Shohlar (birinchi kitob) 22 bob

1 Shoul Nav shahridagi ruhoniylarni o‘ldiradi.

1 Shundan so‘ng Dovud u yerdan chiqib, Adullam shahri yaqinidagi g‘orga qarab qochdi. Akalari va jamiki ota xonadoni bu haqda eshitib, o‘sha yoqqa — Dovudning yoniga kelishdi.
2 Ezilgan, qarzini to‘lashga qurbi yetmagan, norozi odamlar Dovudning atrofiga to‘planishdi. Dovud ularga bosh bo‘ldi. Unga ergashganlar to‘rt yuztacha edi.
3 Dovud u yerdan Mo‘abdagi Mispax shahriga borib, Mo‘ab shohidan iltimos qildi: “Ijozat bering, Xudo meni nima qilmoqchiligi ma’lum bo‘lguncha, ota–onam yoningizda qolsin.”
4 Shunday qilib, Dovud ota–onasini Mo‘ab shohi huzuriga olib keldi. Dovud adirlardagi qarorgohida yashirinib turganda, ota–onasi Mo‘ab shohining panohida yashadilar.
5 Lekin payg‘ambar Gad Dovudga: “U yerda qolma, Yahudo yeriga bor”, dedi. Shundan keyin Dovud u yerdan chiqib, Xoret o‘rmoniga bordi.
6 Shu orada Shoul “Dovud va uning odamlari topildi”, deb eshitdi. Shoul qo‘lida nayzasini ushlaganicha, Givo tepaligidagi tamarisk daraxti ostida o‘tirgan edi. Barcha a’yonlari ham uning atrofida turgan edilar.
7 Shoul ularga shunday dedi: — Ey, Benyamin odamlari, eshitib olinglar! Essayning o‘g‘li har biringizga dalayu uzumzorlarni berib qo‘ymaydi–ku! Har biringizni mingboshi yoki yuzboshi qilib o‘tiradimi?!
8 Hammangiz menga qarshi til biriktirdingiz–ku! O‘g‘lim Yo‘natan Essayning o‘sha o‘g‘li bilan ahd qilgan ekan, meni hech kim xabardor etmadi. Orangizdan menga yon bosadigan biror odam chiqmadi. Dovud menga pistirma qo‘ymoqchi ekan, uni o‘g‘lim qayrabdi. Hozir shu ish bo‘ldi– ku! Shunday emasmi?!
9 Shu payt Shoulning a’yonlari yonida turgan Edomlik Doyeg aytdi: — Essayning o‘g‘li Dovudni ko‘rdim, u Nav shahridagi Oxitobning o‘g‘li ruhoniy Oximalekning yoniga kelgan edi.
10 Oximalek “Dovud nima qilsin?” deb Egamizning xohish–irodasini so‘radi. Unga ham oziq–ovqat berdi, ham Filist Go‘liyotning qilichini taqdim qildi.
11 Shoh Shoul a’yonlariga: “Oxitobning o‘g‘li ruhoniy Oximalekni va uning Navda yashaydigan hamma ota urug‘larini — barcha ruhoniylarni olib kelinglar”, deb buyurdi. Hammalarini shohning oldiga olib kelishdi.
12 — Ey, Oxitobning o‘g‘li, gaplarimni eshit! — dedi Shoul Oximalekka. — Labbay, janoblari, — dedi Oximalek.
13 — Nimaga sen Essayning o‘g‘li bilan birga menga qarshi til biriktirding? Dovudga non, qilich beribsan, uning uchun Xudoning xohish–irodasini so‘rabsan. Mana bugun Dovud menga qarshi qo‘zg‘alib, pistirmada poylab turibdi, — dedi Shoul.
14 Oximalek shunday javob berdi: — Butun a’yonlaringiz orasida Dovud singari ishonchli kim bor?! Dovud — sizning kuyovingiz, soqchilaringizning sardori, xonadoningizda hurmatli kishi–ku.
15 To‘g‘ri, o‘sha kuni Dovud uchun Xudoning xohish–irodasini so‘radim. Ammo bu birinchi marta emas edi–ku! Shoh meni va ota xonadonimni ayblamasinlar, chunki men Dovudning yomon niyatidan bexabar edim.
16 — Ey, Oximalek, o‘zing ham, butun ota xonadoning ham albatta o‘lasizlar! — dedi Shoul.
17 So‘ng u yonida turgan qo‘riqchilariga buyurdi: — Qani, Dovudni qo‘llagan Egamizning ruhoniylarini o‘ldirib tashlanglar! Ular Dovudning qochib ketganini bilganlari holda, menga xabar berishmadi. Shohning qo‘riqchilari qo‘l ko‘tarib, Egamizning ruhoniylarini o‘ldirishni istashmadi.
18 Shunda shoh Shoul Doyegga: — Sen bor, ruhoniylarni o‘ldir! — deb buyurdi. O‘sha kuni Edomlik Doyeg muqaddas libos kiygan sakson besh ruhoniyni bir o‘zi chopib o‘ldirdi.
19 So‘ngra erkak–ayol, yosh bola, hatto chaqaloq demasdan, ruhoniylar yashaydigan Nav shahrining xalqini ham qilichdan o‘tkazdi. Mollari, eshaklari, qo‘ylarini ham chopib tashladi.
20 Ruhoniy Oximalekning o‘g‘illaridan birgina Abuatar degani tirik qolib, Dovudning yoniga qochib ketdi.
21 Shoul Egamizning ruhoniylarini o‘ldirganini Abuatar Dovudga aytib berdi.
22 Dovud Abuatarga dedi: — O‘sha kuni u yerda Edomlik Doyeg bor edi. U albatta Shoulga xabar berishini bilardim. Otang xonadonidagi har bir jonning o‘limiga men sababchi bo‘ldim.
23 Endi sen yonimda qol, qo‘rqma. Mening jonim payiga tushgan kimsa — sening ham joning payiga tushgan. Yonimda qolsang, bexatar bo‘lasan.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18