Korinfliklarga birinchi maktub 2 bob

1 Pavlus bayon etgan xabarning asosi. 6 Xudoning donoligi.

1 Ey birodarlar, men sizlarga Xudoning sirli rejasini e’lon qilishga borganimda, so‘zamollik va insoniy donolik bilan gapirmadim.
2 Orangizda bo‘lganimda, Iso Masih va Uning xochga mixlanganidan boshqa hech narsa haqida gapirmaslikka qaror qildim.
3 Oldingizga zaifligu qo‘rquv hissi bilan titrab bordim.
4 Men sizlarga Xushxabar aytib, va’z qilganimda, donolik qilib ishontirishga urinmadim, balki Xudoning Ruhi va qudratiga asoslandim.
5 Toki sizlarning imoningiz inson donoligiga emas, balki Xudoning qudratiga asoslansin.
6 Biz yetkazgan xabarni ruhan yetuk insonlar hikmatu donolik, deb tan oladilar. Ammo bizning donoligimiz bu dunyoga yoki bu dunyoning o‘tib ketadigan hukmronlariga munosib bo‘lgan donolik emas.
7 Biz Xudoning pinhon tutilgan sirli donoligi haqida gapiramiz. Bu donoligi bilan Xudo dunyo bino bo‘lishidan avvalroq biz uchun najot rejasini tayyorlab qo‘yilgan edi, toki biz Xudoning ulug‘vorligidan bahramand bo‘laylik.
8 Bu dunyoning hukmronlari Xudoning donoligini tushunmadilar. Tushunganlarida edi, ulug‘vor Rabbimiz Isoni xochga mixlamagan bo‘lardilar.
9 Biz Muqaddas Bitiklarda yozilgan sirli reja haqida gapiryapmiz: “Xudoni yaxshi ko‘rganlar uchun Xudoning O‘zi qanday ajoyibotlarni tayyorlab qo‘yganini hech bir ko‘z ko‘rmagan, hech bir quloq eshitmagan, ular hech kimning xayoliga kelmagan.”
10 Bizlarga esa Xudo bularni O‘zining Ruhi orqali oshkor qildi. Chunki Muqaddas Ruh hamma narsadan, hatto Xudoning chuqur o‘y–fikrlaridan ham ogohdir.
11 Insonning o‘y–fikrlarini uning ichidagi o‘z ruhidan boshqa yana kim biladi?! Xuddi shu singari, Xudoning o‘y–fikrlarini Xudoning Ruhidan boshqa hech kim bilmaydi.
12 Biz Xudoning Ruhini qabul qildik, endi dunyoviy odamlar kabi o‘y–fikr qilmaymiz. Shuning uchun Xudo bizga nima ato qilganini aniq tushuna olamiz.
13 Biz bular haqida gapirganimizda insoniy donolik bilan gapirmaymiz, balki Muqaddas Ruh o‘rgatayotgan so‘zlar bilan ruhiy haqiqatni talqin qilamiz.
14 Qalbida Xudoning Ruhi bo‘lmagan insonlar Xudoning Ruhi o‘rgatganlarni rad qiladilar. Ular uchun bu haqiqatlar tentaklikday ko‘rinadi, bu haqiqatlarni ular tushuna olmaydilar. Zero, bu haqiqatlarni faqatgina Xudoning Ruhi yordami bilan tushunsa bo‘ladi.
15 Qalbida Xudoning Ruhi bo‘lgan inson hamma narsaga baho bera oladi, ammo boshqalar u odamga baho berishga ojiz.
16 “Axir, kim Rabbimizning fikr–zikrini anglab yetibdiki, Unga yo‘l–yo‘riq ko‘rsatsa?!” Biz esa Masihday fikr–zikr qila olamiz.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18