Luqo Muqaddas xushxabar 17 bob

1 Gunoh haqida. 5 Imon haqida. 7 Xizmat burchi haqida. 11 Iso o‘n kishiga shifo beradi. 20 Xudo Shohligining kelishi haqida.

1 Iso O‘z shogirdlariga yana dedi: “Gunohga yetaklaydigan vasvasalar doimo keladi. Ammo vasvasaga sababchi bo‘lgan odamning holiga voy!
2 Bu kichiklarning birontasini gunohga boshlaganingizdan ko‘ra, bo‘yningizga tegirmon toshini osib, sizni dengizga tashlashgani o‘zingiz uchun yaxshiroqdir.
3 Ehtiyot bo‘linglar! Agar birodaringiz gunoh qilsa, unga tanbeh bering. Agar tavba qilsa, uni kechiring.
4 Agar o‘sha odam bir kunning o‘zida sizga qarshi yetti marta gunoh qilsa–yu, yetti marta qaytib kelib, sizga: “Tavba qildim”, — desa, uni kechirib yuboring.”
5 HavoriylarRabbimizIsoga: — Imonimizga imon qo‘shing, — dedilar.
6 Rabbimiz shunday javob berdi: — Agar zig‘irday imoningiz bo‘lib, shu tut daraxtiga: “Ildizing bilan qo‘porilib chiq va dengizga ko‘chib ildiz ot”, — desangiz, daraxt sizga bo‘ysunadi.
7 Xizmatkoringiz qo‘sh haydab yoki poda boqib daladan endigina qaytib kelganda, qay biringiz unga: “Kel darrov, dasturxonga o‘tir”, deb aytasiz?
8 Buning o‘rniga o‘sha xizmatkoringizga: “Kechki ovqatimni tayyorla, yeb–ichib bo‘lgunimcha, belingni bog‘lab, menga xizmat qil, keyin o‘zing yeb–ichasan”, deb aytmaysizmi?!
9 Xizmatkor o‘z vazifasini bajargani uchun unga tashakkurlar bildirmaysiz–ku!
10 Shu singari sizlar ham o‘zingizga buyurilgan hamma ishni bajarganingizdan so‘ng: “Biz bor–yo‘g‘i xizmatkormiz, vazifamizni bajardik, xolos”, — deb aytinglar.
11 Iso Samariya bilan Jalilani kesib o‘tib, Quddus tomon yo‘l oldi.
12 U bir qishloqqa kirayotganda, teri kasalligiga chalingan o‘n kishi Uni qarshilab oldi. Ular uzoqdan turib,
13 faryod qildilar: — Ey Iso! Ustoz! Bizga rahm qiling!
14 Iso ularni ko‘rib: — Boringlar, o‘zlaringni ruhoniylarga ko‘rsatinglar, — dedi. Ular yo‘lda ketayotganlarida, teri kasalligidan poklanib qoldilar.
15 Ulardan biri o‘zining shifo topganini ko‘rib, baland ovozda Xudoni ulug‘lab orqaga qaytdi.
16 O‘zini Isoning oyoqlari ostiga tashlab, Unga minnatdorchilik bildirdi. O‘sha odam Samariyalik edi.
17 Iso shogirdlariga dedi: — Teri kasalligidan poklangan o‘n kishi emasmidi?! Qolgan to‘qqiztasi qani?
18 Xudoni ulug‘lash uchun shu bir begona kishidan boshqa hech kim qaytib kelmadimi?
19 So‘ng Iso teri kasalligidan poklangan odamga dedi: — O‘rningdan turgin–da, boraver. Senga ishonching shifo berdi.
20 Ba’zi farziylar Isodan: “Xudoning Shohligi qachon keladi?” deb so‘radilar. Iso ularga shunday javob berdi: — Xudoning Shohligi ko‘zga ko‘rinadigan shaklda kelmaydi.
21 Hech kim: “Qara, Xudoning Shohligi bu yerda”, yoki “Ana u yerda”, — deb aytmaydi. Chunki Xudoning Shohligi sizlarning orangizdadir.
22 Keyin Iso shogirdlariga dedi: — Shunday vaqtlar keladiki, sizlar Inson O‘g‘lining kunlaridan bittasini ko‘rishni orzu qilasizlar, ammo o‘sha kunni ko‘rolmaysizlar.
23 Odamlar sizlarga: “Ana, Iso anavi yerda” yoki “Mana, Iso bu yerda”, deb aytadilar. Ammo sizlar ular aytgan yerga bormanglar, ularning ortidan ergashmanglar.
24 Chunki Inson O‘g‘li qaytib kelganda, Uni hamma ko‘radi. U osmonni bir chetidan boshqa chetigacha yoritib yuborgan chaqmoqday bo‘ladi.
25 Lekin undan avval Inson O‘g‘li ko‘p azob chekishi va bu nasl tomonidan rad qilinishi kerak.
26 Nuh payg‘ambar davrida qanday bo‘lgan bo‘lsa, Inson O‘g‘lining qaytib keladigan davrda ham xuddi shunday bo‘ladi.
27 Nuh kemaga kirgan kungacha insonlar yeb–ichdilar, uylandilar, turmushga chiqdilar. To‘fon kelganda esa ularning hammasi nobud bo‘ldi.
28 Lut zamonida ham xuddi shunday bo‘lgan edi: odamlar yeb–ichardilar, savdo–sotiq qilardilar, ekin ekardilar, uy qurardilar.
29 Lekin Lut Sado‘m shahridan chiqqan kuniyoq osmondan olov va oltingugurt yog‘ib, hammani nobud qildi.
30 Inson O‘g‘li zohir bo‘lgan kunda ham xuddi shunday bo‘ladi.
31 U kunda tomning ustida bo‘lgan kishi uydagi narsalarni olish uchun pastga tushmasin. Dalada bo‘lgan odam ham qaytib kelmasin.
32 Lutning xotiniga nima bo‘lganini yodingizda tutinglar.
33 Jonini saqlamoqchi bo‘lgan uni yo‘qotadi. Jonini yo‘qotgan esa uni asrab qoladi.
34 Sizga shuni aytay: o‘sha kecha bir to‘shakda ikki kishi yotgan bo‘lsa, biri olinadi, biri qoldiriladi.
35 Ikki ayol birga tegirmon tortayotgan bo‘lsa, biri olinadi, biri qoldiriladi.
36 Ikki kishi dalada bo‘lsa, biri olinadi, biri qoldiriladi.
37 Shogirdlar Isodan so‘radi: — Hazrat, bu voqealar qayerda yuz beradi? — Kalxatlar to‘plangan joyda murda bo‘lishini hamma biladi, — deb javob berdi Iso. — Bu voqealar qayerda yuz berishi ham sizlarga shu singari ayon bo‘ladi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак