Korinfliklarga birinchi maktub 10 bob

1 Isroil xalqining tarixidan ibratlar. 14 Jinlar bilan aloqada bo‘lmaslik haqida. 23 Boshqalarning manfaatini ko‘zlash.

1 Birodarlar, ota–bobolarimizning tarixini yodingizga solmoqchiman. Ularning hammasi bulut ostida cho‘lni kezib, Qizil dengizdan o‘tdilar.
2 Ular bulut ostida kezib, Qizil dengizdan o‘tganda, go‘yo suvga cho‘mdirilganday bo‘lib, Musoning izdoshlari bo‘ldilar.
3 Mo‘jiza orqali ularning hammasiga bir xil ovqat berildi.
4 Mo‘jiza orqali hammasiga ichish uchun suv berildi. Mo‘jiza orqali ular qoyadan suv olib ichdilar. O‘sha qoya Masihning timsoli edi. Yurgan yo‘llarida Masih ular bilan birga edi.
5 Garchi shunday bo‘lsa ham, ularning deyarli hammasi Xudoni norozi qildi, shuning uchun Xudo itoatsizlarini sahroda halok qildi.
6 Ularning boshiga tushgan ko‘rgiliklar bizga ibrat bo‘ldi, toki biz ham ularga o‘xshab yovuzlik payida bo‘lmaylik.
7 Ularning ba’zilariga o‘xshab, butparast bo‘lmanglar. Ular haqida shunday yozilgan–ku: “Xalq o‘tirib yeb–ichgandan keyin ko‘ngilxushlik qildi.”
8 Ularning ba’zilariga o‘xshab jinsiy axloqsizlikka berilmaylik. Ular axloqsizlik qilganlari uchun bir kunda yigirma uch mingtasi nobud bo‘ldi.
9 Masihni sinamaylik, chunki ulardan ba’zilari shunday qilib, ilonlarning zahridan halok bo‘ldilar.
10 Hech nolimanglar. Ulardan ba’zilari ming‘irlab, nolidilar, shuning uchun Azroil ularni urib, nobud qildi.
11 Ular boshidan kechirgan bu hodisalar bizlarga ibrat bo‘ldi. Zamon oxirlashib qolgan paytda yashayotganlarga, ya’ni bizlarga saboq bo‘lishi uchun bu hodisalar Muqaddas Bitiklarda yozib qoldirilgan.
12 Shuning uchun mahkam turibman, deb o‘ylagan odam ehtiyot bo‘lsin, tag‘in qoqilib yiqilmasin.
13 Sizlar tushgan vasvasa boshqalarning ham boshiga tushgan. Ammo Xudo sodiqdir, U kuchingizdan ortiq vasvasaga tushishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Vasvasaga bardosh bera olishingiz uchun, kerakli paytda vasvasadan qutilish yo‘lini ham beradi.
14 Ey aziz birodarlarim, butparastlikdan o‘zingizni olib qoching!
15 Men sizlarni aqli raso odamlar, deb bilib gapiryapman. Aytayotganlarimga o‘zingiz baho beringlar.
16 Biz dasturxon atrofida jam bo‘lib o‘tirganimizda, Xudoga shukr aytib qutlug‘ kosadan ichganimizda Masihning to‘kilgan qoniga sherik bo‘lamiz, nonni bo‘lishib yeganimizda esa Uning qurbon qilingan tanasiga sherik bo‘lamiz–ku!
17 Bitta nonni bo‘lishib yeganimizday, biz hammamiz, ko‘pchilik bo‘lsak–da, bir tanani hosil qilamiz.
18 Isroil xalqiga qaranglar! Qurbongohdagi qurbonliklardan tanovul qilish ular uchun Xudoga sajda qilish degani–ku!
19 Men bu bilan nima demoqchiman o‘zi? Butga bag‘ishlangan qurbonlikning ham biror ahamiyati bormi? Butning o‘zi ham biror ahamiyatga egami?
20 Yo‘q! Butparastlar qurbonlik keltirganlarida, aslida qurbonlikni xudo deb atalgan butlarga emas, balki jinlarga bag‘ishlagan bo‘ladilar. Jinlarga sherik bo‘lishingizni men xohlamayman.
21 Sizlar, ham Rabbimiz Isoning kosasidan, ham jinlarning kosasidan icha olmaysizlar. Ham Rabbimiz dasturxonidan, ham jinlarning dasturxonidan bahramand bo‘la olmaysizlar.
22 Nahotki Rabbimiz Isoning rashkini qo‘zg‘atmoqchi bo‘lsangiz? Nahotki sizlar Undan ham qudratliroq bo‘lsangiz?!
23 Ba’zilaringiz: “Inson xohlaganini qilishga haqli”, deb aytyapsiz. To‘g‘ri, lekin hamma narsa ham foydali emas. Inson xohlaganini qilishga haqqi bor, lekin hamma narsa ham manfaat keltirmaydi.
24 Hamma birinchi o‘rinda o‘zining emas, boshqalarning manfaatini ko‘zda tutsin.
25 Bozordagi go‘sht qayerdan kelgani haqida so‘rab, surishtirmay, pok vijdon bilan yeyaveringlar.
26 Axir Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan–ku: “Egamiznikidir zamin, undagi butun borliq.”
27 Agar Masihni bilmagan birorta odam sizlarni uyiga chaqirsa va siz u yerga boradigan bo‘lsangiz, oldingizga qo‘yilgan hamma narsani qayerdan kelganini so‘rab–surishtirmay, pok vijdon bilan yeyaveringlar.
28 Lekin bir birodar sizga: “Bu qurbonlik go‘shti”, deb aytsa, unda o‘sha aytgan odam haqqi va uni vasvasaga solmaslik uchun o‘sha go‘shtni yemanglar. Go‘sht yeyish siz uchun gunoh bo‘lmasa ham, o‘sha odam uchun gunoh, u go‘shtni yesa, vijdoni qiynaladi.
29 Ammo men bu go‘shtni yemasam ham erkinligim cheklanib qolmaydi.
30 Agar men Xudoga shukrona aytib ovqatni tanovul qilsam, o‘sha ovqatni yeganim uchun malomatga qolmayman.
31 Shunday qilib, yeysizlarmi, ichasizlarmi, nimaiki qilsangizlar ham, hammasini Xudoni ulug‘lash uchun qilinglar.
32 Yahudiylaru g‘ayriyahudiylarni, Xudoni biladiganu bilmaydiganlarni o‘ylab ish tuting.
33 Men ham o‘z manfaatimni emas, boshqalarning manfaatini ko‘zlayapman, ular najot topsin deb, turli yo‘l bilan hammaning ko‘nglini topishga harakat qilaman.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак