Matto Muqaddas xushxabar 26 bob

1 Isoni o‘ldirish rejasi. 6 Isoga atir moy quygan ayol. 17 Fisih ziyofati va Isoga xiyonat. 31 Butrusning Isodan tonishi haqida karomat. 36 Isoning bog‘dagi ibodati. 47 Isoni qo‘lga olishadi. 57 Iso yahudiylarning Oliy kengashi oldida. 69 Butrus Isodan tonadi.

1 Iso bu gaplarni aytib bo‘lgach, shogirdlariga shunday dedi:
2 “Ikki kundan keyin Fisih ziyofati bo‘lishini bilasizlar. Ana, o‘shanda Inson O‘g‘liga xoinlik qilishadi, Uni xochga mixlashadi.”
3 Bu paytda bosh ruhoniylar va oqsoqollar Kayafa ismli oliy ruhoniyning saroyida yig‘ilgan edilar.
4 Ular Isoni hiyla bilan tutib, o‘ldirish uchun fitna o‘ylab topdilar.
5 Ammo ular: “Biz bu ishni bayram kunlari qilmasligimiz kerak, aks holda xalq g‘alayon qilishi mumkin”, dedilar.
6 Iso Baytaniyada teri kasalligiga chalingan Shimo‘nning uyida
7 mexmon bo‘lib o‘tirgan edi. Shunda bir ayol ganchdan yasalgan idishda qimmatbaho atir moyi olib kelib, Isoning boshidan quydi.
8 Shogirdlar buni ko‘rgach, g‘azablanib: — Bu isrofgarchilikning nima keragi bor?
9 Axir, bu moyni katta pulga sotib, kambag‘allarga taqsimlab berish mumkin edi–ku! — deyishdi.
10 Shogirdlar nima to‘g‘risida gapirayotganlarini Iso bilib qolib, ularga dedi: — Nega ayolni xijolatda qoldiryapsizlar? U Men uchun ajoyib ish qildi.
11 Kambag‘allar har doim sizlar bilan birga bo‘ladilar. Men esa har doim ham sizlar bilan birga bo‘lmayman.
12 Ayol bu moyni tanamga to‘kib, Meni dafnga tayyorladi.
13 Sizlarga chinini aytayin: Xushxabar dunyoning qaysi yerida e’lon qilinmasin, bu ayol ham esga olinib, uning qilgan ishi haqida aytiladi.
14 Shunda o‘n ikki shogirddan biri bo‘lgan Yahudo Ishqariyot bosh ruhoniylarning oldiga borib:
15 — Agar Isoni sizlarga tutib bersam, menga nima berasizlar? — deb so‘radi. Ular Yahudoga o‘ttiz kumush tanga berdilar.
16 O‘sha vaqtdan boshlab Yahudo Isoni tutib berish uchun qulay fursatni kuta boshladi.
17 Xamirturushsiz non bayramining birinchi kunida shogirdlar Isoning oldiga kelib dedilar: — Fisih taomini qayerda yemoqchisiz? Biz borib tayyorgarlik ko‘raylik.
18 Iso dedi: — Shaharga falonchining oldiga borib, unga shunday deb aytinglar: Ustozimiz sizga: “Vaqtim yetdi. Men Fisih ziyofatini shogirdlarim bilan sizning uyingizda o‘tkazmoqchiman”, deb aytib yubordilar.
19 Shogirdlar Isoning aytganini qilib, Fisih taomini tayyorladilar.
20 Kech kirganda, Iso o‘n ikki shogirdi bilan dasturxon atrofiga yonboshladi.
21 Ovqatlanayotganlarida Iso: — Sizlarga chinini aytayin, orangizdan bittangiz Menga xiyonat qiladi, — dedi.
22 Shogirdlar qattiq xafa bo‘lib, birin–ketin: — Hazrat, nahotki meni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz? — deb so‘radilar.
23 U esa shunday javob berdi: — Men bilan baravar kosaga nonni botirgan Menga xiyonat qiladi.
24 Ha, Inson O‘g‘li U haqda yozilganday jon beradi. Ammo Inson O‘g‘liga xiyonat qilgan odamning holiga voy! Uning tug‘ilganidan ko‘ra tug‘ilmagani yaxshiroq edi.
25 Sotqin Yahudo Isoga: — Ustoz, nahotki o‘sha men bo‘lsam? — dedi. — O‘zing aytding, — deb javob berdi Iso.
26 Ular ovqatlanayotganda, Iso nonni oldi, duo o‘qib sindirdi. Nonni shogirdlariga berib: — Olib yenglar, bu Mening tanamdir, — dedi.
27 Sharob quyilgan kosani ham oldi, shukrona duosini o‘qib, ularga uzatdi: — Bundan hammalaring ichinglar, — dedi.
28 — Bu sharob Xudoning ahdini bildiradi. Bu Ahd ko‘plarning gunohini yuvish uchun to‘kiladigan qonim evaziga kuchga kiradi.
29 Sizlarga shuni aytay: bir kun kelib, Men sizlar bilan birga Otamning Shohligida yangi sharob ichaman. Ammo o‘sha kun kelmaguncha endi sharobni og‘zimga ham olmayman.
30 So‘ng ular hamdu sano kuylab, Zaytun tog‘i tomon ketdilar.
31 Iso shogirdlariga dedi: — Bugun kechasi hammalaringiz Meni tashlab, qochib ketasizlar. Chunki yozilgan: “Men cho‘ponni o‘ldiraman, Shunda suruvdagi qo‘ylar har yoqqa tarqalib ketadi.”
32 Biroq Men tirilganimdan keyin, sizlarni Jalilada kutaman.
33 Butrus Isoga dedi: — Sizni hamma tashlab ketsa ham, men tashlab ketmayman!
34 Iso unga: — Senga chinini aytayin, shu kechasiyoq, xo‘roz qichqirmasdan oldin, sen Mendan uch marta tonasan, — dedi.
35 Butrus Unga: — Kerak bo‘lsa, Siz bilan birga o‘laman! Ammo Sizdan aslo tonmayman! — dedi. Boshqa hamma shogirdlari ham shunday dedilar.
36 Shundan keyin Iso shogirdlari bilan Getsimaniya degan joyga bordi. Iso shogirdlariga: — Shu yerda o‘tirib turinglar, Men nariroqqa borib, ibodat qilaman, — dedi.
37 U yoniga Butrusni va Zabadiyning ikki o‘g‘lini oldi. Isoni qayg‘u, g‘am qamradi.
38 U shogirdlariga: — Yuragimdagi og‘ir qayg‘u Meni o‘lguday qiynab yubordi. Shu yerda qolinglar–da, ko‘z– quloq bo‘lib turinglar, — dedi.
39 So‘ng bir oz nari ketib, yerga muk tushdi–da, shunday deb yolvordi: — Ey Otam, agar iloji bo‘lsa, bu azob kosasi Meni chetlab o‘tsin. Ammo Mening xohishim emas, Sening xohishing bajo bo‘lsin.
40 U shogirdlari yoniga kelib, ularning uxlab yotganini ko‘rdi. Butrusga dedi: — Men bilan birga bir soatgina ham uyg‘oq o‘tira olmabsizlar–da!
41 Ko‘z–quloq bo‘lib turinglar, vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilinglar. Ruh tetik, tana esa zaifdir.
42 Iso ikkinchi marta ketib, shunday deb iltijo qildi: — Ey Otam! Agar bu azob kosasidan qutulishimning iloji bo‘lmasa, mayli, Men o‘sha kosadan ichaman. Sening xohishing bajo bo‘lsin.
43 U qaytib kelib, shogirdlarining yana uxlab yotganini ko‘rdi. Ularning ko‘zlari yumilib ketayotgan edi.
44 Iso ularning oldidan yana ketib, avvalgi so‘zlarini takrorlab, uchinchi marta ibodat qildi.
45 So‘ng U shogirdlari yoniga qaytib kelib, ularga dedi: — Haligacha dam olib, uxlab yotibsizlarmi?! Mana, vaqt–soati keldi, Inson O‘g‘li gunohkorlar qo‘liga tutib berilyapti.
46 Turinglar, ketaylik! Ana, Menga xoinlik qiluvchi kelyapti!
47 Iso hali gapirib bo‘lmasidan, Yahudo kelib qoldi. U o‘n ikki shogirddan biri bo‘lib, uning yonida qilich va tayoq ko‘tarib olgan olomon bor edi. Bu olomonni bosh ruhoniylar va oqsoqollar yuborgan edilar.
48 Xoin Yahudo olomon bilan til biriktirib, shunday degandi: “Men kimni o‘psam, U o‘sha Kishidir. Uni qo‘lga olinglar.”
49 U to‘g‘ri Isoning oldiga borib: — Assalomu alaykum, Ustoz! — deb, Uni o‘pdi.
50 Iso unga: — Do‘stim, qiladigan ishingni qilaqol, — deyishi bilanoq, odamlar Isoni ushlab, qo‘lga oldilar.
51 Shunda Iso bilan birga bo‘lganlardan biri qilichini qinidan sug‘urdi–da, oliy ruhoniyning xizmatkoriga bir urib, qulog‘ini kesib tashladi.
52 Lekin Iso unga dedi: — Qilichingni qiniga solib qo‘y! Qilich ko‘targanlarning hammasi qilichdan halok bo‘ladi.
53 Kerak bo‘lganda edi, Men Otamga iltijo qilgan bo‘lardim. U Menga o‘sha zahotiyoq o‘n minglab farishtlarini yuborgan bo‘lardi. Shuni bilmaysanmi?
54 Lekin bunday qilganimda edi, qanday qilib Muqaddas Bitiklar amalga oshardi? Axir, bularning hammasi sodir bo‘lishi kerak–ku!
55 Shundan so‘ng Iso olomonga dedi: — Men qaroqchimidim, Meni olib ketgani qilichu tayoqlar bilan kelibsizlar?! Men har kuni Ma’bad hovlisida ta’lim berardim. Sizlar o‘shanda Meni qo‘lga olmadingizlar.
56 Ammo bularning hammasi payg‘ambarlarning Muqaddas Bitiklardagi bashoratlari bajo bo‘lishi uchun ro‘y berdi. O‘shanda hamma shogirdlari Isoni qoldirib, qochib ketishdi.
57 Isoni qo‘lga olganlar Uni oliy ruhoniy Kayafaning huzuriga olib keldilar. U yerda Tavrot tafsirchilari bilan oqsoqollar ham yig‘ilishgan edi.
58 Butrus esa Isoga uzoqdan ergashib, oliy ruhoniyning hovlisigacha keldi. Butrus ichkariga kirib, oxiri nima bilan tugarkin, deb kuzatish uchun soqchilarning yoniga o‘tirdi.
59 Bosh ruhoniylar va Oliy kengashning barcha a’zolari Isoni o‘limga mahkum qilish uchun Unga qarshi soxta dalillar izlar edilar.
60 Ancha guvohlar chiqqan bo‘lsa–da, yetarlicha ayblovchi dalillar topilmadi. Nihoyat, ikki soxta guvoh so‘zga chiqib,
61 shunday aytishdi: — Bu Odam: “Men Xudoning Ma’badini buzib, uch kunda uni tiklay olaman”, degan.
62 Oliy ruhoniy o‘rnidan turib, Isoga: — Indamay turaverasanmi?! Ularning Senga qo‘ygan ayblariga javob qaytarmaysanmi?! — dedi.
63 Iso esa indamadi. Oliy ruhoniy Unga dedi: — Barhayot Xudo haqi qasam ichib, ayt: Xudoning O‘g‘li — Masih Senmisan?
64 Iso unga: — Gapingiz to‘g‘ri, — dedi. — Bundan buyon sizlar Inson O‘g‘lini Qodir Xudoning o‘ng tomonida o‘tirganini va osmon bulutlarida kelayotganini ko‘rasizlar.
65 Shunda oliy ruhoniy kiyimlarini yirtib dedi: — U kufrlik qilyapti–ku! Bizlarga boshqa guvohlarning nima keragi bor?! Uning kufrlik qilganini hozirgina o‘zlaringiz eshitdingizlar.
66 Sizlarning qaroringiz qanday? — U o‘limga loyiq! — deb javob berdi ular.
67 So‘ng ular Isoning yuziga tupurib, Uni mushtlay boshladilar. Boshqalari esa Unga shapaloq urib:
68 — Ey Masih! Qani top–chi, Seni kim urdi ekan? — derdilar.
69 Bu paytda Butrus tashqarida hovlida o‘tirgan edi. Bir cho‘ri qiz uning yoniga kelib: — Siz ham o‘sha Jalilalik Iso bilan birga edingiz–ku! — dedi.
70 Lekin Shimo‘n hammaning oldida buni inkor etib dedi: — Nima to‘g‘risida gapirayotganingizni tushunmayapman.
71 So‘ng darvoza oldiga bordi. Shunda boshqa bir xizmatkor ayol uni ko‘rib, u yerda turganlarga: — Mana bu odam Nosiralik Iso bilan birga edi, — dedi.
72 Shimo‘n esa qasam ichib: — Men Uni tanimayman! — deb yana Isodan tondi.
73 Bir ozdan keyin u yerda turganlar kelib, Butrusga: — Siz o‘shalardan ekaningiz shevangizdan bilinib turibdi, — deyishdi.
74 — Xudo ursin! Men bu Odamni tanimayman! — deb qasam ichdi Butrus. Shu payt xo‘roz qichqirdi.
75 Shunda Butrus Isoning: “Xo‘roz qichqirmasidan oldin, sen Mendan uch marta tonasan”, degan gapini esladi. U hovlidan chiqib, achchiq–achchiq yig‘ladi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак