Shohlar (birinchi kitob) 6 bob

1 Ahd sandig‘i Isroilga qaytib keladi. 20 Ahd sandig‘i Xirat–Yorimda.

1 Egamizning sandig‘i Filistlar hududida yetti oy qolib ketdi.
2 Filistlar o‘zlarining ruhoniylari va folbinlarini chaqirib: — Isroil Xudosining sandig‘ini nima qilamiz, uni o‘z yeriga qanday qaytaramiz? Bizga o‘rgating, — deyishdi.
3 Ruhoniylar bilan folbinlar shunday javob berdilar: — Isroil Xudosining sandig‘ini orqaga qaytaradigan bo‘lsangizlar, bo‘sh qaytarmanglar. Isroil Xudosiga albatta aybingizni yuvadigan nazr atanglar. O‘shanda shifo topib, Xudo nima uchun sizlarni jazolayotganini bilib olasizlar.
4 — Aybimizni yuvish uchun Unga nimani nazr qilamiz? — deb so‘rashdi Filistlar. Ruhoniylar va folbinlar shunday javob berishdi: — Aybingizni yuvadigan nazr, Filist beklarining miqdoricha — oltindan qilingan beshta chipqon va beshta sichqon bo‘lsin. Chunki balo–qazo sizlarning hammangiz uchun ham, beklaringiz uchun ham baravardir.
5 Shuning uchun chipqonlarning va mamlakatga qirg‘in keltirgan sichqonlarning haykalchalarini yasang, shu tariqa Isroil xalqining Xudosini sharaflang. Balki ana shunda o‘zlaringizga, xudolaringizga va yurtingizga kelgan balo–qazoni U yengillatar.
6 Nimaga Misrliklarga va fir’avnga o‘xshab o‘jarlik qilasizlar? Esingizda yo‘qmi, Isroil xalqining Xudosi Misrliklarni rosa ezgandan keyingina, ular Isroil xalqini o‘z yo‘liga qo‘yib yubordilar–ku!
7 Endi bitta yangi arava bilan hali hech bo‘yinturuq solinmagan ikkita sog‘in sigir hozirlanglar. Sigirlarni aravaga qo‘shinglar, buzoqlarini esa sigirlardan ayirib, og‘ilxonaga olib boringlar.
8 Isroil xalqining Egasi sandig‘ini olib aravaga yuklanglar, ayblaringizni yuvadigan nazrlarni — Unga atalib yasalgan oltin haykalchalarni bir qutiga joylashtiringlar. O‘sha qutini sandiqning yoniga qo‘yinglar. Keyin aravani qo‘yib yuboringlar, o‘z yo‘liga ketsin.
9 Aravaning orqasidan kuzatib boringlar. Agar sigirlar bizning yurtimiz chegarasidan o‘tib, Bayt–Shamash shahriga boradigan yo‘ldan ketsa, demak, boshimizga bunday katta kulfatni solgan Isroil xalqining Xudosidir. Agarda shunday bo‘lmasa, bu kulfat bizga Undan kelmaganini, balki bir tasodif bo‘lganini bilib olamiz.
10 Odamlar aytilganday qilishdi. Ikki sog‘in sigir keltirib, aravaga qo‘shishdi, buzoqlarni esa og‘ilxonaga qamab qo‘yishdi.
11 Egamizning sandig‘ini, shuningdek, ichiga oltin sichqonlar va chipqonlarning haykalchalari solingan qutini aravaga yuklashdi.
12 Sigirlar to‘ppa–to‘g‘ri Bayt– Shamash yo‘lidan ketdi. O‘ngga ham, chapga ham burilmay, bo‘kirganicha, katta yo‘l bo‘ylab ilgarilab ketaverdi. Filist beklari aravani Bayt– Shamash chegarasigacha kuzatib borishdi.
13 O‘sha paytda Bayt–Shamash aholisi vodiyda bug‘doy o‘rayotgan edi. Ular sandiqni ko‘rib, sevinib ketishdi.
14 Arava Bayt–Shamashlik Yoshuaning dalasiga yetib kelib, to‘xtab qoldi. O‘sha yerda katta bir tosh bor edi. Levilar Egamizning sandig‘ini va yonidagi oltin haykalchalar joylangan qutini aravadan tushirib, o‘sha katta toshning ustiga qo‘yishdi.
15 Bayt– Shamash aholisi aravaning yog‘ochlarini o‘tin qilib yordi. Sigirlarni esa Egamizga kuydiriladigan qurbonlik qilishdi. O‘sha kuni Bayt–Shamash aholisi Egamizga kuydiriladigan qurbonliklar va boshqa qurbonliklar keltirdi.
16 Beshala Filist beklari bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, shu kuni Exronga qaytib ketdilar.
17 Filistlar ayblari uchun Egamizga nazr qilib beshta oltin chipqon haykalchasini jo‘natgan edilar. Hadyalar Ashdod, G‘azo, Ashqalon, Gat va Exron shaharlarining hokimlaridan edi.
18 Beshta oltin chipqon beshta hukmdor boshqargan Filistlar shaharlarining va ularning atrofidagi qishloqlarning ramzi edi. Bayt–Shamashlik Yoshuaning dalasidagi Egamizning sandig‘i qo‘yilgan katta tosh shu kungacha bunga guvoh bo‘lib turibdi.
19 Bayt–Shamashlik yetmish kishi Egamizning sandig‘i ichiga qaragan edi, Xudo ularni yo‘q qildi. Egamiz xalqning boshiga og‘ir kulfat keltirgani uchun, Bayt–Shamashliklar motam tutdilar.
20 Bayt–Shamash aholisi shunday dedi: — Egamiz oldida — bu muqaddas Xudo oldida kim bardosh berishga qodir ekan?! Uni o‘zimizning oldimizdan qayoqqa jo‘natsak ekan?
21 Nihoyat, ular Xirat–Yorim aholisiga xabarchi jo‘natib: “Filistlar Egamizning sandig‘ini qaytarishdi, kelinglar, uni o‘z shahringizga olib ketinglar”, degan gapni yetkazishdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18