Luqo Muqaddas xushxabar 16 bob

1 Pishiq ish boshqaruvchi. 14 Isoning ba’zi hikmatlari. 19 Bir boy va Lazar haqida masal.

1 Iso shogirdlariga shunday dedi: “Bir boy odamning ish boshqaruvchisi bor ekan. Boyga: “Ish boshqaruvchingiz mol–mulkingizni sovurib yuribdi” degan xabar yetib keldi.
2 Boy odam ish boshqaruvchisini chaqirib, unga shunday debdi: “Sen haqingda ba’zi gaplarni eshitdim. Bu nimasi?! Menga boshqaruving to‘g‘risida hisobot ber, endi ishlarimni sen boshqarmaysan.”
3 Shunda ish boshqaruvchi o‘ziga o‘zi debdi: “Xo‘jayinim meni ishdan bo‘shatyapti. Endi nima qilaman? Yer chopishga kuchim yetmaydi, sadaqa so‘rashga uyalaman.
4 Eha, topdim! Bir ish qilaman, shunda bo‘shatilganimdan keyin odamlar uylarining eshiklarini men uchun ochib berishadi”, — debdi– da,
5 xo‘jayinning qarzdorlarini bittama–bitta chaqiribdi. Birinchisidan so‘rabdi: — Xo‘jayinimdan qancha qarzing bor?
6 — Yuz ko‘za zaytun moyi, — deb javob beribdi u. — Tilxatingni ol, tezda o‘tirib ellik ko‘za deb yoz! — debdi unga ish boshqaruvchi.
7 Keyin boshqasidan ham so‘rabdi: — Sening qancha qarzing bor? — Yuz qop bug‘doy, — deb javob beribdi u. Unga ham: — Tilxatingni ol, sakson qop deb yoz! — debdi ish boshqaruvchi.
8 Ha, ayyor ish boshqaruvchi ishini boplab bajardi! Chindan ham bu dunyoning odamlari zamondoshlari orasida nur ahliga karaganda o‘z ishiga ancha pishiqdirlar.
9 Men sizlarga aytaman, bu dunyoning boyligidan foydalanib do‘st orttiringlar, toki bu boylik tugagach, Xudo sizni abadiy maskaniga qabul qilsin.
10 Kichik ishda sadoqatli bo‘lgan odam katta ishda ham sadoqatli bo‘ladi. Kichik ishda sadoqatsiz bo‘lgan esa katta ishda ham sadoqatsiz bo‘ladi.
11 Agar sizga bu dunyoning boyligini ishonib topshirib bo‘lmasa, kim sizga haqiqiy boylikni ishonib topshiradi?!
12 Agar sizga boshqalarning narsasini ishonib topshirib bo‘lmasa, o‘zingizga atalgan narsani sizga kim beradi?!
13 Hech qanday xizmatkor ikki xo‘jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko‘rib, boshqasini yaxshi ko‘radi, yoki biriga bag‘ishlanib, boshqasini mensimaydi. Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qila olmaysizlar.”
14 Pulparast farziylar bularni eshitib, Isoni mazax qildilar.
15 Iso ularga dedi: “Siz odamlar oldida o‘zingizni taqvodor qilib ko‘rsatasizlar, lekin Xudo yuragingizni biladi. Odamzod ko‘kka ko‘targan narsalar Xudoning nazarida jirkanchdir.
16 Yahyo va undan oldin kelganlar Tavrot va payg‘ambarlar bitiklarini e’lon qilganlar. Endi esa Xudoning Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabar e’lon qilinmoqda va har bir odam bu Shohlikka kirishga undalmoqda.
17 Biroq Tavrotdan bir nuqtaning yo‘qolishidan ko‘ra, yeru osmonning yo‘qolishi osonroqdir.
18 Kim o‘z xotini bilan ajrashib boshqasiga uylansa, zino qilgan bo‘ladi. Shuningdek, eri bilan ajrashgan xotinga uylangan kishi ham zino qilgan bo‘ladi.”
19 “Bir boy odam bor ekan. U qimmatbaho liboslar kiyib yurar, har kuni dabdabali hayot kechirar ekan.
20 Boyning darvozasi oldida butun badaniga yara toshgan Lazar ismli bir qashshoq gadoy yotar ekan.
21 U boy dasturxonidan to‘kilgan ushoqlar bilan qorin to‘ydirishni orzu qilar ekan. Itlar kelib uning yaralarini yalab ketar ekan.
22 Bir kuni gadoy o‘lib qolibdi, farishtalar uni Ibrohimning yoniga olib ketibdilar. Keyin boy ham o‘lib, dafn qilinibdi.
23 Jahannamda azob chekayotgan boy boshini ko‘tarib, uzoqda Ibrohimni va uning yonidagi Lazarni ko‘ribdi.
24 So‘ng shunday deb faryod qilibdi: — Ey Ibrohim ota! Menga rahm qilib Lazarni yuboring. U barmog‘ining uchini suvga botirib, tilimga tomizsin. Bu alanga ichida azob chekyapman!
25 Ibrohim unga shunday javob beribdi: — Unutma, o‘g‘lim, sen hayotligingda hamma yaxshi narsalaringni olib bo‘lding, Lazar esa faqat yomonlik ko‘rdi. Endi u bu yerda tasalli topyapti, sen bo‘lsang, azob chekyapsan.
26 Bundan tashqari, sen bilan bizning oramizda tubsiz jarlik bor. Bu yerdan siz tomonga o‘tmoqchi bo‘lganlar o‘ta olmaydilar va u yerdan biz tomonga ham o‘tmaydilar.
27 Shunda boy aytibdi: — Unday bo‘lsa, ey ota, sizdan o‘tinib so‘rayman, Lazarni otamning uyiga yuboring.
28 Mening beshta ukam bor. Ular ham bu azobli joyga kelmasliklari uchun ularni ogohlantirib qo‘ysin.
29 Ibrohim javob beribdi: — Ularda Musoning va payg‘ambarlarning bitiklari bor–ku, o‘shalarga quloq solishsin.
30 Boy esa: — Yo‘q, Ibrohim ota, ular quloq solmaydilar. Ammo o‘liklardan biri ularning oldiga borsa, o‘shanda tavba qiladilar, — debdi.
31 Ibrohim shunday debdi: — Agar Muso va boshqa payg‘ambarlarning so‘zlariga quloq solmagan bo‘lsalar, o‘liklardan biri tirilib borsa ham ishonmaydilar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак