Shohlar (birinchi kitob) 20 bob

1 Yo‘natan Dovudga yordam beradi.

1 Dovud Ramadagi Noyo‘t mahallasidan qochib, Yo‘natanning oldiga keldi. — Men nima qilibman? Aybim nima? Otangga qarshi nima gunoh ish qilibmanki, meni o‘ldirmoqchi bo‘ladi? — dedi Dovud unga.
2 — Xudo saqlasin, o‘lmaysan! — dedi Yo‘natan. — Otam meni xabardor qilmay, xoh muhim bo‘lsin, xoh muhim bo‘lmasin, biror ish qilmaydi. Nimaga endi buni mendan yashirsin?! Hech narsa bo‘lmaydi.
3 Dovud yana ont ichib dedi: — Sen meni yaxshi ko‘rasan, buni otang ham yaxshi biladi. Yo‘natan nima qilishimni bilmay qo‘ya qolsin, aks holda azob chekadi, deb o‘ylaydi. Xudo shohid! Jar yoqasida turibman.
4 — Tila tilagingni, sen uchun bajo keltiraman, — dedi Yo‘natan.
5 — Qara, ertaga yangi oy shodiyonasi bo‘ladi, — dedi Dovud. — Shoh bilan birga dasturxonda o‘tirishim kerak. Lekin menga ijozat ber, indin kechgacha dalada yashirinib yuray.
6 Agar otang yo‘qligimni sezib qolsa, unga shunday deysan: “Dovud shoshilinch o‘z shahri Baytlahmga ketadigan bo‘lib qoldi, mendan qattiq turib iltimos qildi. U yerda butun urug‘–aymog‘i yillik qurbonlik marosimi o‘tkazar ekan.”
7 Otang “yaxshi” desa, demak, bu qulingga xavf–xatar yo‘q. Agar g‘azablansa, bilginki, menga zarar yetkazishga qat’iy qaror qilgan.
8 Egamiz oldida ahd qilgansan–ku! Endi menga sodiq qol. Agar aybdor bo‘lsam, meni o‘zing o‘ldir! Meni otangning huzuriga olib borishingga na hojat?!
9 — Xudo saqlasin! — dedi Yo‘natan, — otam senga yomonlik qilmoqchi bo‘lganini bilganimda, senga aytmasmidim?!
10 — Otang senga dag‘al javob bersa, kim menga bildiradi? — deb so‘radi Dovud.
11 — Yur, dalaga chiqaylik, — dedi Yo‘natan. Ikkovlari dalaga ketishdi.
12 Yo‘natan gapida davom etib, Dovudga dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shohid bo‘lsin! Erta yo indinga xuddi shu vaqtgacha otamning niyatini o‘smoqchilab bilib olaman. Otam senga moyillik bildirsa, albatta xabar yuboraman.
13 Bordi–yu, otam seni o‘ldirmoqni niyat qilgan bo‘lsa–yu, seni xabardor qilib bexatar ketishingni ta’minlamasam, Xudo meni yomon ko‘yga solsin, hatto undan ham battarrog‘ini qilsin! Egamiz, ilgari otam bilan bo‘lganiday, doimo sen bilan bo‘lsin.
14 Agar men tirik bo‘lsam, va’dangda tur, menga sodiq bo‘l.
15 Agar o‘lsam, mening xonadonimga abadiy shunday sadoqatingni ko‘rsatgin.
16 Yo‘natan Dovud xonadoni bilan ahd tuzdi va: — Egamiz hamma dushmanlaringni qirib tashlasin, — dedi.
17 Yo‘natan Dovudni jonidan ham ortiq yaxshi ko‘rardi. U: “Menga bo‘lgan do‘stona sevgingni tasdiqlagin”, deb Dovudga yana bir bor ont ichirdi.
18 — Ertaga yangi oy shodiyonasi bo‘ladi, — dedi Yo‘natan Dovudga. — O‘rning bo‘sh qoladi, yo‘qliging bilinadi.
19 Indinga darhol pastga tush, oldingi safar yashiringan joyingga borib yashirin. Ezel degan toshning yonida kutib tur.
20 Men mo‘ljallab o‘sha tosh tomonga uchta o‘q otaman.
21 Keyin xizmatkorimni: “Bor, o‘qlarni topib kel”, deb jo‘nataman. Agar unga: “Qara, o‘qlar orqangda, ularni olib bu yoqqa qayt”, deb aytsam, sen kelasan. Xudo shohid! Shunda senga xavf– xatar bo‘lmaydi, tinch–omonsan.
22 Agar xizmatkorimga: “Qara, o‘qlar oldingda”, desam, sen ketgin. Egamiz seni yo‘lga soladi.
23 Bir– birimizga qilgan ahdimizga Xudo abadiy shohid bo‘lsin.
24 Shunday qilib, Dovud dalada yashirinib oldi. Yangi oy chiqqani munosabati bilan bayram qilinardi. Shoh Shoul kelib, bayram taomiga o‘tirdi.
25 Odatdagiday, devor yonidagi o‘rindiqdan joy oldi. Yo‘natan Shoulning ro‘parasidan, Abnur esa uning yonidan o‘z joylarini egallashdi. Dovudning o‘rni bo‘sh qoldi.
26 Ammo Shoul o‘sha kuni hech narsa demadi. Biror tasodif bo‘lsa kerak, Dovud harom bo‘lgan–u, yuvinmagandir, deb o‘yladi.
27 Ertasiga, yangi oy shodiyonasining ikkinchi kuni Dovudning joyi yana bo‘sh qoldi. Shoul o‘g‘li Yo‘natandan so‘radi: — Essayning o‘g‘li nimaga kecha ham, bugun ham taomga kelmadi?
28 — Dovud Baytlahmga ketmoqchi ekan, mendan qattiq iltimos qildi, — deb javob berdi u.
29 — “Iltimos, ijozat bersang, oilamiz o‘sha shaharda qurbonlik qiladi. Akam, o‘sha yerda bo‘l, deb buyurdi. Menga iltifot ko‘rsatsang, borib, akalarimni ko‘rib kelsam”, dedi. Shu vajdan shohning dasturxoniga kela olmadi.
30 Shoul g‘azablanib, Yo‘natanga baqirdi: — Sen, yaramas, suyuqoyoq xotinning bolasi, u bilan do‘stlashganingni bilmasmidim?! Bu qilig‘ing bilan o‘zingni ham, seni tuqqan onangni ham isnodga qoldirding–ku.
31 Essayning o‘g‘li yer yuzida yashar ekan, na o‘zing, na shohliging saqlanib qoladi. Endi birorta odamni jo‘natib, uni mening oldimga chaqirtirib kel. Uni o‘lim kutyapti.
32 — Nega u o‘ldirilar ekan? U nima qildi? — dedi Yo‘natan otasiga.
33 Shoul Yo‘natanni o‘ldirmoqqa shaylanib, nayzasini unga qaratib otdi. Yo‘natan tushundiki, otasi Dovudni o‘ldirmoqqa qat’iy qaror qilgan.
34 Yo‘natan darg‘azab bo‘lib dasturxondan turdi, yangi oy shodiyonasining ikkinchi kuni hech narsa yemadi. Otasi Dovudni bu qadar haqorat qilganiga xafa bo‘ldi.
35 Ertalab Yo‘natan Dovud bilan ko‘rishmoq uchun dalaga ketdi. Yoniga bir kichkina bolani oldi.
36 Yo‘natan bolaga: — Yugur, men otgan o‘qlarni qidir! — dedi. Bola yugurib ketdi. Yo‘natan bolaning old tomoniga bir o‘q otdi.
37 Yo‘natanning o‘qi tushgan yerga bola yetib borgan ham ediki, u: — O‘q oldingda!
38 Tez bo‘l, yugur, to‘xtab turma! — deb ovoz berdi. Bola o‘qni olib, xo‘jayiniga keltirib berdi.
39 Bola hech narsadan xabarsiz, bu gapning ma’nosi Yo‘natan bilan Dovudga ayon edi, xolos.
40 Yo‘natan qurol– aslahalarini o‘sha bolaga berib: — Ko‘tar bularni, shaharga olib bor, — dedi.
41 Bola ketishi bilanoq, Dovud tosh orqasidan chiqib keldi va yuzi bilan yerga muk tushib, uch marta ta’zim qildi. Ikkala do‘st bir–birlarini quchoqlab, o‘pib, yig‘lashdi. Dovud Yo‘natanga qaraganda qattiqroq yig‘ladi.
42 Nihoyat Yo‘natan: — Endi eson–omon yo‘lingga ket, — dedi. — Ikkovimiz: “Xudo senu mening oramizda, urug‘larimiz orasida abadiy shohid bo‘lsin”, deb Uning nomini o‘rtaga qo‘yib ont ichganmiz.
43 Shundan keyin Dovud o‘z yo‘liga ketdi. Yo‘natan esa shaharga qaytdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18