Korinfliklarga birinchi maktub 14 bob

1 Muqaddas Ruh ato qiladigan in’omlardan foydalanish. 26 Jamoat yig‘ilishlaridagi tartibqoida.

1 Sevgining payida bo‘linglar, shuningdek, Muqaddas Ruh beradigan in’omlarni olishga, ayniqsa insonlarga Xudoning so‘zini yetkazishga intilinglar.
2 Kim noma’lum tilda gapirsa, insonlarga emas, Xudoga gapiradi, chunki uni hech kim tushunmaydi. U Ruhdan ilhomlanib, sirlarni gapiradi.
3 Xudoning so‘zini yetkazadiganlar esa odamlarni imonda mahkam turishga undaydilar, ularga dalda beradilar, yupatadilar.
4 Odam noma’lum tilda gapirganda, faqatgina o‘zining imonini mustahkamlaydi. Xudoning so‘zini odamlarga yetkazadigan inson esa butun jamoatning imonini mustahkamlaydi.
5 Hammangizning ham noma’lum tillarda gapirishingizni istayman, lekin boshqalarga Xudoning so‘zini yetkazadigan inson bo‘lishingizni undan ham ko‘proq xohlayman. Chunki Xudoning so‘zini aytish odamlarga ko‘proq foyda keltiradi, lekin noma’lum tilda gapirganning so‘zlari talqin qilinsa, bu ham jamoatning imonini mustahkamlaydi.
6 Xo‘sh, birodarlarim, men sizlarning oldingizga kelib, noma’lum tilda gapirsam–da, lekin aytganlarim sizlarga hech qanday tushuncha, bilim bermasa, Xudoning so‘zini yetkazmasa va yo‘l– yo‘riq ko‘rsatmasa, men sizlarga qanday foyda keltirgan bo‘laman?
7 Hatto jonsiz cholg‘u asboblari ham, masalan, nay yoki chang, farqli bir sado chiqarmasa, nay yoki changda qanday musiqa chalinayotganini odam qayerdan biladi?
8 Agar burg‘u noaniq bir sado bersa, kim jangga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi?
9 Shunga o‘xshab, agar sizlarning gapingiz tushunarsiz bo‘lsa, tinglovchilaringiz nima gapirganingizni qanday bilib oladilar? Sizlar havoga gapirganday bo‘lasizlar.
10 Dunyoda tillar ko‘p va xilma–xildir, ulardan birortasi ham ma’nosiz emas.
11 Agar men biror tilni tushunmasam, u tilda gapirayotgan odam uchun men ajnabiyman, u ham men uchun ajnabiydir.
12 Modomiki sizlar Ruh beradigan in’omlarga ega bo‘lishga intilayotgan ekansizlar, butun jamoatning imonini mustahkamlaydigan in’omga boy bo‘lish payida bo‘linglar.
13 Shuning uchun noma’lum tilda gapirgan odam o‘zining aytganlarini talqin qilish qobiliyatini olish uchun ham ibodat qilsin.
14 Agar men noma’lum tilda ibodat qilsam, ruhim ibodat qiladi, ongim esa bunda ishtirok etmaydi.
15 Xo‘p, bundan qanday xulosa chiqaraman? Ruhim bilan ibodat qilaman, ongim bilan ham ibodat qilaman. Ruhim bilan hamdu sano aytaman, ongim bilan ham hamdu sano aytaman.
16 Aks holda, agar sen ruhing bilan noma’lum tilda hamdu sano aytsang, atrofingdagilar qanday qilib sening shukrona ibodatingga qo‘shilib “omin”, deb ayta oladi? Ular sening aytayotganlaringni tushunmaydi–ku!
17 Shu tarzda shukrona aytganlaring yaxshi, lekin bu atrofingdagilarning imonini mustahkamlamaydi–ku!
18 Xudoga shukurki, noma’lum tillarda men hammangizdan ham ko‘proq gapiraman.
19 Imonlilar jamoatida esa noma’lum tilda minglab so‘zlarni gapirgandan ko‘ra, boshqalarga nasihat qilish uchun tushunarli beshtagina so‘z aytishni afzal bilaman.
20 Ey, birodarlarim, yosh bolalarday fikr qilmanglar. Aksincha, yomonlikka kelganda chaqaloqdek bo‘lib, aql–idrokka kelganda esa yetuk insonlar bo‘linglar.
21 Muqaddas Bitiklarda quyidagiday yozilgan: “Egamiz shunday demoqda: ‘Men bu xalqqa o‘zga tillarda, Begona xalqlarning og‘zi orqali gapiraman, Ammo shunda ham ular Menga quloq solmaydilar.’”
22 Demak, noma’lum tillar imonlilar uchun emas, balki imonsizlar uchun alomatdir. Xudoning so‘zini yetkazish in’omi esa imonsizlar uchun emas, imonlilar uchun alomatdir.
23 Agar imonlilar jamoati bir joyda yig‘ilib, hammasi noma’lum tillarda gapirayotgan bo‘lishsa, u yerda bundan bexabar bo‘lganlar, ya’ni imonsizlar bo‘lsa, ular: “Bular jinni bo‘lib qolibdi”, deb aytmaydimi?!
24 Ammo hamma Xudoning so‘zini tushunarli ravishda boshqalarga yetkazib berayotgan bo‘lsa, u yerdagi bundan bexabar bo‘lgan, ya’ni imonsiz odam ularning aytayotganlarini eshitadi. Shundan keyin yuragini tekshirib ko‘radi–da, gunohkor ekanligiga amin bo‘ladi.
25 Uning yuragidagi sirlari fosh bo‘ladi. Shunda u muk tushib: “Chindan ham Xudo sizlar bilan ekan”, deydi–da, Xudoga sajda qiladi.
26 Endi, birodarlar, bundan qanday xulosa chiqaramiz? Birga yig‘ilganingizda, ba’zilar sano aytadi, ba’zilar ta’lim beradi, ba’zilar Xudoning so‘zini boshqalarga yetkazadi, ba’zilar noma’lum tillarda gapiradi, yana ba’zilar esa ularning aytganlarini talqin qiladi. Bularning hammasi imonlilar jamoatining imonini mustahkamlash niyatida qilinsin.
27 Agar ba’zilar noma’lum tillarda gapirmoqchi bo‘lsa, ikki kishi, eng ko‘pi bilan uch kishi navbat bilan gapirsin, ularning aytganlari talqin qilinsin.
28 Agar ta’bir qiluvchi bo‘lmasa, noma’lum tilda gapirayotgan odam jamoatda jim tursin, o‘ziga va Xudoga gapirsin.
29 Shuningdek, ikki yoki uchta odam boshqalarga Xudoning so‘zini yetkazsin, qolganlar esa aytilganlarga baho bersinlar.
30 O‘tirganlardan biriga Xudoning so‘zi kelsa, o‘sha paytda gapirayotgan odam jim bo‘lsin.
31 Shunda hamma birin–ketin Xudoning so‘zini boshqalarga yetkaza oladi, toki hamma ta’lim va dalda olsin.
32 Xudoning xabarini yetkazayotganda inson o‘z ruhini boshqara oladi.
33 Axir, Xudo tartibsizlik Xudosi emas, balki tinchlik Xudosidir. Barcha jamoatlarda, Xudoning aziz xalqi orasida bu namoyon bo‘lib turibdi.
34 Jamoatda ayollar sukut saqlasin. Axir, ularga gapirish uchun ijozat berilmagan, Muqaddas Bitiklarda yozilganiday, ular itoatkor bo‘lishlari kerak.
35 Agar ular biror narsani bilmoqchi bo‘lsalar, uyda o‘z erlaridan so‘rasinlar. Imonlilar jamoatida ayol kishining gapirishi adabsizlikdir.
36 Ey, Korinflik birodarlar, Xudoning so‘zi sizdan kelib chiqqanmi?! Nahotki u faqatgina sizlarga yetib borgan bo‘lsa?!
37 Agar biror kishi: “Menda Xudoning so‘zini yetkazish in’omi bor” yoki “Ruhdan maxsus bir in’om olganman”, deb o‘ylasa, mening yozganlarim Rabbimiz Isoning amri ekanligini e’tirof etsin.
38 Agar ular buni tan olmasalar, Xudo ham ularni tanimaydi.
39 Shunday ekan, birodarlarim, boshqalarga Xudoning so‘zini yetkazishga intilinglar, boshqalarning noma’lum tillarda gapirishlariga to‘sqinlik qilmanglar.
40 Faqat hammasi adab va tartib bilan qilinsin.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак