Korinfliklarga birinchi maktub 4 bob

1 Havoriylarning martabasi va vazifasi. 14 Pavlusning pand–nasihatlari.

1 Odamlar bizni Masihning xizmatkorlari hamda Xudoning sir–asrorlarini bayon etishga mas’ul insonlar, deb bilishlari kerak.
2 Bizdan talab qilingan narsa ishonchli bo‘lishdir.
3 Meni sizlar hukm qilasizlarmi yoki mahkamada hukm qilishadimi, menga farqi yo‘q. Men o‘zimni o‘zim ham hukm qilmayman.
4 Zotan o‘zimda hech bir ayb ko‘rmasam ham, bu bilan o‘zimni oqlamayman. Chunki meni hukm qiluvchi Rabbimiz Iso bo‘ladi.
5 Shu bois sizlar ham vaqtidan oldin, Rabbimiz kelmaguncha, aslo hukm qilmanglar. U kelib zulmatda yashirilgan narsalarni ravshan qiladi, inson yuraklarining maqsadlarini oshkor etadi. O‘shanda har kim o‘z ishiga yarasha Xudoning tahsiniga sazovor bo‘ladi.
6 Ey birodarlar, men o‘zimni va Apollosni misol qilib keltirdim, toki sizlar Muqaddas Bitiklarda yozilganlarga binoan yashashni bizdan o‘rganinglar. Bir ustozni boshqasidan ustun qo‘ymang.
7 Kim sizlarga shunday huquq berib qo‘ygan?! Xudodan olmagan biror narsangiz bormi?! Bor narsangizni sizga Xudo bergan–ku, nima uchun xuddi o‘z kuchingiz bilan erishganday maqtanib yuribsiz?
8 Xohlagan hamma narsangizga erishib oldingizmi?! Boy bo‘lib ketdingizmi?! Bizsiz hukmronlik qilyapsizmi?! Qani endi, haqiqatdan ham hukmronlik qilayotgan bo‘lsangiz edi, biz ham sizlar bilan birga hukmronlik qilsak.
9 Lekin men o‘ylaymanki, Xudo biz — havoriylarni sharmandali ahvolga solib, maydonda namoyish qilinadigan, o‘limga mahkum etilgan asirlarday qilib qo‘ydi. Biz farishtalaru insonlar oldida, butun koinot oldida tomosha bo‘lib qoldik.
10 Biz Masih haqi aqlsiz bo‘libmiz, sizlar esa Masih soyasida aqlli bo‘lib qolibsizlar. Biz zaif, sizlar esa kuchli ekansiz! Sizlar obro‘–e’tiborli, biz esa sharmanda ekanmiz–da!
11 Hozirgacha och–yalang‘ochmiz, tashnalik va kaltaklarga bardosh beramiz, sarson– sargardon bo‘lib yuribmiz.
12 O‘z mehnatimiz bilan kun ko‘ryapmiz. Bizni haqorat qilsalar, duo qilamiz, quvg‘in qilsalar, chidaymiz.
13 Bizni g‘iybat qilsalar, yaxshilik bilan javob beramiz. Hozirgacha biz dunyoning supurindisi, hammaning axlatiday bo‘lib yuribmiz.
14 Men bularni sizlarni xijolatda qoldirmoq uchun emas, balki sevimli bolalarimga nasihat qilganday, sizlarga nasihat qilmoq uchun yozyapman.
15 Masihning yo‘lida minglab odamlar sizlarga ustozlik qilsa ham, sizlarning faqatgina bir ruhiy otangiz bor. Men sizlarga Xushxabarni yetkazib, Iso Masih orqali sizlarning ruhiy otangiz bo‘ldim.
16 Shuning uchun sizlarga yolvoraman, mendan o‘rnak olinglar.
17 Ana shu maqsadda men Rabbimiz Isoga sodiq bo‘lgan sevimli o‘g‘lim Timo‘tiyni sizlarning oldingizga yuboryapman. Har yerda va har bir imonlilar jamoatida ta’lim berar ekanman, Iso Masihga tegishli bo‘lib, qanday hayot kechirayotganligimni u sizlarga bildiradi.
18 Orangizda ba’zilar: “Pavlus kelmas ekan”, deb kekkayib, bilganini qilayotgan ekan.
19 Ammo Rabbimiz Iso xohlasa, men yaqin orada oldingizga boraman. Shunda nafaqat bu takabbur odamlar qanday gaplar gapirayotganlarini, balki ularda qanday kuch borligini sinab ko‘raman.
20 Chunki Xudoning shohligi quruq so‘zlar bilan emas, balki kuch–qudrat bilan namoyish etiladi.
21 Xo‘p, nima xohlaysizlar? Oldingizga kaltak bilan boraymi yoki mehr–muhabbat va muloyimlik ruhi bilan boraymi?


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18