Shohlar (birinchi kitob) 12 bob

1 Shomuilning ayrilish nutqi.

1 Shundan keyin Shomuil butun Isroil xalqiga dedi: — Menga nima gapirgan bo‘lsangiz, hammasiga quloq soldim. Sizlarning ustingizdan bir shoh tayinladim.
2 Endi u sizlarga rahnamolik qiladi. Men esa keksaydim, sochim oqardi. Mana, o‘g‘illarim ham sizlar bilan birga. Yoshligimdan buyon shu kungacha sizlarga yo‘lboshchilik qildim.
3 Qani, aytinglar–chi, qaysi biringizning ho‘kizingizni oldim? Kimning eshagini tortib oldim? Kimni tovladim? Kimga zulm qildim? Kimdan pora olib, uning ayblarini ko‘rib– ko‘rmaslikka oldim? Egamizning va U moy surtib tanlagan shohning oldida men haqimda guvohlik bering, sizlardan biror narsa olgan bo‘lsam, qaytarib beray.
4 — Bizni tovlamadingiz, bizga zulm qilmadingiz, biror kimsaning qo‘lidan biron narsa olmadingiz, — dedi xalq.
5 — Mendan biror nuqson topmaganingizga bugun Egamiz hamda U moy surtib tanlagan shoh guvohdir, — dedi Shomuil. — Ha, guvoh bo‘lib turibdi, — dedi xalq.
6 Shomuil gapini davom ettirdi: — Muso bilan Horunni tayin qilgan, ota– bobolaringizni Misr yurtidan olib chiqqan — Egamizdir.
7 Endi shu yerda turinglar, Egamizning sizlarga va ota–bobolaringizga najot berish uchun qilgan hamma ajoyibotlarining isbotini Uning huzurida sizlarga ko‘rsataman.
8 Yoqub Misrga kelgandan keyin, ota–bobolaringiz Egamizga yolvordi, U esa Muso bilan Horunni yubordi. Ular ota–bobolaringizni Misrdan olib chiqib, bu yerda joylashtirdi.
9 Ammo ota–bobolaringiz o‘zlarining Egasi Xudoni unutishdi. Shuning uchun Egamiz ularni Xazor shohining lashkarboshisi Sisaroning, Filistlarning va Mo‘ab shohining qo‘liga topshirdi. Ular ota–bobolaringiz bilan urishishdi.
10 Ota– bobolaringiz Egamizga: “Gunoh ishlar qildik, Sendan yuz o‘girib, Baal bilan Ashtaretga xizmat qildik, endi bizni g‘animlarimizning qo‘lidan ozod et, senga xizmat qilamiz”, deb yolvorishdi.
11 Egamiz esa Gido‘n, Baraq, Yiftox, Shimsho‘n singari hakamlarni yubordi. Bexavotir yashanglar, deb sizlarni bo‘ysundirgan g‘animlaringiz qo‘lidan ozod etdi.
12 So‘ngra Ommon shohi Naxosh sizlarga hujum qilmoqchi bo‘lganini ko‘rib, qo‘rqib ketdingiz. O‘z Egangiz Xudo sizlarning shohingiz bo‘lsa ham, menga: “Yo‘q, bizni oddiy shoh boshqarsin”, deb turib oldingiz.
13 Mana, tanlab, tilab olgan shohingiz! Ha, Egamiz ustingizdan hukmronlik qiladigan bir shohni berdi.
14 Egamizdan qo‘rqib, Unga xizmat qilinglar, Uning so‘zlariga quloq solib, amrlaridan bo‘yin tovlamanglar. O‘zlaringiz, hukmronlik qiladigan shohingiz o‘z Egangiz Xudoga ergashinglar. Agar shunday qilsangizlar, hammasi yaxshi bo‘ladi.
15 Egamizning so‘zlariga itoat etmasdan, Uning amrlariga qarshi chiqsangiz, Egamiz ota–bobolaringizni jazolaganiday, sizlarni ham jazolaydi.
16 Endi turgan yeringizda turavering, ko‘z o‘ngingizda Egamizning ajoyibotini ko‘ringlar.
17 Hozir bug‘doy o‘rimi payti, qurg‘oqchilik boshlandi. Men Egamizga iltijo qilaman, U momaqaldiroq guldiratib, yomg‘ir yog‘diradi. Shunday qilib, sizlar bir shoh so‘rash bilan Egamiz oldida qanchalik qabihlik qilganingizni yaxshilab tushunib olasiz.
18 Shomuil Egamizga iltijo qilgan edi, Egamiz o‘sha kuni momaqaldiroq gumburlatib, yomg‘ir yog‘dirdi. Jamiki xalq Egamizdan ham, Shomuildan ham juda qo‘rqib ketdi.
19 Ular Shomuilga: — Nobud bo‘lmaylik. Biz, qullaringiz, uchun o‘z Egangiz Xudoga iltijo qiling, — deyishdi. — Endi bildik, biz bir shoh so‘rab, butun gunohlarimiz ustiga yana gunoh qilibmiz.
20 Shomuil xalqqa dedi: — Qo‘rqmanglar, sizlar bu qilmishlaringiz bilan qabihlik qildilaringiz, lekin endi Egamizdan yuz o‘girmasdan Unga ergashinglar. Unga butun qalbingiz bilan xizmat qilinglar.
21 Biror kimsaga najot berolmaydigan yaroqsiz butlarning orqasidan ergashmanglar, ular befoyda narsalar–ku, axir.
22 Egamiz sizlarni O‘zining xalqi qildi. U O‘zi tanlagan xalqdan yuz o‘girmaydi. Aks holda O‘zining ulug‘ ismini badnom qilgan bo‘ladi.
23 Endi menga kelsak, albatta Egamizga sizlar uchun ibodat qilaman. Aks holda Unga qarshi gunoh qilgan bo‘laman. Bundan Xudo saqlasin! Sizlarga faqat to‘g‘ri va yaxshi yo‘lni ko‘rsataman.
24 Faqat Egamizdan qo‘rqinglar, Unga butun qalbingiz bilan ishonib xizmatda bo‘linglar. Qarang, U sizlar uchun qanday ajoyib ishlar qilgan!
25 Agarda qabihlik qilaversangizlar, Egamiz sizlarni ham, shohingizni ham yo‘q qiladi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак