Luqo Muqaddas xushxabar 21 bob

1 Beva ayolning xayr–ehsoni. 5 Iso Ma’badning vayron bo‘lishini bashorat qiladi. 20 Quddusning qulashi haqida bashorat. 25 Inson O‘g‘lining qaytib kelishi haqida. 29 Hushyor bo‘lish haqida.

1 Iso Ma’badning ehson qutisiga nazar solar ekan, ehson tashlab turgan boy odamlarni ko‘rdi.
2 Shuningdek, ikki chaqa tashlagan bir kambag‘al beva ayolni ham ko‘rdi.
3 Shunda Iso dedi: “Sizlarga chinini aytayin, bu kambag‘al beva hammadan ko‘proq ehson berdi.
4 Chunki boylarning hammasi o‘zlarining ortiqcha pullaridan ehson qildilar. Ammo bu ayol kambag‘alligiga qaramasdan, o‘zining bor– yo‘g‘ini tashladi.”
5 Shogirdlardan ba’zilari Ma’badning go‘zal toshlar va Xudoga nazr qilingan in’omlar bilan bezatilgani to‘g‘risida gaplashayotgan edilar. Shunda Iso dedi:
6 — Shunday kunlar keladiki, siz ko‘rib turganlarning hammasi vayron bo‘ladi. Bu yerda tosh ustida turgan bironta tosh qolmaydi.
7 Ular Isodan so‘radilar: — Ustoz, bu hodisalar qachon yuz beradi? Tez orada yuz berishini nimadan bilsak bo‘ladi?
8 Iso dedi: — Ehtiyot bo‘linglar, yo‘ldan ozmanglar, chunki ko‘pchilik o‘zlarini Mening nomim bilan atab: “Men O‘shaman”, “Vaqt yaqin”, deb aytadi. Ularga ergashmanglar.
9 Sizlar urush va isyonlar to‘g‘risida xabarlarni eshitganingizda, vahimaga tushmanglar, chunki bu hodisalar birinchi bo‘lib sodir bo‘lishi kerak. Ammo bu hali so‘nggi nihoya emas.
10 Keyin Iso ularga dedi: “Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi ko‘tariladi.
11 Ayrim joylarda shiddatli zilzilalar, qahatchiliklar, o‘latlar bo‘ladi. Osmonda vahimali hodisalar, buyuk alomatlar yuz beradi.
12 Lekin bularning hammasidan oldin sizlarni hibsga oladilar, quvg‘in qiladilar, sinagogalarga topshirib, qamoqlarga tashlaydilar. Mening nomim tufayli sizlarni shohlar va hokimlar oldiga olib boradilar.
13 Bular Xushxabarni aytishingiz uchun imkoniyat bo‘ladi.
14 O‘zimizni qanday himoya qilamiz, deb oldindan qayg‘urmaslikka qaror qilinglar.
15 Men O‘zim sizlarga so‘z, donolik ato qilamanki, raqiblaringizdan birontasi aytganlaringizni rad qila olmaydilar yoki e’tiroz bildira olmaydilar.
16 Sizlarni hatto ota–onangiz, aka–ukalaringiz, qarindosh–urug‘laringiz, do‘stlaringiz tutib berishadi. Ular ba’zilaringizni o‘ldirishadi.
17 Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi.
18 Biroq boshingizdan bir tola soch ham tushmaydi.
19 Qat’iyatli bo‘linglar, shunda hayotga erishasiz.”
20 “Quddusni dushman lashkarlari o‘rab olganini ko‘rganingizda, bilingki, shahar yaqin orada vayron qilinadi.
21 Shunda Yahudiyada bo‘lganlar tog‘larga qochsin, shaharning ichida bo‘lganlar tashqariga chiqsin, dalalarda bo‘lganlar shaharga kirmasin.
22 Chunki Xudoning qasos oladigan kunlari keldi. O‘sha kunlarda hamma bashoratlar amalga oshadi.
23 U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy! Chunki yer yuzini katta musibat chulg‘ab oladi, bu xalqning boshiga Xudoning g‘azabi yog‘iladi.
24 Ba’zilari qilichdan o‘tkaziladi, boshqalari barcha yurtlarga asir qilib olib ketiladi. G‘ayriyahudiylarning davru davroni tugamaguncha, ular Quddusni oyoq osti qiladilar.”
25 “Quyosh, oy va yulduzlarda alomatlar paydo bo‘ladi. Dengizlar va to‘lqinlar shovqinidan xalqlar sarosimaga tushib, iztirob chekadi.
26 Odamlar dunyoga keladigan falokatlarni ko‘rib, qo‘rquvdan hushidan ketadilar. Chunki o‘shanda samoviy kuchlar larzaga keladi.
27 Shunda hamma odam Inson O‘g‘lini ko‘radi. Inson O‘g‘li qudratga va buyuk ulug‘vorlikka burkanib, bulutlarda keladi.
28 Bu hodisalar yuz bera boshlaganda, turib, boshingizni baland ko‘taring. Chunki qutqariladigan vaqtingiz yaqinlashmoqda.”
29 Iso shogirdlariga bir masalni aytib berdi: “Anjir daraxtiga va boshqa hamma daraxtlarga qaranglar.
30 Daraxtlar barg yozayotganini ko‘rganingizda, yoz yaqinlashib qolganini bilasiz.
31 Shu singari, mana bu voqealar sodir bo‘lganda, bilingki, Xudoning Shohligi yaqin.
32 Sizlarga chinini aytayin, bu nasl o‘tmasdanoq, bularning hammasi sodir bo‘ladi.
33 Yeru osmon yo‘q bo‘lib ketadi, ammo Mening so‘zlarim kuchda qoladi.
34 Hushyor bo‘linglar! Kayfu safoga, bu hayotning tashvishlariga berilib ketmanglar. Tag‘in o‘sha kun kelib qolganda sizlar to‘satdan to‘rga tushgan odamlarga o‘xshab qolmanglar!
35 Chunki u kun butun yer yuzida yashovchilarning boshiga tushadi.
36 Doim hushyor bo‘linglar. Yuz beradigan bu hamma musibatlardan qutula olishingiz va Inson O‘g‘li oldida munosib tura olishingiz uchun doimo ibodatda bo‘linglar.”
37 Har kuni Iso Ma’badda ta’lim berardi, kechalari esa shahardan chiqib, tunni Zaytun deb ataladigan tog‘da o‘tkazar edi.
38 Xalq sahardan Isoni tinglagani Ma’badga kelardi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак