Matto Muqaddas xushxabar 25 bob

1 Kelinning o‘nta dugonasi haqida masal. 14 Uchta xizmatkor haqida masal. 31 Qiyomat–qoyim so‘rog‘i.

1 “Oxirzamon yaqinlashganda Osmon Shohligini quyidagiga o‘xshatsa bo‘ladi: kelinning o‘nta dugonasi moychiroqlarini olib, kuyovni qarshilagani chiqishibdi.
2 Ulardan beshtasi nodon, beshtasi dono ekan.
3 Nodonlari moychiroqlarni olishibdi–yu ammo chiroq uchun moy olishmabdi.
4 Donolari esa moychiroqlari bilan birga idishlarda moy ham olibdilar.
5 Kuyov kechikibdi, shu sababdan hammalari mudrab, uxlab qolibdilar.
6 Yarim kechasi: “Ana, kuyov kelyapti! Uni kutib olgani chiqinglar!” — degan bir ovoz yangrabdi.
7 Shunda qizlarning hammasi o‘rnidan turib, moychiroqlarini tayyorlay boshlabdilar.
8 Nodonlari donolariga aytibdilar: — Bizga ham moyingizdan ozgina beringlar, chiroqlarimiz o‘chyapti!
9 Donolari esa shunday javob beribdilar: — Yo‘q! Bizga ham, sizlarga ham moy yetmay qoladi. Yaxshisi, sotuvchilarga borib, o‘zlaringizga moy sotib olinglar.
10 Ular moy sotib olgani ketishganda, kuyov kelib qolibdi. Tayyor turgan qizlar kuyov bilan birga to‘yxonaga kirib ketishibdi. Orqalaridan eshik yopilibdi.
11 Keyin qolgan qizlar kelib: — Hazrat! Hazrat! Bizga eshikni oching! — deyishibdi.
12 Lekin U: — Sizlarni umuman tanimayman, — deb javob beribdi.
13 Xullas, hushyor bo‘linglar, chunki qaysi kuni, qaysi soatda kelishimni bilmaysizlar.”
14 “Yana Osmon Shohligini safarga jo‘nab ketayotgan odamga o‘xshatsa bo‘ladi. U ketishidan oldin xizmatkorlarini chaqirib, o‘z mol–mulkini ularga topshiribdi.
15 U har biriga qobiliyatiga yarasha: biriga besh ming tilla, ikkinchisiga ikki ming tilla, uchinchisiga esa ming tilla berib, jo‘nab ketibdi.
16 Besh ming tilla olgan xizmatkor vaqtni boy bermay, pulni ishga solibdi va yana besh ming tilla daromad olibdi.
17 Ikki ming tilla olgan xizmatkor ham xuddi shunday yo‘l tutib, ikki ming tilla orttiribdi.
18 Ming tilla olgan xizmatkor esa borib, chuqur qazibdi–da, xo‘jayin bergan pulini ko‘mib qo‘yibdi.
19 Oradan ancha vaqt o‘tibdi. Xo‘jayin qaytib kelib, xizmatkorlaridan hisobot so‘rabdi.
20 Besh ming tilla olgan xizmatkori orttirgan besh ming tillani ham olib kelib, shunday debdi: — Xo‘jayin! Menga besh ming tilla bergan edingiz. Mana, qarang, men bulardan tashqari yana besh ming tilla ishladim.
21 Xo‘jayini unga: — Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! — debdi. — Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun, senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik bo‘l.
22 Ikki ming tilla olgan xizmatkor ham kelib: — Xo‘jayin! Menga ikki ming tilla bergandingiz. Mana, qarang, men bulardan tashqari yana ikki ming tilla ishladim, — debdi.
23 Xo‘jayini unga: — Barakalla! Sen yaxshi va ishonchli xizmatkorsan! — debdi. — Kichik ishda ishonchimni oqlaganing uchun, senga katta ishlarni ishonib topshiraman. Kel, mening xursandchiligimga sherik bo‘l.
24 Ming tilla olgan xizmatkor ham kelib shunday debdi: — Xo‘jayin! Men sizning qattiqqo‘l odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan yerdan o‘rasiz, o‘zingiz yetishtirmagan hosilni yig‘ib olasiz.
25 Shuning uchun men qo‘rqqanimdan borib, bergan tillangizni yerga ko‘mib qo‘ydim. Mana tillangiz!
26 Xo‘jayin unga shunday javob beribdi: — Ey yomon, yalqov xizmatkor! Men ekmagan yerdan o‘rishimni, o‘zim yetishtirmagan hosilni yig‘ib olishimni bilar ekansan,
27 pulimni muomalaga kiritsang bo‘lmasmidi?! Men qaytib kelib, pulimni foydasi bilan qaytarib olgan bo‘lar edim.
28 So‘ng xo‘jayin debdi: — Qani, undagi ming tillani olib, o‘n ming tillasi borga beringlar!
29 Chunki kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi va u mo‘l-ko‘lchilikda yashaydi. Kimda yo‘q bo‘lsa, hatto bori ham tortib olinadi.
30 Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorong‘ilikka uloqtirib yuboringlar. U yerda bu yaramas qattiq pushaymon bo‘lib, fig‘on chekadi.”
31 “Inson O‘g‘li O‘zining ulug‘vorligida, jamiki farishtalari bilan birga kelganda O‘zining shohona taxtiga o‘tiradi.
32 Barcha xalqlar Uning huzuriga to‘planadilar. Cho‘pon qo‘ylarni echkilardan ajratganday, U xalqlarni bir–biridan ajratadi.
33 U qo‘ylarni o‘ng tomoniga, echkilarni chap tomoniga qo‘yadi.
34 Shundan keyin Shoh o‘ng tomonidagilarga aytadi: — Ey Otamning barakasini olganlar, kelinglar! Shohlikni meros qilib olinglar! Bu shohlik olam yaratilgandayoq sizlar uchun tayyorlab qo‘yilgan.
35 Axir, Men och edim, Menga ovqat berdingizlar. Chanqagan edim, Menga ichimlik berdingizlar. Musofir edim, uyingizdan boshpana berdingizlar.
36 Yalang‘och edim, Meni kiyintirdingizlar. Kasal edim, Menga g‘amxo‘rlik qildingizlar. Zindonda edim, Meni kelib ko‘rdingizlar.
37 Bunga javoban solihlar Unga shunday deydilar: — Yo Rabbiy! Qachon sizni och holda ko‘rib, ovqat beribmiz?! Qachon chanqaganingizni ko‘rib, biron narsa ichiribmiz?
38 Musofir ekaningizni qachon ko‘rib, uyimizdan boshpana beribmiz? Yalang‘och ekaningizni qachon ko‘rib, kiyintiribmiz?
39 Kasal yoki zindonda bo‘lganingizda qachon Sizni yo‘qlab boribmiz?
40 Shoh ularga shunday javob beradi: — Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimga qilgan har qanday yaxshiligingizni Menga qilgan bo‘lasiz.
41 So‘ng U chap tomondagilarga ham aytadi: — Ey la’natilar, ko‘zimdan yo‘qolinglar! Iblis va uning farishtalariga tayyorlab qo‘yilgan abadiy olovga mubtalo bo‘ling!
42 Axir, Men och edim, ovqat bermadingizlar. Chanqagandim, ichgani hech narsa bermadingizlar.
43 Musofir edim, uyingizdan boshpana bermadingizlar. Yalang‘och edim, Meni kiyintirmadingiz. Kasal bo‘ldim, zindonga tushdim, Meni kelib ko‘rmadingizlar.
44 Shunda ular aytadilar: — Yo Rabbiy! Qachon Sizni och, chanqagan, musofir, yalang‘och, kasal holda yoki zindonda ekaningizni ko‘ribmiz? Agar ko‘rganimizda edi, nahotki Sizdan xizmatimizni ayagan bo‘lardik?!
45 U esa shunday javob beradi: — Sizlarga chinini aytayin: sizlar eng kichik birodarimdan ayagan yaxshiligingizni Mendan ayagan bo‘lasiz.
46 Bular abadiy jazoga, solihlar esa abadiy hayotga muyassar bo‘ladilar.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18