovut kiyib olgan edi. Sovutning og‘irligi uch yarim pud edi.
6 Boldirlari bronza zirhlar bilan o‘ralgan edi. Yelkasida otiladigan bronza nayzani ko‘tarib yurardi.
7 Qo‘lidagi nayzaning sopi esa to‘quvchi dastgohining xodasiday kelar, nayza uchidagi temirning og‘irligi yarim pud edi. Go‘liyotning oldida qurolbardori uning katta qalqonini ko‘tarib yurardi.
8 Go‘liyot o‘rnida turganicha, Isroil qarorgohiga qarab hayqirdi: — Biz bilan urishgani saf tortdingizlarmi?! Men Filistman, sizlar Shoulning qullarimisizlar, axir?! Orangizdan birortangizni tanlanglar–chi, u mening oldimga kelsin.
9 Agar u men bilan olishib, meni yengib o‘ldira olsa, Filistlar sizlarning qulingiz bo‘ladi. Bordi–yu, men g‘olib kelib, uni o‘ldirsam, sizlar bizning qulimiz bo‘lasizlar, bizga bo‘ysunasizlar.
10 So‘ng o‘sha Filist gapida davom etdi: — Bugun Isroil lashkarini sharmanda qilaman. Qani, birortasini chiqaring oldimga! Men bilan olishib ko‘rsin!
11 Shoul va barcha Isroil lashkari Filistning gaplarini eshitgach, qattiq qo‘rqib, vahimaga tushib qoldilar.
12 Dovud Yahudo hududidagi Baytlahm shahridan — Efratlik Essay degan odamning o‘g‘li edi. Essayning sakkizta o‘g‘li bor edi. Shoulning shohligi davrida Essay ancha keksayib qolgan edi.
13 Essayning katta o‘g‘illaridan uchtasi Shoul bilan birga urushga ketgan edi. Urushga ketgan to‘ng‘ich o‘g‘lining oti Eliyob, o‘rtanchasiniki Abunadov, uchinchisiniki Shammox edi.
14 Dovud kenja o‘g‘il edi. Uning uchta katta akasi esa Shoul bilan birga edi.
15 Shu paytda Dovud vaqti–vaqti bilan Shoulning oldidan Baytlahmga otasining qo‘ylarini boqqani kelib turardi.
16 Filist Go‘liyot qirq kun mobaynida ertayu kech o‘rtaga chiqib urushga da’vat qildi.
17 Bir kuni Essay o‘g‘li Dovudga shunday dedi: — Mana bu qovurilgan bir tog‘ora bug‘doy bilan anavi o‘nta nonni olginu tezda qarorgohga, akalaringning oldiga jo‘na.
18 Mana bu o‘n bo‘lak pishloqni esa mingboshiga olib bor. Akalaringning ahvolini bil va yaxshi yurganlarini bildiradigan birorta nishona olib kel.
19 Akalaring Shoul lashkari bilan birga Elox vodiysida Filistlarga qarshi urishyaptilar.
20 Ertasi kuni Dovud saharda turdi. Suruvni bir cho‘ponga qoldirdi. Otasi buyurganiday, oziq– ovqatlarni olib yo‘lga chiqdi. Jang maydoniga yetib borgan paytda sipohlar jangga da’vat qilinib, qarorgohdan urishgani chiqayotgan ekanlar.
21 Isroil lashkari bilan Filistlar bir–birlariga ro‘para bo‘lib, saf tortdilar.
22 Dovud keltirgan narsalarini orqadagi qo‘riqchiga qoldirib, safga tomon yugurdi. Akalarining yoniga borib, ular bilan salomlashdi.
23 Dovud ular bilan gaplashib turganda, Gat shahridan bo‘lgan Filist — pahlavon Go‘liyot o‘z lashkari safidan o‘rtaga chiqib, oldingi gaplarini takrorladi. Dovud uning gaplarini eshitdi.
24 Isroil lashkari Go‘liyotni ko‘rishdiyu, qattiq qo‘rqib birdaniga qochib qolishdi.
25 Ular bir–birlariga shunday derdilar: — Anavi odamga qaranglar! U Isroilni haqorat qilyapti. Kim uni o‘ldirsa, shoh unga katta boylik hadya qilar ekan, qizini ham berar ekan. O‘sha odamning otasi xonadonini ham Isroilga soliq to‘lashdan ozod qilar ekan.
26 Dovud yonidagilardan so‘radi: — Bu Filistni o‘ldirib, Isroilni sharmandalikdan xalos qilganga shoh nima beradi? Bu sunnatsiz Filist kim bo‘libdiki, barhayot Xudoning qo‘shinini haqorat qiladi?!
27 — O‘sha odamni kim o‘ldirsa, falon–falon narsalar tortiq qilinadi, — deb sipohlar oldingi gaplarini takrorladilar.
28 To‘ng‘ich akasi Eliyob Dovudning sipohlar bilan gaplashib turganini ko‘rib achchiqlandi: — Bu yerda nima qilib yuribsan? O‘sha besh– oltitagina qo‘yimizni cho‘lda kimga qoldirib kelding? Sening qanchalik manmanligingni, niyating yomonligini bilaman. Sen faqat urushni tomosha qilgani kelgansan.
29 — Men nima qilibman?! So‘rab ham bo‘lmaydimi?! — dedi Dovud.
30 So‘ngra boshqa sipohga qarab, yana o‘sha gapni so‘radi. Sipohlar avvalgiday bir xil javob berishdi.
31 Sipohlar Dovudning gaplarini eshitib, Shoulga yetkazishdi. Shoul Dovudni chaqirtirdi.
32 Dovud Shoulga dedi: — O‘sha Filistni deb hech kimning ruhi tushmasin. Men, qulingiz borib, u bilan olishaman.
33 — Tentaklik qilma, bu Filistga bas kelolmaysan. Sen juda yoshsan, u esa yoshligidan beri jangchi, — dedi Shoul.
34 — Men otamning suruvini boqardim, — deb javob berdi Dovud. — Sher yoki ayiq kelib, suruvdan birorta qo‘zini olib qochsa,
35 orqasidan quvib, unga hujum qilardim. Qo‘zini o‘sha hayvonning og‘zidan tortib olardim. Bordi–yu, sher yoki ayiq menga tashlansa, yolidan ushlardimu, urib o‘ldirardim.
36 Men sherni ham, ayiqni ham o‘ldirganman. Anavi sunnatsiz Filistning boshiga o‘shanday kunni solaman. Chunki u barhayot Xudoning qo‘shinini haqorat qildi.
37 Meni sher, ayiqning panjasidan xalos qilgan Egamiz o‘sha Filistning qo‘lidan ham xalos qiladi. — Mayli bor, Xudo yor bo‘lsin, — dedi Shoul.
38 So‘ng u o‘zining jang kiyimlarini Dovudga berdi, boshiga bronza qalpoq, egniga sovut kiydirdi.
39 Dovud shohning sovutlarini kiyib, ustidan qilichini bog‘lab, yurmoqchi bo‘ldi. Lekin u bunaqa kiyimlarga ko‘nikmagan edi. — Bu kiyimlar bilan yura olmayapman, ko‘nikmaganman, — dedi Dovud Shoulga. So‘ng kiyimlarni yechib tashladi.
40 Dovud tayog‘ini olib, soylikdagi irmoqdan beshta silliq tosh terib oldi. Toshlarni yonidagi cho‘pon xaltasiga soldi–da, palaxmonini olib to‘g‘ri Go‘liyotga tomon yurdi.
41 Go‘liyot va uning qalqonini ko‘tarib boradigan qurolbardori oldinda, to‘xtamay Dovudga qarab yurdilar.
42 Go‘liyot Dovudga boshdan–oyoq razm soldi. Chiroyli, kelishgan yigit ekan, deb yoshgina bo‘lgani uchun uni mensimadi.
43 — Men ko‘ppakmidimki, ustimga tayoq bilan kelyapsan? — dedi–da, o‘z xudolarining nomi bilan Dovudga qarg‘ish yog‘dirdi.
44 — Kelaver, tanangni ko‘kdagi qushlarga, dashtdagi yirtqichlarga yem qilaman, — dedi Filist.
45 Dovud esa shunday javob qaytardi: — Sen qilich, nayzayu xanjarlar bilan ustimga bostirib kelyapsan. Men esa sen haqoratlagan Isroil lashkarining Xudosi, Sarvari Olamning nomi bilan qurollanib ustingga bostirib boryapman.
46 Bugunning o‘zida Egamiz seni mening qo‘limga beradi. Seni o‘ldirib, boshingni tanangdan judo qilaman. Bugunning o‘zida Filist lashkarining jasadlarini ko‘kdagi qushlarga, dashtdagi yirtqichlarga yem qilaman. Shunda Isroilda Xudoning borligini butun yer yuzi bilib oladi.
47 Egamiz qilichu nayza bilan najot bermasligini butun jamoa bilib oladi, chunki bu urushda Egamizning O‘zi jang qiladi. U sizlarni bizning qo‘limizga beradi.
48 Go‘liyot Dovudga tashlanmoqchi bo‘lib, to‘g‘ri unga qarab yurdi. Dovud ham u bilan olishish uchun Filistlar safi tomon tez yugurib ketdi.
49 Qo‘lini xaltasiga solib, bitta toshni oldi– da, palaxmonga solib otdi. Tosh Filistning qoq peshanasiga tegib o‘yib kirdi. Filist yuz tuban yerga yiqildi.
50 Shunday qilib, Dovud Filistni palaxmonu bitta tosh bilan mag‘lub qildi. Qo‘lida qilich bo‘lmasa ham, uni o‘ldirib, yerga cho‘ziltirib tashladi.
51 So‘ng yugurib bordi–yu, Go‘liyotni bosib oldi. Uning qilichini qinidan sug‘urib oldi–da, boshini kesib tashlab, butunlay bir yoqli qildi. O‘zlarining pahlavoni Go‘liyotning o‘lganini ko‘rgan Filistlar tumtaraqay qocha boshladilar.
52 Isroil bilan Yahudo lashkari qo‘zg‘aldiyu, na’ra tortib, Filistlarni Gat va Exron ostonalarigacha quvlab bordi. Sharayimdan Gat va Exron shaharlarigacha boradigan yo‘lda Filistlarning jasadlari cho‘zilib qoldi.
53 Filistlarni quvib yuborgandan keyin, Isroil lashkari orqaga qaytib Filistlar qarorgohini talon–taroj qilishdi.
54 Dovud Go‘liyotning boshini olib, Quddusga keltirdi, qurol–aslahasini esa o‘z uyiga qo‘ydi.
55 Shoul Dovudning Go‘liyot bilan olishuvga chiqqanini ko‘rganda, u lashkarboshi Abnurdan: — Abnur, bu yigitcha kim? — deb so‘radi. — To‘g‘risi, shohim, bilmayman, — dedi Abnur.
56 — Bo‘lmasa bil–chi, bu yigit kimning o‘g‘li ekan, — deb buyurdi shoh Shoul.
57 Dovud Go‘liyotni o‘ldirib, qarorgohga endi kirgan ham ediki, Abnur Dovudni yetaklab Shoulning huzuriga olib keldi. Go‘liyotning kesilgan boshi hali Dovudning qo‘lida edi.
58 — Kimning o‘g‘lisan, yigitcha? — deb so‘radi Shoul. — Baytlahmlik qulingiz Essayning o‘g‘liman, — deb javob berdi Dovud.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак