Matto Muqaddas xushxabar 5 bob

1 Haqiqiy baxtiyorlik. 13 Tuz va nur haqida. 17 Musoning qonuni haqida. 21 G‘azab va jazo haqida. 27 Zino va ajralish haqida. 33 Qasam haqida. 38 Yomonlikni yaxshilik bilan yengish haqida. 43 Dushmanlaringizni sevinglar.

1 Iso katta bir olomonni ko‘rib, toqqa chiqib o‘tirdi. Shogirdlari Uning oldiga kelishdi.
2 Iso shogirdlariga ta’lim berib, gap boshladi:
3 “Ruhan kambag‘al bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
4 Yig‘layotganlar baxtlidir, Chunki ular tasalli topadilar.
5 Kamtarin bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular yer yuziga ega bo‘ladilar.
6 Adolatga tashna bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Xudo ularni qondiradi.
7 Rahmdil bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular rahm–shafqat topadilar.
8 Pokdil bo‘lganlar baxtlidir, Chunki ular Xudoni ko‘radilar.
9 Tinchlik o‘rnatuvchilar baxtlidir, Chunki ular Xudoning farzandlari deb ataladilar.
10 Xudoning yo‘lidan yurgani uchun Quvg‘in bo‘lganlar baxtlidir, Chunki Osmon Shohligi ularnikidir.
11 Odamlar Men tufayli sizlarni haqoratlab quvg‘in qilganlarida, sizlar haqingizda yolg‘on gapirib tuhmat qilganlarida, baxtlisizlar!
12 Sevininglar, xursand bo‘linglar. Sizlarni osmonda buyuk mukofot kutmoqda. Axir sizdan avval o‘tgan payg‘ambarlar ham xuddi shunday quvg‘in bo‘lganlar.
13 Sizlar yerning tuzisizlar. Lekin tuz o‘z ta’mini yo‘qotsa, uni yana qanday sho‘r qilib bo‘ladi? Bunday tuz boshqa hech narsaga yaramaydi, uni oyoq ostiga tashlab yuborishadi.
14 Sizlar dunyoning nurisizlar. Tepalikka qurilgan shaharni ko‘zdan pinhon tutib bo‘lmaydi.
15 Hech kim chiroqni yoqib, ustini idish bilan yopib qo‘ymaydi. Aksincha, uni chiroqpoyaga qo‘yishadi, shunda chiroq uydagilarning hammasiga yorug‘lik beradi.
16 Sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, toki ular yaxshi ishlaringizni ko‘rib, osmondagi Otangizni ulug‘lasinlar.
17 Meni, Tavrot yoki payg‘ambarlarning bitiklarini bekor qilgani kelgan, deb o‘ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim.
18 Sizga chinini aytayin: yeru osmon yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ammo Tavrotdagi na bir harf, na bir nuqta o‘chadi. Unda yozilgan hamma narsa amalga oshadi.
19 Shu bois kim bu amrlarning eng kichigiga ham rioya qilmay, uni boshqalarga buzib o‘rgatsa, Osmon Shohligida eng kichik bo‘ladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib, boshqalarga o‘rgatsa, Osmon Shohligida buyuk bo‘ladi.
20 Sizlarga aytib qo‘yay: agar sizlarning solihligingiz Tavrot tafsirchilari va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, sizlar hech qachon Osmon Shohligiga kirolmaysizlar.
21 Ajdodlarimizga shunday aytilganini eshitgansizlar: “Qotillik qilma. Qotillik qilgan odam hukm qilinadi.”
22 Lekin Men sizlarga aytaman: hattoki birodaridan g‘azablangan odam ham hukm qilinadi. Birodarini haqoratlagan odam oliy mahkamada javob beradi. Birodariga: “Ahmoqsan”, degan esa, do‘zax oloviga tashlanadi.
23 Shunday ekan, siz ehsoningizni qurbongohga olib kelganingizda, birodaringiz nimadandir sizdan xafa ekanligi yodingizga tushsa,
24 ehsoningizni qurbongoh oldida qoldiring. Birinchi navbatda borib, birodaringiz bilan yarashing, keyin kelib, ehsoningizni nazr qiling.
25 Birov sizni ayblab qozixonaga olib borsa, vaqtni boy bermay, yo‘ldayoq ayblovchingiz bilan kelishib oling. Aks holda, ayblovchingiz sizni qozi oldiga olib boradi, qozi esa sizni mirshabga topshiradi. Sizni zindonga tashlashadi.
26 Sizlarga chinini aytay: oxirgi tiyiningizni to‘lamaguningizcha, u yerdan chiqolmaysiz.
27 “Zino qilma”, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.
28 Lekin Men sizlarga aytaman: agar siz ayolga shahvat bilan qarasangiz, xayolingizda u bilan zino qilgan bo‘lasiz.
29 Bordi–yu, o‘ng ko‘zingiz gunoh qilishingizga sababchi bo‘lsa, uni o‘yib olib, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz do‘zaxga tashlangandan ko‘ra, a’zolaringizdan bittasi yo‘q bo‘lgani siz uchun yaxshiroqdir.
30 Agar o‘ng qo‘lingiz gunoh qilishingizga sababchi bo‘lsa, uni kesib tashlab, uloqtirib yuboring. Butun badaningiz do‘zaxga yo‘liqqandan ko‘ra, a’zolaringizdan bittasi yo‘q bo‘lgani siz uchun yaxshiroqdir.
31 Yana deyilganki: “Kim xotini bilan ajrashmoqchi bo‘lsa, unga taloq xatini yozib bersin.”
32 Lekin Men sizlarga aytaman: kim bevafolik aybidan boshqa sabab tufayli o‘z xotini bilan ajrashsa, unga zino qilishga sabab topib beradi. Shuningdek, kim ajrashgan xotinga uylansa, zino qilgan bo‘ladi.
33 Ajdodlarimizga: “Ichgan qasamingdan qaytma. Egamizga bergan va’dalaringni bajargin”, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.
34 Lekin Men sizlarga aytaman: umuman qasam ichmanglar. Osmon haqi deya qasam ichmanglar, chunki osmon Xudoning taxtidir.
35 Yer haqi deya qasam ichmanglar, chunki yer Xudoning poyandozidir. Quddus haqi deya ham qasam ichmanglar, chunki Quddus buyuk Shohning shahridir.
36 Boshingiz haqi ham qasam ichmanglar, chunki o‘zlaringiz sochingizning bir tolasini ham oq yoki qora qila olmaysiz.
37 Sizlarning so‘zingiz faqat “ha” yoki “yo‘q” bo‘lsin. Bundan ortig‘i esa yovuz shaytondandir.
38 Sizlar: “Ko‘z evaziga ko‘z, tish evaziga tish”, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.
39 Lekin Men sizlarga aytaman: sizga yomonlik qilgan odamga qarshilik ko‘rsatmang. Agar kimdir o‘ng chakkangizga ursa, unga chapini ham tuting.
40 Kim siz bilan da’volashib, ko‘ylagingizni olmoqchi bo‘lsa, unga to‘ningizni ham berib yuboring.
41 Birov sizni bir chaqirim yo‘l yurishga majbur qilsa, u bilan birga ikki chaqirim yuring.
42 Sizdan so‘raganga bering, sizdan qarz olmoqchi bo‘lgandan yuz o‘girmang.
43 “Birodaringni yaxshi ko‘r, dushmaningdan nafratlan”, — deb aytilganini ham eshitgansizlar.
44 Lekin Men sizlarga aytyapman: dushmanlaringizni yaxshi ko‘ringlar. Sizlarni quvg‘in qilganlar uchun ibodat qilinglar.
45 Shunda siz osmondagi Otangizning o‘g‘illari bo‘lasizlar. Chunki U O‘z quyoshini yovuzlar ustida ham, yaxshilar ustida ham balqitadi, yomg‘irini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yog‘diradi.
46 Agar sizni yaxshi ko‘rganlarnigina yaxshi ko‘rsangiz, sizlarga qanday mukofot bo‘ladi? Axir, soliqchilar ham shunday qilishmaydimi?
47 Agar siz faqat birodarlaringiz bilangina salomlashsangiz, boshqalardan nima farqingiz qoladi?! Axir, butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi?!
48 Osmondagi Otangiz barkamol bo‘lgani kabi, sizlar ham barkamol bo‘linglar.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18