Luqo Muqaddas xushxabar 6 bob

1 Shabbat kuni to‘g‘risida savol. 12 Iso o‘n ikki havoriyni tanlaydi. 20 Baxtli va baxtsizlar. 27 Dushmanlaringizni sevinglar. 37 Boshqalarni hukm qilmanglar. 43 Daraxt va uning mevasi. 46 Ikki xil poydevor.

1 Shabbat kunlarining birida Iso bug‘doyzordan o‘tib ketayotgan edi. Uning shogirdlari boshoqlardan uzib olib, kaftlarida uqalab, donlarini yeyayotgan edilar.
2 Ba’zi farziylar esa ularga dedi: — Nega sizlar Shabbat kuni qonunga xilof ish qilyapsizlar?
3 Iso ularga shunday javob berdi: — Dovud hamrohlari bilan och qolganda nimalar qilganini nahotki sizlar hech o‘qimagan bo‘lsangiz?!
4 U Xudoning uyiga kirib, muqaddas nonlarni yegan. Hatto hamrohlariga ham bergan. Qonunga muvofiq esa bunday nonlarni faqat ruhoniylar yeyishga haqli edilar–ku!
5 Iso yana dedi: — Inson O‘g‘li Shabbat kunining ham Hokimidir.
6 Boshqa Shabbat kuni Iso sinagogaga kirib ta’lim berdi. U yerda o‘ng qo‘li qurib qolgan bir odam bor edi.
7 Tavrot tafsirchilari bilan farziylar Isoni ayblash uchun biron sabab topish maqsadida: “Iso Shabbat kuni ham bu odamga shifo berarmikan”, deb Uni kuzatib turardilar.
8 Iso ularning bu niyatini bila turib, qo‘li shol odamga: — O‘rningdan turib oldinga chiq! — deb buyurdi. U oldinga chiqdi.
9 Iso yig‘ilganlarga dedi: — Sizlarga bir savolim bor. Qonunga muvofiq Shabbat kuni yaxshilik qilish kerakmi yoki yomonlikmi? Jonni xalos qilish kerakmi yoki nobud qilishmi?
10 Iso ularning hammasiga nazar tashlab chiqdi– da, u odamga: — Qo‘lingni uzat! — dedi. U odam qo‘lini uzatishi bilanoq qo‘li soppa– sog‘ bo‘lib qoldi.
11 Tafsirchilar bilan farziylar g‘azabdan jazavasi tutib, Isoni nima qilsak ekan, deb muhokama qila boshladilar.
12 O‘sha kunlarning birida Iso ibodat qilgani toqqa chiqdi. U tun bo‘yi Xudoga ibodat qildi.
13 Tong otgach, shogirdlarini yoniga chaqirdi va oralaridan quyidagi o‘n ikkitasini tanlab olib, ularga havoriylar deb nom berdi:
14 Shimo‘n (Iso unga Butrus deb ism berdi), uning ukasi Idris, Yoqub, Yuhanno, Filip, Bartolomey,
15 Matto, To‘ma, Alfey o‘g‘li Yoqub, vatanparvar deb nom olgan Shimo‘n,
16 Yoqub o‘g‘li Yahudo va keyinchalik xiyonat qilgan Yahudo Ishqariyot.
17 Shundan so‘ng Iso ular bilan birga pastga tushib, tekis joyda to‘xtadi. Bu yerda Uning ko‘plab shogirdlari, shuningdek, butun Yahudiyadan, Quddusdan, Tir va Sidon sohillaridan kelgan bir talay olomon bor edi.
18 Ular Isoni tinglagani va xastaliklaridan forig‘ bo‘lgani kelgan edilar. Yovuz ruhlardan azob chekayotgan odamlar ham shifo topdilar.
19 Hamma odamlar qo‘llarini Isoga tekkizishga urinardi, chunki Undan bir kuch chiqib, hammaga shifo berardi.
20 Iso shogirdlariga qarab, dedi: “Ey kambag‘allar, sizlar baxtlisiz! Xudoning Shohligi sizlarnikidir.
21 Ey hozir och bo‘lganlar, baxtlisiz! Sizlar to‘q bo‘lasizlar. Ey yig‘layotganlar, baxtlisiz! Sizlar quvonib kulasizlar.
22 Inson O‘g‘liga yon bosganingiz uchun Odamlar sizdan nafratlanganlarida, Jamiyatdan quvib, haqoratlaganlarida, Ismingizni qoralaganlarida, Sizlar baribir baxtlisizlar!
23 Shunday kunlar kelganda quvoning, shodlikdan sakrang. Sizlarni osmonda buyuk mukofot kutmoqda. Axir, sizlarga ozor yetkazayotgan odamlarning ota–bobolari ham payg‘ambarlarga shunday qilganlar.
24 Ey boylar, holingizga voy! Sizlar rohatingizni ko‘rib bo‘ldingizlar.
25 Ey qorni to‘qlar, holingizga voy! Sizlar och qolasizlar. Ey kulayotganlar, holingizga voy! Sizlar aza tutib, faryod qilasizlar.
26 Barcha odamlar sizni maqtaganda holingizga voy. Axir, ularning ota–bobolari Soxta payg‘ambarlarni ham xuddi shunday maqtaganlar.”
27 “Ey meni tinglayotganlar, sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni sevinglar, sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar.
28 Sizlarga la’nat aytganlarni duo qilinglar. Sizga ozor berganlar uchun ibodat qilinglar.
29 Bir chakkangizga ursalar, ikkinchisini ham tuting. Agar kimdir to‘ningizni tortib olsa, ko‘ylagingizni ham yechib bering.
30 Sizdan so‘raganlarning hammasiga bering. Agar kimdir narsangizni tortib olsa, “Qaytarib ber”, deb talab qilmang.
31 Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangizlar, siz ham ularga o‘shani qilinglar.
32 Agar sizni sevganlarnigina yaxshi ko‘rsangiz, qanday savob qilgan bo‘lasizlar?! Hatto gunohkorlar ham o‘zlarini sevganlarni yaxshi ko‘radilar.
33 Agar o‘zingizga yaxshilik qilganlargagina yaxshilik qilsangiz, qanday savob qilgan bo‘lasiz?! Hatto gunohkorlar ham xuddi shunday qiladilar.
34 Agar siz qaytarib olishga umid qilib qarz bersangiz, qanday savob qilgan bo‘lasiz?! Hatto gunohkorlar ham qancha qarzlari bo‘lsa, hammasini qaytarib olish maqsadida gunohkorlarga qarz beradilar.
35 Lekin siz dushmanlaringizni seving, ularga yaxshilik qiling, qaytarib berishini o‘ylamay, qarz bering. Shunda buyuk mukofot olib, Xudoyi Taoloning farzandlari bo‘lasizlar. Axir, Uning O‘zi ham noshukurlarga va fosiqlarga mehribon–ku!
36 Otangiz rahmdil bo‘lgani kabi, sizlar ham rahmdil bo‘linglar.”
37 “Boshqalarni hukm qilmang, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi. Boshqalarni ayblamang, shunda Xudo ham sizni ayblamaydi. Boshqalarni kechiring, shunda Xudo sizni kechiradi.
38 Boshqalarga bering, Xudo ham sizlarga beradi, mo‘l–ko‘l qilib beradi, bosib, silkitib to‘ldirilgan, toshib–to‘kilgan o‘lchov bilan qo‘yningizni to‘ldiradi. Sizlar qanday o‘lchov bilan o‘lchasangizlar, Xudo ham sizlarga xuddi shunday o‘lchov bilan o‘lchab beradi.”
39 Iso ularga quyidagi matalni ham aytib berdi: “Ko‘r odam ko‘rni yetaklab yura oladimi?! Ikkalasi ham chuqurga qulab tushadi–ku!
40 Shogird ustozidan ustun bo‘lmas. Ammo mukammal bilim egallagan shogird ustoziday bo‘lar.
41 Nima uchun sen birodaringning ko‘zidagi zirapchani ko‘rasan–u, o‘z ko‘zingdagi xodani sezmaysan?
42 Ko‘zingdagi xodani ko‘rmay turib qanday qilib birodaringga: “Kel, ko‘zingdagi zirapchani olib tashlay”, deb aytasan? Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin ko‘zingdagi xodani chiqarib ol, shunda ko‘zing tiniq ko‘radi va birodaringning ko‘zidan zirapchani chiqara olasan.”
43 “Yaxshi daraxt yomon meva bermas, yomon daraxt esa yaxshi meva bermas.
44 Har bir daraxtning qandayligi o‘z mevasidan bilinadi. Tikanzordan anjir terilmaydi, butazordan uzum uzilmaydi.
45 Yaxshi odam yuragining ezgulik xazinasidan yaxshilik chiqaradi, yomon odam yuragining yomonlik xazinasidan yomonlik chiqaradi. Odamning dili nimaga to‘lib–toshsa, o‘sha tiliga chiqadi.”
46 “Nega sizlar Meni “Yo Rabbiy, yo Rabbiy!” deb chaqirasiz–u, ammo aytganlarimni qilmaysizlar?
47 Mening oldimga kelgan va so‘zlarimni eshitib, ularga rioya qilgan odam kimga o‘xshashini bilasizlarmi?
48 Uy qurayotganda, chuqur handaq qazib, tosh ustiga poydevor o‘rnatgan kishiga o‘xshaydi u. Sel toshib, o‘sha uyni suv bosadi, lekin uyni qo‘zg‘ata olmaydi. Chunki uy mahkam o‘rnatilgan.
49 Ammo Mening so‘zlarimni tinglab, ularga rioya qilmaydigan odam uyni tuproq ustiga, poydevorsiz qurgan kishiga o‘xshaydi. Uyni suv bosganda, uy o‘sha zahoti qulab tushadi. Uy butunlay vayron bo‘ladi.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак