Shohlar (birinchi kitob) 2 bob

1 Xannaning ibodati. 12 Elaxning yaramas o‘g‘illari. 18 Yosh Shomuil Shilo‘da. 22 Elax va uning o‘g‘illari. 27 Elax xonadoni haqida bashorat.

1 Xanna shunday ibodat qildi: “Egam tufayli ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi, Quvvatimni oshirgan O‘shadir. Dushmanlarim oldida maqtanurman, Najot berganing–chun sevinurman.
2 Egam — tanho va haqiqiy Xudo, Ha, Sendan boshqasi yo‘q, ey, Egam. Xudoyimizday qoya yo‘qdir.
3 Ortiq manmanlikka berilmang og‘iz ko‘pirtirib, Og‘zingizdan kibrli so‘zlar chiqmasin. U hammasini biladigan Xudodir, U odamlarning xatti–harakatini hukm qiladi.
4 Kuchlilarning yoylari sinib ketadi, Ojizlar quvvat kamarini bog‘laydi.
5 To‘q bo‘lganlar luqma non uchun mardikordirlar, Och bo‘lganlar esa endi to‘qdirlar. Befarzand ayol yetti bola tug‘ar, Serfarzand ayol esa kimsasiz qolar.
6 Jonni oladigan ham Egamizdir, Jonni ato qiladigan ham Egamizdir O‘liklar diyoriga U tushirar va Yana qayta olib ham chiqar.
7 U kimnidir yo‘qsil, kimnidir boy qilar, Kimnidir yerga urar, kimnidir yuksaltirar.
8 Bechorahollarni U tuproqdan ko‘tarar, Faqirlarni axlatdan olib chiqib yuksaltirar. Ularga shahzodalar yonidan joy berar, Shuhrat taxtini meros qilib berar. Chunki Egamnikidir zaminning ustunlari Ustunlarning ustiga qo‘ygandir U olamni.
9 U O‘ziga sodiq bo‘lganlarni himoya qilar Fosiqlar esa zulmatda so‘nib qolar. Zeroki kuch ila zafarga yetishmas inson.
10 Egamizga qarshi turganlar parcha–parcha bo‘lajak, Xudoyi Taolo ularga qarshi osmonni gumburlatajak. Butun olamni U hukm qilajak, O‘zi moy surtib tanlagan shohiga kuch ato etib, Uning quvvatini oshirajak.”
11 Shundan keyin Elqana oilasi bilan Ramaga — uyiga jo‘nadi. Kichkina Shomuil esa ruhoniy Elaxning huzurida qoldi va Egamizga xizmat qila boshladi.
12 Elaxning o‘g‘illari yaramas yigitlar edilar. Ular Egamizni hurmat qilmas,
13 xalq oldidagi o‘z ruhoniylik burchlarini mensimasdilar. Birortasi kelib qurbonlik so‘yib, go‘shtini qaynatayotganda, Elax o‘g‘illarining xizmatkori uch tishli sanchqi bilan kelardi.
14 Xizmatkor sanchqini qozon– tovoqqa yoki tovaga yo bo‘lmasa qozonga tiqardi. Sanchqiga ilinganini ularga olib borardi. Ular Shilo‘ga kelgan Isroil xalqining hammasiga shunday munosabatda bo‘lishardi.
15 Hatto qurbonlikning yog‘ini kuydirmasdan oldin, ruhoniyning xizmatkori kelib, qurbonlik qilayotgan odamga shunday derdi: — Ruhoniyga qovurish uchun go‘sht ber! U sendan qaynatilganidan emas, xomidan qabul qiladi.
16 Qurbonlik qilayotgan odam: — Oldin Egamizga atab qurbonlikning yog‘ini kuydirib olay, keyin xohlaganingcha olaver, — deydigan bo‘lsa, xizmatkor: — Yo‘q, hozir berasan, yo‘qsa zo‘rlik bilan tortib olaman, — deb javob berardi.
17 Elax o‘g‘illarining bu gunohi Egamiz oldida juda og‘ir edi, chunki ular Egamizga atalgan nazr– niyozlarga shunday hurmatsizlik qilishardi.
18 Yosh Shomuil esa shu paytda ruhoniylarning muqaddas libosini kiyib, Egamiz huzurida xizmat qilib yurardi.
19 Har yilgi qurbonlikni ado etish uchun onasi bilan otasi bu yerga kelishar, onasi o‘zi tikkan kiyimni o‘g‘liga olib kelardi.
20 Ruhoniy Elax esa Elqana bilan uning xotinini duo qilib, Elqanaga: “Egamizdan tilab olib, Unga bag‘ishlagan farzandingning o‘rniga Xudoyim senga shu xotindan yana farzandlar bersin”, deb aytardi. Shundan keyin ular uylariga ketishardi.
21 Egamiz Xannaga g‘amxo‘rlik qildi. U homilador bo‘lib, yana uch o‘g‘il, ikki qiz tug‘di. Yosh Shomuil esa Egamizning huzurida o‘sib– ulg‘aydi.
22 Elax juda keksayib qolgan edi. U o‘g‘illarining jamiki Isroil xalqiga yomon munosabatda bo‘lishayotganini, Uchrashuv chodiriga kiraverishda xizmat qiladigan ayollar bilan zino qilishayotganini eshitib turardi.
23 Elax o‘g‘illariga derdi: — Nimaga bunday qilyapsizlar? Qilayotgan qabih ishlaringiz hammaning og‘zida.
24 Bunday qilmanglar, o‘g‘illarim! Egamizning xalqi orasida yoyilgan gap–so‘zlar yaxshi emas.
25 Odam odamga qarshi gunoh qilsa, Xudo vositachilik qiladi. Ammo odam Egamizga qarshi gunoh qilsa, o‘rtada kim vositachilik qila oladi?! Biroq o‘g‘illari otalarining gapini quloqlariga olmasdilar. Shuning uchun Egamiz ularni o‘ldirishga qaror qilib qo‘ygan edi.
26 Yosh Shomuil esa ulg‘ayib, Egamizning va xalqning olqishiga sazovor bo‘layotgan edi.
27 Bir kuni bir payg‘ambar Elaxning oldiga kelib, shunday dedi: — Egamiz senga aytmoqda: “Isroil xalqi Misr yurtida Fir’avnga qul bo‘lib yurganda, O‘zimni ota–bobolaringga zohir qildim–ku!
28 Bobong Horun Mening qurbongohimga chiqsin, qurbonlik kuydirib, oldimda efodni kiyib yursin, deb jamiki Isroil qabilalari orasidan Men uni O‘zimga ruhoniy qilib tanlab olgan edim. Buning ustiga, Horun avlodining ulushi bo‘lsin, deb hamma kuydiriladigan qurbonliklardan ham berdim.
29 Shunday bo‘lgach, Men buyurgan qurbonlik va nazrlarni nimaga pisand qilmayapsizlar?! Nimaga xalqim Isroil bergan hamma nazrlardan eng yaxshi ulushlarni olib o‘zingiz yeb semiryapsizlar?! Nimaga o‘g‘illaringni Mendan ortiq ko‘ryapsan?!
30 Shuning uchun Men, Isroil xalqining Xudosi — Egangiz, shunday deb aytmoqdaman: avloding va otangning avlodi Menga abadiy xizmat qiladilar, deb aytgan bo‘lsam ham, endi bunday bo‘lmaydi! Meni izzat qilganni Men ham izzat qilaman, Meni xor qilgan esa sharmanda bo‘lur.
31 Shunday kunlar yaqinlashmoqda: Men sening va otangning xonadonini yo‘qotaman. Natijada xonadoningdagi hamma kimsa ajalidan besh kun burun o‘ladi.
32 Men Isroil xalqi ustiga yog‘diradigan rohat– farog‘atni sen ko‘rib, kulfat ichra ularga hasad qilasan. Sening xonadoningdan hech kim uzoq umr ko‘rmaydi.
33 Xonadoningdan faqat bittasini yo‘q qilmasdan asrab qolaman. Lekin uning ko‘zlari yoshga, yuragi g‘am–g‘ussaga to‘ladi. Butun xonadoning ahli juvonmarg ketadi.
34 Ikkala o‘g‘ling — Xo‘fnax bilan Finxazning boshiga tushadigan ko‘rgilik senga bir alomat bo‘lsin: ikkovi ham bir kunda nobud bo‘ladi.
35 Mening xohish–irodamni amalga oshiradigan sadoqatli bir ruhoniyni O‘zim uchun tayin etaman, u ko‘nglimdagiday xizmat qiladi. Uning avlodini boqiy qilaman, u Men moy surtib tanlagan shoh oldida umr bo‘yi xizmat qiladi.
36 Xonadoningda tirik qolgan har bir odam qora chaqaga va bir burda nonga zor bo‘lib uning oldiga keladi, o‘tinaman, menga biror ruhoniylik vazifasini ber, tirikchiligimni o‘tkazib turay, deb yolvorib ta’zim qiladi.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак