Luqo Muqaddas xushxabar 4 bob

1 Isoni iblis vasvasaga soladi. 14 Iso O‘z yurtida rad qilinadi. 31 Jinga chalingan odam shifo topadi. 38 Iso ko‘p odamlarni sog‘aytiradi. 42 Iso sinagogada va’z qiladi.

1 Iso Iordan daryosidan Muqaddas Ruhga to‘lib qaytdi. Ruh Uni sahroga boshlab ketdi.
2 Sahroda Isoni iblis qirq kun vasvasaga soldi. O‘sha kunlar davomida Iso hech narsa yemadi, oxiri och qoldi.
3 Shunda iblis Isoga dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, bu toshga buyur, nonga aylansin!
4 Iso unga shunday javob berdi: — Yozilganki: “Inson faqat non bilan yashamaydi.”
5 So‘ng Isoni iblis tepalikka olib chiqib, bir lahzada Unga olamning barcha shohliklarini ko‘rsatdi.
6 U Isoga dedi: — Seni ana shu shohliklar ustidan hukmron qilaman, ularning shon–shuhratini Senga beraman. Bularning hammasi menga berilgan, men esa istaganimga beraman.
7 Menga sajda qil, shunda hammasi Seniki bo‘ladi.
8 Iso javob berib dedi: — Yozilganki: “Egang Xudoga sajda qil, faqat Unga xizmat qil.”
9 Keyin iblis Isoni Quddusga olib bordi. Uni Ma’badning eng yuqori joyiga chiqarib, shunday dedi: — Agar Sen Xudoning O‘g‘li bo‘lsang, O‘zingni bu yerdan pastga tashla.
10 Axir, yozilgan–ku: “U sen to‘g‘ringda farishtalariga amr beradi, Farishtalar seni qo‘riqlaydi.
11 Oyog‘ing toshga qoqilib ketmasin, deya Farishtalar qo‘llarida seni ko‘tarib boradi.”
12 Iso iblisga javoban dedi: — Yana yozilganki: “Egang Xudoni sinama.”
13 Iblis har tomonlama Isoni vasvasaga solib bo‘lgandan keyin vaqtincha Uning yonidan ketdi.
14 Iso Ruh qudratiga to‘lib, Jalilaga qaytdi. U haqidagi ovoza butun atrofga tarqaldi.
15 U yahudiylar sinagogalarida ta’lim berardi, hamma Uni maqtardi.
16 So‘ng Iso O‘zi ulg‘ayib o‘sgan shahri Nosiraga bordi. O‘z odati bo‘yicha Shabbat kunida sinagogaga kirib, Muqaddas Bitiklarni o‘qish uchun o‘rnidan turdi.
17 Unga Ishayo payg‘ambarning o‘ramini uzatdilar. U o‘ramni ochib, quyidagi parchani topib o‘qidi:
18 “Egamizning Ruhi meni qamradi. Yo‘qsillarga Xushxabar yetkazmoq uchun, Egam meni tanladi. Zindondagilarga qutulasiz, deb aytmoq uchun, Ko‘rlarga, ko‘zingiz ochiladi, deb xabar bermoq uchun, Asirlarni ozod qilmoq uchun,
19 Egamning marhamat yilini ma’lum etmoq uchun, Egam Meni yubordi.”
20 Keyin Iso o‘ramni qayta o‘radi–da, xizmatchiga berib, joyiga o‘tirdi. Sinagogadagi barchaning ko‘zi Unga tikildi.
21 Iso ularga dedi: — Sizlar eshitgan bu kalom shu bugun bajo bo‘ldi.
22 Hamma Isoni maqtar edi. Uning latif so‘zlariga mahliyo bo‘lib: “Nahot bu Yusufning o‘g‘li bo‘lsa?!” — deb aytishardi.
23 Iso ularga dedi: — Bilib turibman, sizlar: “Ey tabib, o‘zingni o‘zing davolab ko‘r–chi!” degan iborani yuzimga solmoqchisizlar. “Kafarnahumda qilgan mo‘jizalar haqida xabar topdik. O‘shalarni O‘z shahringda ham qil”, deb aytmoqchisizlar.
24 So‘ng Iso gapida davom etib, dedi: — Sizlarga chinini aytayin, hech qanday payg‘ambar o‘z yurtida qabul qilinmaydi.
25 Sizlarga yana bir haqiqatni aytaman: Ilyos payg‘ambar davrida Isroilda ko‘p bevalar bor edi. Osmondan uch yilu olti oy davomida bir tomchi ham yomg‘ir yog‘madi, butun yurtda dahshatli ocharchilik bo‘ldi.
26 Ammo Xudo Ilyosni ularning birontasiga yubormay, faqatgina Sidon shahri yaqinidagi Zorafatda yashovchi bir bevaga yuborgan edi.
27 Xuddi shu singari Elisha payg‘ambar davrida ham Isroilda teri kasalligiga chalingan ko‘p odamlar bor edi. Ammo birontasi ham shifo topmadi, faqat Suriyalik No‘mon shifo topdi, xolos.
28 Sinagogadagi odamlar bularni eshitgach, hammalari g‘azablanishdi.
29 O‘rinlaridan sakrab turib, Isoni shahardan tashqariga haydab chiqarishdi. Nosira shahri tepalik ustida joylashgan edi. Odamlar Isoni o‘sha tepalikning chetiga olib borib, jarlikka tashlamoqchi bo‘lishdi.
30 Lekin Iso ularning orasidan o‘tib, o‘z yo‘liga ketdi.
31 Iso Jaliladagi Kafarnahum shahriga bordi. Shabbat kunlarida xalqqa ta’lim beradigan bo‘ldi.
32 Xaloyiq Isoning ta’limotini eshitib, hayratda qoldi, chunki U hokimiyat bilan gapirardi.
33 Shahardagi sinagogada jinga chalingan bir odam bor edi. U ovozi boricha baqirib dedi:
34 — Ey Nosiralik Iso! Bizni tinch qo‘y! Sen bizni halok qilgani keldingmi?! Sening kimligingni bilamiz: Sen Xudoning Azizisan!
35 Biroq Iso jinga do‘q urib: — Jim bo‘l! Undan chiqib ket! — dedi. Shunda jin hammaning ko‘zi oldida haligi odamni yerga ag‘natib, uning ichidan chiqib ketdi. Odam hech qanday zarar ko‘rmadi.
36 Hamma hayratda qoldi. — Nima bo‘lyapti o‘zi?! U qudratu hokimiyat bilan buyruq berganda yovuz ruhlar chiqib ketyapti! — deb bir–birlariga gapirardilar.
37 Iso haqidagi ovoza butun tevarak–atrofga tarqaldi.
38 Iso sinagogadan chiqib, Shimo‘nning uyiga kirdi. Shimo‘nning qaynanasi qattiq isitmalab yotgan ekan. Isodan, kasalni ko‘rib qo‘ying, deb iltimos qilishdi.
39 Iso ayolning yoniga kelib, isitmaga: “Ayolni tark et!” — deb buyruq berdi. Isitma ayolni tark etdi. Ayol o‘sha zahoti o‘rnidan turib, ularga xizmat qila boshladi.
40 Quyosh botayotgan paytda, odamlar turli xastalikdan azob chekayotgan qarindosh– urug‘larini Isoning oldiga olib keldilar. Iso hamma xastalarga qo‘lini qo‘yib, shifo berdi.
41 Jinlar esa: “Sen Xudoning O‘g‘lisan!” — deb baqirganlaricha, ko‘plab odamlarni tark etardilar. Iso jinlarga do‘q urib, ularning gapirishlariga ijozat bermasdi, chunki jinlar Isoning Masih ekanini bilishardi.
42 Tong otgach, Iso shaharni tark etib, kimsasiz bir joyga ketdi. Bir to‘da olomon Uni izlab ortidan bordi. Ular Isoni topganlaridan so‘ng: “Yonimizdan ketmang”, deb Uni olib qolishga harakat qildilar.
43 Iso esa odamlarga shunday dedi: — Men Xudo Shohligi to‘g‘risidagi Xushxabarni boshqa shaharlarda ham e’lon qilishim kerak, Men shu maqsadda yuborilganman.
44 Shunday qilib, Iso yurtdagi sinagogalarda voizlik qilishni davom ettirdi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак