Luqo Muqaddas xushxabar 10 bob

1 Yetmish ikki shogirdning voizlik safari. 13 Xudoni rad etgan shaharlarning holi. 17 Yetmish ikki shogird safardan qaytadi. 25 Rahmdil Samariyalik to‘g‘risida matal. 38 Iso Maryam bilan Martaning uyida.

1 Shundan keyin Rabbimiz Iso yetmish ikki odamni tanlab oldi. Ularni ikkita–ikkita qilib, borishni mo‘ljallagan har bir shaharga, har bir joyga O‘zidan oldin jo‘natdi.
2 Iso ularga shunday dedi: — Hosil mo‘l, ammo ishchilar oz. Hosil Egasidan: “Hosilingni yig‘ib olishga yana ishchilar yubor”, deb so‘ranglar.
3 Boringlar! Sizni bo‘rilar orasiga qo‘zilarday yuboryapman.
4 O‘zlaringiz bilan hamyon, to‘rva, choriq olmanglar. Yo‘lda hech kim bilan salomlashmanglar.
5 Biror xonadonga kirganlaringizda, avvalo: “Xonadoningizda tinchlik–omonlik bo‘lsin”, deb aytinglar.
6 Agar o‘sha xonadonda tinchliksevar odam yashayotgan bo‘lsa, siz tilagan tinchlik o‘sha odamda qoladi. Bo‘lmasa, o‘zingizga qaytib keladi.
7 Bir xonadondan boshqa xonadonga ko‘chib yurmanglar. Kirgan xonadoningizda qolinglar. Oldingizga nima qo‘yishsa, o‘shani yeb– ichinglar. Chunki mehnatkash ish haqini olishga munosibdir.
8 Bir shaharga kirganingizda, shahar aholisi sizlarni qabul qilsa, oldingizga qo‘yganlarini yenglar.
9 O‘sha yerdagi xastalarga shifo berib, shahardagi odamlarga: “Xudoning Shohligi sizlarga yaqinlashdi”, deb aytinglar.
10 Ammo biron shaharga kirganingizda sizlarni qabul qilmasalar, o‘sha shaharning shoh ko‘chalariga chiqib shunday deb aytinglar:
11 “Noroziligimiz tariqasida shahringizdan oyoqlarimizga yopishgan changni ham qoqib ketyapmiz. Ammo bilib qo‘ying, Xudoning Shohligi yaqinlashdi!”
12 Sizlarga aytamanki, qiyomat kunida o‘sha shaharning holi Sado‘m shahrining holidan battar bo‘ladi.
13 “Sening holingga voy, ey Horazin! Sening holingga voy, ey Baytsayda! Agar sizlarda sodir bo‘lgan mo‘jizalar Tir bilan Sidon shaharlarida yaratilganda edi, ular allaqachon qanorga o‘ranib, kulga o‘tirib, tavba qilgan bo‘lardilar.
14 Qiyomat kunida sizning holingiz Tir va Sidonning holidan battar bo‘ladi.
15 Ey Kafarnahum! Xudo seni ko‘klarga ko‘taradi deb o‘ylaysanmi?! Yo‘q, U seni tubsiz chuqurlikka uloqtiradi!”
16 Iso shogirdlariga dedi: “Sizlarga quloq solgan Menga quloq solgan bo‘ladi. Sizlarni rad qilgan Meni rad qilgan bo‘ladi. Meni rad qilgan esa Meni Yuborganni rad qilgan bo‘ladi.”
17 Yetmish ikki shogird xursand bo‘lib safardan qaytib keldilar. Ular Isoga shunday dedilar: — Hazrat, biz Sizning nomingizdan buyruq berganimizda, hatto jinlar ham itoat etyaptilar.
18 Iso ularga dedi: — Men shaytonning osmondan yashinday tushganini ko‘rdim.
19 Men sizlarga ilonu chayonlarni bosib ezish hokimiyatini va shaytonning butun kuch–qudratini oyoq osti qilish hokimiyatini berganman. Hech narsa sizlarga zarar yetkazmaydi.
20 Biroq jinlar sizga bo‘ysunayotganidan xursand bo‘lmanglar, balki nomlaringiz osmonda yozilganidan xursand bo‘linglar!
21 Shu on Iso Muqaddas Ruhning shodligiga to‘lib, dedi: “Ey Ota, yeru osmonning Egasi! Sen bu ishlarni donolaru idroklilardan yashirib, go‘daklarga ma’lum etganing uchun Senga shukrlar aytaman. Ha Ota, bu Sening ezgu xohishing edi.”
22 So‘ng Iso odamlarga dedi: “Otam hamma narsani Mening ixtiyorimga topshirgan. O‘g‘ilning kimligini Otadan boshqa hech kim bilmaydi. Otaning kimligini ham O‘g‘ildan boshqa va O‘g‘il ayon qilishni istagan odamdan boshqa hech kim bilmaydi.”
23 Iso shogirdlariga o‘girilib qaradi–da, ularga alohida dedi: “Sizlar ko‘rayotganlarni ko‘radigan ko‘zlar baxtlidir!
24 Sizlarga shuni aytay: qancha payg‘ambarlar, qancha shohlar sizlar ko‘rgan voqealarni ko‘rishni istaganlar, ammo ko‘rmaganlar. Sizlar eshitganlarni eshitishni istaganlar, ammo eshitmaganlar.”
25 Shunda Isoni sinash maqsadida kelgan Tavrot tafsirchilaridan biri turib, Unga savol berdi: — Ustoz, abadiy hayotga ega bo‘lishim uchun men nima qilishim kerak?
26 Iso: — Qonunda bu to‘g‘rida nima yozilgan? Siz nima deb tushunasiz? — deb so‘radi.
27 U kishi shunday javob berdi: — “Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun ongingiz bilan, kuchingiz boricha seving”, yana: “O‘zgani o‘zingizni sevganday seving”, deb yozilgan.
28 Iso unga: — To‘g‘ri javob berdingiz. Siz ham shunday qiling, ana shunda yashaysiz! — dedi.
29 Ammo u odam o‘zini oqlamoqchi bo‘lib, Isodan: — Mening yaqinim kim? — deb so‘radi.
30 Iso shunday javob berdi: — Bir odam Quddusdan Yerixoga borayotgan ekan, qaroqchilar qo‘liga tushib qolibdi. Qaroqchilar uning kiyimlarini yechib olib, kaltaklab, chalajon qilib tashlab ketibdilar.
31 Tasodifni qarangki, o‘sha yo‘ldan bir ruhoniy ketayotgan ekan. U haligi odamni ko‘ribdi–yu, yo‘lning narigi chetidan o‘tib ketaveribdi.
32 O‘sha joydan o‘tib ketayotgan levi ham xuddi shunday qilibdi. U yarador odamni ko‘rib, yo‘lning narigi chetidan o‘tib ketaveribdi.
33 Ammo o‘sha yerdan o‘tib ketayotgan bir Samariyalik yarador odamni ko‘rib, unga achinib ketibdi.
34 Uning yoniga kelib, yaralariga moy, sharob surib, bog‘lab qo‘yibdi. So‘ng uni o‘z uloviga mindiribdi–da, mehmonxonaga olib kelib, uni parvarish qilibdi.
35 Ertasi kuni ikki dinor chiqaribdi–da, mehmonxona egasiga berib: “Unga yaxshi qarang, agar bundan ortiq xarajat qilsangiz, qaytishimda sizga to‘layman”, debdi.
36 Sizningcha, o‘sha uch odamdan qaysi biri qaroqchilar qo‘liga tushgan odamning yaqini hisoblanadi?
37 Tafsirchi: — Unga shafqat ko‘rsatgan odam–da, — deb javob berdi. — Boring, siz ham shunday qiling! — dedi unga Iso.
38 Iso va Uning shogirdlari yo‘lda davom etdilar. Ular bir qishloqqa kirdilar. Bu yerda Marta ismli ayol Isoni uyiga taklif qildi.
39 Uning Maryam ismli bir singlisi bor edi. Maryam Rabbimiz Isoning oyoqlari oldida o‘tirib, Uning so‘zlarini tinglar edi.
40 Marta esa mehmon kutish bilan ovora edi. U Isoning oldiga kelib dedi: — Hazrat! E’tibor bermayapsizmi, singlim hamma ishni bir o‘zimga tashlab qo‘ydi–ku! Unga ayting, menga yordam bersin.
41 Rabbimiz Iso unga shunday javob berdi: — Eh, Marta, Marta, buncha urinib tashvishlanmasang!
42 Zarur bo‘lgan bittagina narsa bor. Maryam o‘zi uchun eng yaxshisini tanladi va bu undan tortib olinmaydi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18