Shohlar (birinchi kitob) 13 bob

1 Filistlar bilan urush.

1 Shoh Shoul o‘ttiz yoshida taxtga o‘tirib, Isroilda qirq ikki yil shohlik qildi.
2 U Isroil lashkaridan uch mingta odam saralab olib, qolganlarini uylariga jo‘natib yubordi. O‘sha uch mingtadan ikki mingtasini Mixmash va Baytil qirlariga joylashtirdi, mingtasini esa Benyamin urug‘iga qarashli Givo shahriga — Yo‘natanning ixtiyoriga yubordi.
3 Oradan ko‘p o‘tmay, Yo‘natan Filistlarning G‘ibo shahridagi qo‘nolg‘asini mag‘lub qildi. Bu xabar Filistlar orasida tezda tarqaldi. Shoul: “Ibroniylar bu hodisadan xabardor bo‘lsin”, deb butun o‘lka bo‘ylab burg‘u chaldirdi.
4 Shunday qilib, Shoul Filistlar qo‘nolg‘asini yengganini va Filistlar Isroil xalqidan nafratlanganini Isroil xalqining hammasi bildi. So‘ng lashkar Gilgalda Shoulning atrofiga to‘plandi.
5 Filistlar ham Isroil lashkari bilan urishmoq uchun yig‘ilishdi. Uch mingta jang arava, olti mingta otliq sipoh va dengiz qirg‘og‘idagi qum singari son–sanoqsiz lashkar yo‘lga chiqib, Bayt– Obun shahrining sharqidagi Mixmashga keldi. Ular o‘sha yerda qarorgoh qurishdi.
6 Isroil lashkarining ahvoli og‘irlashib, qiynalib qoldi va ular g‘orlarga, xandaqlarga, qoyalar orasiga, qabrlarga, sardobalarga yashirindilar.
7 Ibroniylarning ayrimlari esa Iordan daryosi sharqidagi Gad va Gilad yerlariga kechib o‘tishdi. Shoul u vaqtda hali ham Gilgalda edi. Unga ergashganlarning hammasi qo‘rqib ketishdi.
8 Shomuil Shoulga: “Meni yetti kun kut”, deb aytgani uchun, uni Gilgalda yetti kun kutib turdi. Shomuil Gilgalga kelavermagach, lashkar endi Shoulning yonidan qocha boshladi.
9 Shuning uchun Shoul: — Kuydiriladigan qurbonlik bilan tinchlik qurbonliklarini menga olib kelinglar, — deb buyurdi. Keyin u kuydiriladigan qurbonliklarni nazr qildi.
10 Shoul qurbonlikni kuydirib bo‘lgan ham ediki, Shomuil kelib qoldi. Shoul, unga salom beray, deb peshvoz chiqdi.
11 — Nima qilib qo‘yding?! — dedi Shomuil. — Odamlarim mening yonimdan qochib ketyapti, — dedi Shoul. — Siz esa belgilangan kuni kelmadingiz. Buning ustiga, Filistlar Mixmashda to‘planib turishibdi. Ularni ko‘rib,
12 endi Filistlar Gilgalga ustimga bostirib keladi, men esa hanuzgacha Egamdan yordam so‘rab iltijo qilmadim, deb o‘yladim. Shundan keyin kuydiriladigan qurbonlikni qilishga majbur bo‘ldim.
13 Shomuil Shoulga dedi: — Nodonlarcha ish tutibsan, o‘z Egang Xudoning senga bergan amriga itoat etmading. Bo‘lmasa, Egam Isroil ustidan shoh bo‘lishingni to abad mustahkamlagan bo‘lardi.
14 Endi sening shohliging uzoqqa bormaydi. Egam O‘z ko‘ngliga mos bittasini topdi, Mening xalqimni sen boshqarasan, deb o‘shani tayinladi. Chunki sen Egamning amriga itoat qilmading.
15 Shundan so‘ng Shomuil Gilgaldan chiqib, Benyamin urug‘iga qarashli Givo shahriga jo‘nab ketdi. Shoul yonida qolgan odamlarni sanab chiqdi, hammasi bo‘lib taxminan olti yuz kishi ekan.
16 Shoul bilan o‘g‘li Yo‘natan, ularning lashkari Benyamin qabilasiga qarashli G‘iboda joylashdilar. Filistlar esa Mixmashda qarorgoh qurgan edilar.
17 Filistlarning ilg‘orlari uch guruhga bo‘linib, Isroil qishloqlarini talash uchun qarorgohdan chiqishdi. Guruhlardan biri Shuvol hududidagi O‘fra shahri tomonga,
18 ikkinchisi Bayt–Xo‘ron shahri tomonga, uchinchisi esa cho‘l tomonga — Zavo‘m vodiysi ko‘rinib turgan chegara adirga yo‘l oldi.
19 Filistlar: “Ibroniylar qilich, nayza yasay olmasin”, deb butun Isroil yurtida birorta ham temirchi qoldirmagan edilar.
20 Shuning uchun hamma Isroil xalqi omoch tishlarini, cho‘kichlarini, bolta va o‘roqlarini o‘tkirlash uchun Filistlarning oldiga borar edilar.
21 Omoch tishi bilan cho‘kichni o‘tkirlash bahosi ikki misqol kumush, panshaxa, bolta va temir uchli govronni o‘tkirlash bahosi bir misqol kumush edi.
22 Shu sababdan Shoul bilan Yo‘natanning jangchilaridan birortasida qilich yoki nayza yo‘q edi, faqat Shoul va uning o‘g‘lida bor edi, xolos.
23 Bu paytga kelib, Filistlar qo‘nolg‘asini Mixmash dovonida joylashtirgan edilar.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак