Luqo Muqaddas xushxabar 11 bob

1 Ibodat haqida. 14 Iso va iblis. 27 Haqiqiy baxtiyorlik. 29 Odamlar Isodan alomat ko‘rsatishni talab qilishadi. 33 Yorug‘ tan haqida. 37 Iso farziylarni va Tavrot tafsirchilarini ayblaydi.

1 Bir payt Iso ibodat qilayotgan edi. Ibodatni tamom qilgach, shogirdlaridan biri Unga dedi: — Hazrat! Yahyo o‘z shogirdlariga ibodat qilishni o‘rgatgandi. Siz ham bizga ibodat qilishni o‘rgating.
2 Iso ularga dedi: — Ibodat qilayotganingizda shunday deb aytinglar: Ey Otamiz! Sening muqaddas noming ulug‘lansin. Sening Shohliging kelsin.
3 Kundalik rizqimizni bergin.
4 Gunohlarimizni kechirgin, Chunki biz ham o‘zimizga qarshi gunoh qilgan har bir odamni kechiramiz. Bizni vasvasaga duchor qilmagin.
5 Iso shogirdlariga dedi: — Faraz qilaylik, orangizdan birortangiz yarim kechasi do‘stingizning oldiga borib, shunday deb iltimos qildingiz: “Do‘stim, menga uchta non qarz berib tur.
6 Hozir uyimga bir do‘stim kelib qoldi, uning oldiga qo‘yadigan biron yeguligim yo‘q.”
7 Ichkaridagi do‘stingiz esa sizga shunday javob berdi deylik: “Meni bezovta qilma! Eshik qulf, bolalarim men bilan bir to‘shakda yotishibdi. O‘rnimdan turib senga non berolmayman!”
8 Men sizlarga aytaman: u sizga nonni do‘sti bo‘lganingiz uchun bermasa ham, siz uni holi– joniga qo‘ymay so‘rayversangiz, so‘ragan narsangizni albatta sizga beradi.
9 Sizlarga aytaman: so‘rang va sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi.
10 Chunki so‘ragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi.
11 Orangizdan qaysi bir ota, o‘g‘li baliq so‘raganda, unga baliq o‘rniga ilon beradi?
12 Yoki tuxum so‘raganda, unga chayon beradi?
13 Sizlar gunohkor bo‘la turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Ota ham Undan so‘raganlarga Muqaddas Ruhni berishga qanchalar tayyor.”
14 Bir kuni Iso soqov odamdan yovuz ruhni quvib chiqardi. Jin chiqqandan so‘ng, soqov tilga kirdi, xalq esa hayratda qoldi.
15 Ammo oralaridan ba’zilari: “U ins–jinslar hukmdori — Baalzabulning kuchi bilan jinlarni quvib chiqaryapti!” — dedilar.
16 Boshqalar esa Isoning Xudodan kelganini sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, mo‘jizali alomat ko‘rsatishini talab qildilar.
17 Iso esa ularning nima haqida o‘ylayotganini bilib turardi. U o‘sha odamlarga dedi: “O‘z ichidan bo‘linib ketgan har bir shohlik huvullab qoladi, o‘z ichidan bo‘lingan xonadon xarob bo‘ladi.
18 Shu singari, shayton shohligi ham o‘zaro bo‘linib ketsa, uning shohligi qanday tura oladi?! Sizlarning gapingizga ko‘ra, ins–jinslar hukmdori — Baalzabul ato etgan qudrat bilan Men jinlarni quvib chiqarayotgan emishman.
19 Agar Men jinlarni Baalzabul kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo‘lsam, u holda o‘z sheriklaringiz kimning kuchi bilan jinlarni quvib chiqarishyapti? Shu sababdan ham sheriklaringiz sizlarni hukm qiladi.
20 Agar Men jinlarni Xudoning qudrati bilan quvayotgan bo‘lsam, demak, Uning Shohligi sizlarga ham kelgan.
21 Boshdan–oyoq qurollangan kuchli odam uyini qo‘riqlaganda, uning mol–mulki bexatar bo‘ladi.
22 Ammo undan kuchlirog‘i hujum qilib uni yengsa, uning tayangan barcha qurollarini tortib oladi va o‘ljasini istaganiga taqsimlab beradi.
23 Kim Men bilan birga bo‘lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig‘masa, sochadi.
24 Yovuz ruh insondan chiqqandan keyin, huzur– halovat izlab, suvsiz yerlarni kezadi va topmagach: “Chiqqan uyimga qaytib boraman”, deydi.
25 Uyiga kelganda, uyni supurilgan va yig‘ishtirilgan holda ko‘radi.
26 Shunda borib, o‘zidan ham yovuzroq boshqa yettita ruhni chaqiradi va ular bilan uyga kirib, joylashib oladi. Oxir–oqibat o‘sha odamning ahvoli oldingidan ham yomonroq bo‘ladi.”
27 Iso shu gaplarni aytayotganda, olomon orasidan bir ayol baland ovozda Isoga dedi: — Sizni qornida ko‘tarib yurgan, sizni emizgan ayol baxtlidir!
28 Iso esa javoban shunday dedi: — To‘g‘ri, lekin Xudoning kalomini tinglab, unga rioya qiladiganlar baxtliroqdir!
29 Isoning oldiga katta olomon yig‘ilgandan keyin, Iso so‘z boshladi: — Hozirgi nasl qabih bir nasldir. Bu nasl alomat so‘raydi, ammo ularga Yunusning alomatidan boshqa alomat berilmaydi.
30 Yunus Naynavo aholisiga alomat bo‘lgani singari, Inson O‘g‘li ham hozirgi nasl uchun alomat bo‘ladi.
31 Janub malikasi qiyomat kunida o‘rnidan turib, bu naslning odamlarini mahkum etadi. Chunki malika Sulaymonning dono ta’limotini tinglagani dunyoning u chetidan kelgan edi. Bu yerda esa Sulaymondan ham buyukroq bir Zot turibdi!
32 Naynavo aholisi qiyomat kunida o‘rnidan turib, bu naslni mahkum etadi. Chunki Naynavoliklar Yunusning va’zidan keyin tavba qilganlar. Bu yerda esa Yunusdan ham buyukroq bir Zot turibdi!
33 “Hech kim chiroqni yoqib, uni ko‘rinmas yerga qo‘ymaydi. Aksincha, kirganlar yorug‘likni ko‘rsin, deb uni chiroqpoyaga qo‘yadi.
34 Tananing chirog‘i — ko‘z. Agar ko‘zingiz pok bo‘lsa, butun taningiz yop–yorug‘ bo‘ladi. Agarda ko‘zingiz yomon bo‘lsa, butun tanangiz zimziyo zulmat bo‘ladi.
35 Shuning uchun e’tibor bering: sizdagi nur zulmat bo‘lmasin.
36 Agar tanangiz yop–yorug‘ bo‘lib, bironta qorong‘i joyi bo‘lmasa, chiroqning nuri sizni yoritib turganday, badaningiz tamomila yop–yorug‘ bo‘ladi.”
37 Iso bularni gapirib turganda, bir farziy Uni mehmonga taklif qildi. Iso uning uyiga kirib, dasturxon yoniga yonboshladi.
38 Iso ovqatdan oldin qo‘llarini yuvmaganini farziy ko‘rib, ajablandi.
39 Rabbimiz Iso unga dedi: “Ey farziylar, sizlar piyolayu idishning sirtini tozalaysizlar–u, ammo ichingiz ochko‘zlik va yovuzlikka to‘la!
40 Hoy befahmlar! Narsaning sirtini yaratgan uning ichini ham yaratgan emasmi?!
41 Yaxshisi, idishingiz ichidagini kambag‘allarga xayr–sadaqa qilib beringlar. Shunda hamma narsa siz uchun halol bo‘ladi.
42 Ey farziylar, holingizga voy! Sizlar yalpiz, za’faron va har xil oshko‘kdan ushr berasizlar–u, ammo adolat va Xudoning sevgisini pisand qilmaysizlar! Bularning birini bajara turib, ikkinchisini ham tashlab qo‘ymasligingiz kerak edi.
43 Ey farziylar, holingizga voy! Sizlar sinagogalarning to‘rida o‘tirishni va bozorlarda sizlarga salom berishlarini yaxshi ko‘rasizlar.
44 Holingizga voy! Sizlar belgisi yo‘q qabrlarga o‘xshaysizlar. Odamlar bilmay turib o‘sha qabrlar ustidan bosib o‘tadilar.”
45 Tafsirchilardan biri Isoga dedi: — Ustoz, bu so‘zlaringiz bilan bizni haqorat qildingiz!
46 Iso esa dedi: — Ey tafsirchilar, sizlarning ham holingizga voy! Sizlar ko‘tarib bo‘lmaydigan og‘ir yukni odamlarga yuklaysizlar–u, ularga yordam bergani o‘zlaringiz hatto barmog‘ingizni ham qimirlatmaysizlar.
47 Holingizga voy! Sizlar ota– bobolaringiz o‘ldirgan payg‘ambarlarga maqbaralar quryapsizlar.
48 Shu tariqa ota– bobolaringizning qilmishlarini ma’qullaganingizni tasdiqlayapsizlar. Ular payg‘ambarlarni o‘ldirishgan bo‘lsa, sizlar payg‘ambarlarga maqbaralar quryapsizlar!
49 Shuning uchun ham Xudo O‘z hikmatlarida shunday degan: “Men ularga payg‘ambarlar va havoriylar yuboraman. Ulardan ba’zilarini o‘ldiradilar, ba’zilarini esa quvg‘in qiladilar.”
50 Dunyo yaratilgandan beri hamma payg‘ambarlarning to‘kilgan qoni uchun bu nasl jazolanadi.
51 Ular Hobilning to‘kilgan qonidan tortib, qurbongoh bilan Ma’bad orasida o‘ldirilgan Zakariyoning qonigacha javob berishadi. Ha, sizlarga aytib qo‘yay, bu nasl shu hamma qotilliklar uchun javobgar bo‘ladi.
52 Holingizga voy, ey tafsirchilar! Sizlar ilmu ma’rifat kalitini tortib oldingizlar. Ammo o‘zlaringiz kirmadingizlar, kirmoqchi bo‘lganlarning ham yo‘llarini to‘sdingizlar.”
53 Iso u yerdan chiqishi bilanoq, tafsirchilar va farziylar Uni qattiq siquvga oldilar, ko‘p savollarga javob berishga majburladilar.
54 Ular Isoni tilidan ilintirib olish uchun fursat poylardilar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак