Shohlar (birinchi kitob) 7 bob

2 Shomuil Isroilga yo‘lboshchilik qiladi.

1 Shundan keyin Xirat–Yorim aholisi borib, Egamizning sandig‘ini oldi. Uni Abunadovning tepalikdagi uyiga olib kelishdi. Egamizning sandig‘ini avaylab saqlasin, deb Abunadovning o‘g‘li Elazarni shu vazifaga tayinlab, poklashdi.
2 Sandiq uzoq vaqt — yigirma yilcha Xirat– Yorimda qolib ketdi. Bu orada butun Isroil xalqi Egamizga talpindi.
3 Shomuil jamiki Isroil xalqiga dedi: — Agar chin dildan Egamizga qaytmoqchi bo‘lsangiz, hamma begona xudolarni va Ashtaret tasvirlarini orangizdan yo‘qoting. Ko‘nglingizni Egamizga berib, yolg‘iz Unga xizmat qiling. Ana shunda Egamiz sizlarni Filistlarning qo‘lidan qutqaradi.
4 Isroil xalqi Baal va Ashtaret tasvirlarini yo‘q qilib, faqat Egamizga xizmat qila boshlashdi.
5 O‘shanda Shomuil: — Butun Isroil xalqi Mispaxda to‘plansin, men u yerda Isroil xalqi uchun Egamizga iltijo qilaman, — dedi.
6 Mispaxda to‘plangan Isroil xalqi quduqdan suv tortib, Egamizga nazr qilib to‘kishdi. “Egamiz oldida gunoh qildik”, deb o‘sha kuni ro‘za tutishdi. Shomuil Mispaxda Isroil xalqiga hakamlik qila boshladi.
7 Filistlar Isroil xalqining Mispaxda to‘planganini eshitib qolishdi. Filist beklari, Isroil xalqi bilan urishamiz, deb otlanishdi. Isroil xalqi buni eshitib, Filistlardan qo‘rqib ketishdi.
8 Ular Shomuilga: — Biz uchun Egamiz Xudoga tinimsiz iltijo qiling, toki U bizni Filistlarning qo‘lidan qutqarsin, — deyishdi.
9 Shu boisdan Shomuil bir emadigan qo‘zichoq olib, Egamizga kuydiriladigan qurbonlik qildi. So‘ng Isroil xalqi uchun Egamizga nolayu faryod bilan iltijo qildi. Egamiz uning iltijosini eshitdi.
10 Shomuil kuydiriladigan qurbonlikni ado etayotgan edi, Filistlar Isroil lashkariga hujum qilmoqchi bo‘lib yaqin keldilar. Ammo o‘sha zahoti Egamiz vahimali ovoz chiqarib, Filistlarni shunday sarosimaga soldiki, Isroil lashkari ularni mag‘lub qildi.
11 Isroil lashkari Mispaxdan chiqib, Filistlarni Bayt–Kor degan yerning etagigacha quvib borib o‘ldirdilar.
12 Shomuil bir toshni olib, Mispax bilan Yashono orasiga o‘rnatdi. “Egamiz bizga butun yo‘l bo‘yi yordam berdi”, deya toshga Evanzor deb nom berdi.
13 Mag‘lub bo‘lgan Filistlar Isroil hududiga qaytib hujum qilishmadi. Shomuil hayotligida Isroil xalqi Filistlarga hujum qilganda, Egamiz madad berib turdi.
14 Exrondan Gatga qadar Filistlar qo‘lga kiritgan shaharlarning hammasini Isroil xalqi yana qaytarib oldi. Shunday qilib, Isroil xalqining hamma yerlari Filistlardan ozod bo‘ldi. Isroil xalqi bilan Amor xalqlari orasida sulh tuzildi.
15 Shomuil umr bo‘yi Isroilga hakamlik qildi.
16 U har yili Baytil, Gilgal, Mispaxni aylanar, bu shaharlarda turib, Isroilni boshqarardi.
17 Keyin Rama shahridagi uyiga qaytar va o‘sha yerda turib Isroilga hakamlik qilardi. Shomuil Ramada Egamizga atab bir qurbongoh qurdirdi.


Shu bobni eshitish:



AUDIOKITOB

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18