Matto Muqaddas xushxabar 7 bob

1 Boshqalarni hukm qilmanglar. 7 Xudodan so‘ranglar. 13 Najot eshigi tor. 15 Daraxt va uning mevasi. 24 Dono va ahmoq binokor.

1 “Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi.
2 Sizlar boshqalarni qanday hukm qilsangizlar, Xudo ham sizlarni xuddi shunday hukm qiladi. Sizlar boshqalarni hukm qilganda qanday o‘lchovdan foydalansangizlar, Xudo ham sizni hukm qilganda xuddi o‘shanday o‘lchovdan foydalanadi.
3 Nega sen birodaringning ko‘zidagi zirapchani ko‘rasan– u, o‘z ko‘zingdagi xodani sezmaysan?
4 O‘z ko‘zingda xoda bo‘la turib, qanday qilib birodaringga: “Kel, ko‘zingdagi zirapchani olib tashlaylik”, — deb aytasan?
5 Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin ko‘zingdagi xodani chiqarib ol, shunda ko‘zing tiniq ko‘radi va birodaringning ko‘zidan zirapchani chiqara olasan.
6 Muqaddas bo‘lgan narsani itlarga bermang, marvaridlaringizni cho‘chqalar oldiga tashlamang. Aks holda, ular muqaddas narsalaringizni oyoq osti qilib, o‘zingizni ham tilka–pora qiladilar!”
7 “So‘rang, sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi.
8 Chunki so‘ragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi.
9 Orangizdan qaysi bir ota o‘g‘li non so‘raganda, unga tosh beradi?
10 Yoki baliq so‘raganda, unga ilon beradi?
11 Sizlar gunohkor bo‘la turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Otangiz ham Undan so‘raganlarga a’lo ne’matlar berishga qanchalar tayyor!
12 Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga o‘shani qilinglar. Tavrot va payg‘ambarlar ta’limotining mag‘zi shundadir.”
13 “Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga olib boradigan darvoza enli, yo‘li ham kengdir. Bu yo‘ldan yurayotganlar ko‘p.
14 Hayotga olib boradigan eshik esa juda tor, yo‘li ensizdir. Bu yo‘lni topadiganlar oz.”
15 “Soxta payg‘ambarlardan ehtiyot bo‘linglar! Ular sizning oldingizga qo‘y po‘stinida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich bo‘rilardir.
16 Ularning kimligini qilgan ishlaridan bilib olasiz. Axir, tikanzordan uzumni, yantoqdan anjirni terib bo‘lmaydi–ku!
17 Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi.
18 Yaxshi daraxt yomon meva berolmaydi, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmaydi.
19 Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi.
20 Shunday qilib, soxta payg‘ambarlarni mevalaridan bilib olasizlar.
21 Meni “Yo Rabbiy, yo Rabbiy!” deb chaqirgan har kim Osmon Shohligiga kiravermaydi. U yerga faqat osmondagi Otamning irodasini bajargan odamlargina kiradi.
22 Qiyomat kunida ko‘plar Menga shunday deydilar: “Yo Rabbiy, yo Rabbiy, biz Sening noming bilan va’z qilgan edik! Sening noming bilan jinlarni quvib chiqargandik! Sening noming bilan ko‘p mo‘jizalar qilgan edik–ku!”
23 Men esa ularga deyman: Men sizlarni aslo tanimayman! Yo‘qolinglar, ey badkirdorlar!”
24 “Kim Mening bu so‘zlarimni eshitib, ularga amal qilsa, uyini tosh ustiga qurgan dono odamga o‘xshaydi.
25 Yomg‘ir yog‘ib, sellar toshib, shamollar esib, o‘sha uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga o‘rnatilgani uchun uy qulamabdi.
26 Biroq kim Mening bu so‘zlarimni eshitib, ularga amal qilmasa, o‘z uyini qum ustiga qurgan ahmoq odamga o‘xshaydi.
27 Yomg‘ir yog‘ib, sellar toshib, shamollar esib, o‘sha uyni bosib qolibdi. Uy qulab, butunlay vayron bo‘libdi!”
28 Iso bu gaplarini aytib bo‘lgandan keyin, olomon Uning ta’limotidan hayratga tushdi.
29 Chunki Iso Tavrot tafsirchilariday emas, balki hokimiyat egasiday ta’lim berar edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18