Korinfliklarga birinchi maktub 3 bob

1 Hali ham go‘dakday bo‘lgan imonlilar. 5 Xudoning xizmatidagi hamkorlar.

1 Ey birodarlar, sizlarga ruhan yetuk insonlarga gapirganday emas, balki bu dunyoga tegishli odamlarga gapirganday gapirdim. Yana sizlarga endigina Masihga ishongan, imonda go‘dakday bo‘lgan insonlarga so‘zlaganday so‘zladim.
2 Sizlarga bergan ta’limotim milkka botadigan yegulikday emas, balki chaqaloqlarga kerak bo‘lgan sutday edi, chunki sizlar kuchliroq ta’limotga tayyor emas edingiz. Hozir ham tayyor emassiz,
3 chunki bu dunyo hali ham sizlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Orangizda janjalkashlik va kelishmovchiliklar bor ekan, bu sizlarning hali ham bashariy tabiatingiz ta’sirida, insoniy fikrlab yashayotganingizni ko‘rsatmaydimi?!
4 Axir, ba’zilaringiz: “Men Pavlusning shogirdiman”, boshqalaringiz esa: “Men Apollosning shogirdiman”, desangiz, sizlar insoniy fikrlab yashayotgan bo‘lmaysizmi?
5 Axir, Pavlus kim? Apollos kim? Ular Xudoning xizmatkorlaridir, ular orqali sizlar imonga kelgansizlar. Har birimiz Egamiz bergan vazifani bajaramiz.
6 Men urug‘ ekdim, Apollos sug‘ordi, lekin Xudo parvarishlab, o‘stirdi.
7 Kim ekkani yoki sug‘organi muhim emas, eng muhimi o‘stiradigan Xudodir.
8 Ekuvchining ham, sug‘oruvchining ham maqsadi bir va ularning har biri o‘z mehnatiga yarasha mukofot oladi.
9 Biz Xudoning xizmatidagi hamkorlarmiz, sizlar esa Xudoning dalasisizlar. Ayni payda sizlar Xudoning imorati hamsizlar.
10 Xudoning marhamati bilan men mohir bir me’morday imoratning poydevorini qo‘ydim. Endi esa boshqalar uning ustiga qurilish qilyaptilar. Har kim qanday qilib qurayotganiga diqqat qilsin.
11 Zero, hech kim mavjud bo‘lgan poydevordan boshqa poydevor qo‘ya olmaydi. Bu poydevor Iso Masihdir.
12 Bu poydevor ustiga kimdir oltindan, kimdir kumush yoki qimmatli toshlardan, yana kimdir esa yog‘ochu xashak yoki poxoldan imorat qurmoqda.
13 Qiyomat kunida har kimning ishi qanday ekanligi ayon bo‘ladi. O‘sha kuni hammaning ishi olovda sinaladi.
14 Kimning qilgan ishi olovga bardosh bersa, o‘sha kishi mukofot oladi.
15 Kimning ishi yonib ketsa, u talafot ko‘radi. O‘zi omon qoladi–yu, ammo olovdan qutulib chiqqanday bo‘ladi.
16 Nahotki bilmasangiz?! Sizlar Xudoning ma’badisizlar, Xudoning Ruhi orangizda maskan qilgan.
17 Kimki Xudoning ma’badini buzsa, Xudo uni halok qiladi. Zero, Xudoning ma’badi muqaddasdir, bu ma’bad esa sizlarsiz.
18 Hech kim o‘zini o‘zi aldamasin. Orangizda kimdir o‘zini bu dunyoda dono, deb bilsa, o‘zining aqlsiz ekanligini tan olsin, shundagina u haqiqatdan ham dono bo‘ladi.
19 Chunki bu dunyoning donoligi Xudoning nazarida aqlsizlikdir. Muqaddas Bitiklarda quyidagicha yozilgan–ku: “U donolarni o‘zlarining ayyorliklari orqali tutib oladi.”
20 Yana shunday yozilgan: “Egamiz donolarning niyatini anglaydi, Niyatlarining behudaligini U biladi.”
21 Shuning uchun orangizda hech kim boshqa bir insonning ta’limotiga rioya qilayotgani bilan maqtanmasin. Axir, hammasi sizlarga tegishli–ku:
22 Pavlus, Apollos va Butrus, dunyo ham, hayot va o‘lim ham, hozir va kelajak ham — bularning hammasi sizniki.
23 Sizlar esa Masihniki, Masih esa Xudonikidir.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18