Luqo Muqaddas xushxabar 9 bob

1 Iso o‘n ikki havoriyni xizmatga yuboradi. 7 Hirod sarosimaga tushadi. 10 Iso 5000 kishini to‘ydiradi. 18 Butrus Isoning Masihligini tan oladi. 21 Iso O‘z o‘limi to‘g‘risida gapiradi. 28 Isoning qiyofasi o‘zgaradi. 37 Iso jinga chalingan bolaga shifo beradi. 43 Iso yana O‘z o‘limi haqida gapiradi. 46 Kim katta? 49 Sizga qarshi bo‘lmagan sizning tomoningizda. 51 Samariyaliklar Isoni rad qilishadi. 57 Isoga ergashish shartlari.

1 Iso o‘n ikki havoriyni yoniga chaqirib, ularga hamma jinlarni quvib chiqarish va kasalliklarni davolash qudrati va hokimiyatini berdi.
2 Iso ularni Xudoning Shohligini e’lon qilishga va xastalarni shifolashga yuborar ekan,
3 shunday dedi: “Yo‘lga hech narsa olmanglar: hassa ham, to‘rva ham, non, pul, hatto qo‘shimcha kiyim ham olmanglar.
4 Qaysi uyga kirsangizlar, o‘sha shahardan ketguningizcha shu uyda qolinglar.
5 Agar biror shaharda sizni qabul qilmasalar, u yerdan chiqayotganingizda ularga ogohlantirish tariqasida oyoqlaringizdagi changni qoqib ketinglar.”
6 Havoriylar ketdilar. Qishloqma–qishloq yurib, hamma yoqda Xushxabarni e’lon qildilar, xastalarga shifo berdilar.
7 Viloyat hukmdori Hirod sodir bo‘layotgan ajoyibotlar haqida eshitib, esankirab qoldi. Chunki ba’zilar: “Yahyo tirilib kelibdi”, — desalar,
8 boshqalar: “Ilyos payg‘ambar zohir bo‘libdi”, — der edilar. Yana boshqalar bo‘lsa: “Qadimgi payg‘ambarlardan biri tirilib kelibdi”, — deyishardi.
9 Hirod: “Men Yahyoning boshini oldirgan edim, ammo menga aytishayotgan bu odam kim bo‘ldi ekan?” — deb Isoni ko‘rgisi keldi.
10 Havoriylar qaytib keldilar va qilgan hamma ishlarini Isoga aytib berdilar. Iso faqatgina havoriylari bilan vaqt o‘tkazmoqchi bo‘lib, ularni Baytsayda shahriga olib ketdi.
11 Olomon esa bu haqda xabar topib, Uning orqasidan ergashdi. Iso olomonni yaxshi kutib oldi, ularga Xudoning Shohligi to‘g‘risida gapirdi, shifoga muhtojlarni shifoladi.
12 Kun botib, kech kira boshladi. O‘n ikki havoriy Isoning oldiga kelib dedilar: — Odamlarni jo‘natib yuboring, toki ular atrofdagi qishloqlarga, ovullarga borib, o‘zlariga tunash uchun joy va yegulik topsinlar. Axir, biz kimsasiz joydamiz.
13 — Sizlar ularga ovqat beringlar! — dedi Iso. — Beshta non va ikkita baliqdan boshqa hech narsamiz yo‘q–ku! — deya javob berdi shogirdlar. — Nima, biz borib, shuncha odamga ovqat sotib olaylikmi?!
14 U yerda taxminan besh mingga yaqin erkak bor edi. Iso shogirdlariga dedi: — Odamlarni ellikta–ellikta qilib o‘tqazinglar.
15 Shogirdlar aytilganday qilib, hammani yerga o‘tqazdilar.
16 Iso beshta non bilan ikkita baliqni oldi, osmonga qarab shukrona duosini o‘qidi. So‘ng bularni sindirib, xalqqa tarqatish uchun shogirdlariga berdi.
17 Hamma yeb to‘ydi. Ortib qolgan burdalarni yig‘ib olishganda, o‘n ikki savat chiqdi.
18 Bir kuni Iso yolg‘iz O‘zi ibodat qilayotganda, shogirdlari kelib qolishdi. Iso ulardan: — Xalq Meni kim deb biladi? — deya so‘radi.
19 Ular shunday javob berdilar: — Ba’zilar Sizni Yahyo cho‘mdiruvchi deb hisoblaydilar, ba’zilar Ilyos, boshqalari esa, qadimgi payg‘ambarlardan biri tirilib kelgan, deb aytib yuribdilar.
20 — Sizlar–chi, Meni kim deb bilasiz? — deb so‘radi Iso. — Siz Xudo yuborgan Masihsiz! — deb javob berdi Butrus.
21 Iso shogirdlariga: “Bularni hech kimga aytmanglar, — deb qat’iy ogohlantirib gapirdi.
22 —Inson O‘g‘li ko‘p azob chekadi. Oqsoqollar, bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari tomonidan rad qilinib, o‘ldiriladi. Uchinchi kuni esa tiriladi.”
23 So‘ng hammaga dedi: “Kimda–kim Menga ergashishni istasa, o‘zidan kechsin va har kuni o‘z xochini ko‘tarib, ortimdan yursin.
24 Kim o‘z jonini asrab qolmoqchi bo‘lsa, uni yo‘qotadi. Kim Men uchun jonini bersa, uni asrab qoladi.
25 Agar inson butun dunyoni egallab olsa–yu, biroq o‘z hayotiga o‘zi zomin bo‘lsa, bundan unga nima foyda?!
26 Mendan va Mening so‘zlarimdan uyalmanglar! Aks holda Inson O‘g‘li O‘zining, Otasining va muqaddas farishtalarning ulug‘vorligida kelganda, U ham sizlardan uyaladi.
27 Sizlarga chinini aytayin: bu yerda turganlardan ba’zilari Xudoning Shohligini ko‘rmaguncha, o‘lmaydilar.”
28 Iso bu gaplarni aytgandan keyin oradan sakkiz kun o‘tdi. U Butrusni, Yuhanno bilan Yoqubni olib, ibodat qilgani toqqa chiqdi.
29 Ibodat paytida Isoning yuzi o‘zgardi, kiyimlari ham ko‘zni qamashtiradigan darajada oppoq bo‘lib qoldi.
30 Birdaniga Isoning oldida ikki odam paydo bo‘ldi, ularning butun borlig‘i nur taratib turardi. Bu ikki odam Muso va Ilyos bo‘lib, Iso bilan gaplashayotgan edilar.
31 Ular Isoning tez orada Quddusga borishi va u yerda Xudoning rejasini amalga oshirib, olamdan o‘tishi to‘g‘risida suhbatlashayotgan edilar.
32 Butrus va u bilan birga bo‘lganlar qattiq uyquga ketgan edilar. Ular birdan uyg‘onib, Isoning ulug‘vorligini va Uning yonida turgan ikki odamni ko‘rdilar.
33 Bu ikki odam ketmoqchi bo‘lib turganda Butrus Isoga dedi: — Ustoz, yaxshi ham shu yerda ekanmiz! Keling, uchta chayla yasaylik, bittasi Sizga, bittasi Musoga, bittasi Ilyosga. Ammo u nima deb aytayotganini o‘zi ham bilmas edi.
34 U shu gapini tugatmagan ham ediki, bulut paydo bo‘lib, hammalariga soya soldi. Bulut ostida qolgan shogirdlar qo‘rqib ketdilar.
35 Bulut orasidan esa shunday ovoz eshitildi: — Bu Mening O‘g‘limdir, Men Uni tanladim. Unga quloq solinglar!
36 Ovoz tingandan keyin, shogirdlar Isoning u yerda yolg‘iz qolganini ko‘rdilar. Shogirdlar ko‘rganlarini sir saqlab, o‘sha kunlarda hech kimga aytmadilar.
37 Ertasi kuni Iso va Uning uch shogirdi tog‘dan tushdilar. Isoni katta olomon kutib oldi.
38 To‘satdan olomon orasidan bir odam baqirib koldi: — Ustoz! Yolvoraman, o‘g‘limni ko‘rib qo‘ying! U mening yakkayu yagona o‘g‘lim!
39 Ba’zan uni jin tutib turadi. Shunda o‘g‘lim birdaniga baqirib qoladi. Og‘zidan ko‘pik chiqquncha, jin uni dag‘–dag‘ qaltiratadi. Bolani o‘lguday charchatib, azob beradi.
40 Men shogirdlaringizga, jinni quvib chiqaringlar, deb yolvordim, ammo ular eplay olmadilar.
41 Iso shunday javob berdi: — Ey imonsiz va buzuq avlod! Qachongacha sizlar bilan birga bo‘lishim kerak?! Sizlarga yana qancha toqat qilishim kerak?! O‘g‘lingni bu yerga olib kel!
42 Bola yaqinlashayotganda, jin uni yerga ag‘natib, qaltirata boshladi. Lekin Iso yovuz ruhga do‘q urib, bolaga shifo berdi. So‘ng uni otasiga topshirdi.
43 Hamma Xudoning qudratiga hayron qoldi. Odamlar Isoning qilayotgan ishlaridan hayratlanayotgan edilar. Shunda Iso O‘z shogirdlariga dedi:
44 “Sizlar bu so‘zlarimni quloqlaringizga quyib olinglar! Inson O‘g‘li odamlar qo‘liga tutib beriladi.”
45 Ammo shogirdlar bu so‘zlarni tushunmadilar. Bu so‘zlarning ma’nosi ular uchun qorong‘i bo‘lib, uni anglamadilar. “Bu nima deganingiz?” — deb Isodan so‘rashga ham botina olmadilar.
46 Shogirdlar o‘rtasida: “Oramizda eng katta kim?” — degan bahs bo‘ldi.
47 Ularning bu o‘y– xayollarini bilgan Iso bir bolani olib O‘zining yoniga turg‘izdi–da,
48 ularga dedi: — Kim bu bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan bo‘ladi. Kim Meni qabul qilsa, Meni Yuborganni qabul qilgan bo‘ladi. Oralaringizdagi eng kichigingiz aslida eng kattangizdir.
49 Shunda Yuhanno dedi: — Ustoz! Biz bir odamni ko‘rdik. U Sizning nomingiz bilan jinlarni quvib chiqarayotgan ekan. U biz bilan yurmagani sababli, unga bunday qilishni man etdik.
50 — Man etmang! — dedi Iso. — Kimki sizlarga qarshi bo‘lmasa, u siz tomonda.
51 Isoning osmonga ko‘tariladigan kuni yaqinlashib kelarkan, U Quddusga borishga qaror qildi.
52 O‘zidan oldin xabarchilarni yubordi. Ular Isoning kelishiga hozirlik ko‘rish uchun Samariyaning bir qishlog‘iga kirdilar.
53 Ammo Samariyaliklar Isoni qabul qilmadilar, chunki U Quddusga ketayotgan edi.
54 Uning shogirdlari Yoqub bilan Yuhanno bu vaziyatni ko‘rib, shunday dedilar: — Hazrat, istasangiz, biz: “Osmondan olov tushsin! Bularni yo‘q qilib yuborsin!” deb buyuramiz.
55 Iso esa o‘girilib qaradi–da, ularni koyidi.
56 Shundan keyin ular boshqa qishloqqa ketdilar.
57 Yo‘lda ketayotganlarida, bir odam Isoga: — Qayerga borsangiz ham, men ortingizdan boraman, — dedi.
58 Iso o‘sha odamga shunday dedi: — Tulkilarning uyalari bor, qushlarning inlari bor. Inson O‘g‘lining esa bosh qo‘yadigan joyi yo‘q.
59 Boshqa bir odamga Iso: — Ortimdan yur! — dedi. Lekin u: — Hazrat, ijozat bering, avval borib otamni dafn qilib kelay, — dedi.
60 Iso esa o‘sha odamga aytdi: — Marhumlarni ruhan o‘lik bo‘lganlar dafn qilsinlar, sen esa borib, Xudoning Shohligini e’lon qilgin.
61 Yana boshqa biri aytdi: — Hazrat, men Sizga ergashaman. Faqat oldin borib uydagilar bilan xayrlashishimga ijozat bering.
62 Lekin Iso unga dedi: — Omochni tutib, ortiga qaragan bironta odam Xudoning Shohligiga loyiq emas.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак