Matto Muqaddas xushxabar 15 bob

1 Diniy urf–odatlar va Xudoning amri. 10 Insonni nima harom qiladi? 21 G‘ayriyahudiy ayolning ishonchi. 29 Iso ko‘p odamlarga shifo beradi. 32 Iso 4000 kishini to‘ydiradi.

1 Quddusdanfarziylar va Tavrot tafsirchilari Isoning oldida kelib, shunday dedilar:
2 — Nega Sizning shogirdlaringiz ota– bobolarimizning urf–odatlariga amal qilmayaptilar? Nega ovqatlanishdan oldin qo‘llarini yuvmaydilar?
3 Iso ularga javob berib dedi: — O‘zlaringiz–chi? Nega o‘z urf–odatingizni deb, Xudoning amrini buzib yuribsizlar?
4 Xudo: “Ota–onangizni hurmat qiling. Otasini yoki onasini xo‘rlagan har qanday odamga o‘lim jazosi berilsin”, deb aytgan.
5 Ammo sizlar shunday ta’lim berasizlar: odam o‘z otasi yoki onasiga: “Farzandlik burchim — Xudoga in’om qilingan, — desa,
6 — u ota–onasini hurmat qilmasa ham bo‘ladi.” Shu tariqa sizlar o‘z ta’limotingiz bilan Xudoning kalomini bekor qilyapsizlar.
7 Sizlar ikkiyuzlamachisizlar! Ishayo payg‘ambar siz haqingizda to‘g‘ri aytgan:
8 “Bu xalq Meni tildagina izzat qiladi, Yuraklari esa Mendan uzoqdir.
9 Ular Menga sajda qiladilar, Ammo sajdalari behudadir. Chunki ular inson yaratgan qoidalarni Ilohiy qonun, deb o‘rgatadilar.”
10 Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib, dedi: — Menga quloq solib, tushunib olinglar!
11 Og‘izga kiradigan narsa emas, balki og‘izdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi.
12 Shunda shogirdlar Isoning oldiga borib dedilar: — Aytgan bu gapingiz farziylarga qattiq botganini bildingizmi?
13 Iso shunday javob berdi: — Osmondagi Otam o‘tqazmagan har qanday o‘simlik ildizi bilan sug‘urib tashlanadi.
14 Farziylarga e’tibor bermanglar. Ular o‘zlari ko‘r va ko‘rlarga yo‘lboshchilik qiladilar. Agar ko‘r odam ko‘rni yetaklasa, ikkalasi ham chuqurga yiqilib tushadi.
15 Shunda Butrus: — Xalqqa aytgan gapingizni bizga tushuntirib bering! — dedi.
16 — Shunchalik ham befahm bo‘lasizlarmi?! — dedi Iso. —
17 Og‘izga kiradigan har bir narsa qoringa o‘tib, kerakli joydan chiqib ketishini nahotki tushunmasangizlar?
18 Ammo og‘izdan chiqadigan narsalar yurakdan chiqadi. Ana o‘shalar insonni harom qiladi.
19 Chunki inson yuragidan yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino, o‘g‘irlik, soxta guvohlik va tuhmat chiqadi.
20 Ana shular insonni harom qiladi. Yuvilmagan qo‘l bilan ovqat yeyish esa insonni harom qilmaydi.
21 Iso u yerdan ketib, Tir va Sidon hududlariga bordi.
22 Shu yerda yashaydigan bir kan’onlik ayol Isoning oldiga kelib, faryod qildi: — Ey Hazrat, Dovudning O‘g‘li, menga rahm qiling! Qizimni jin chalgan, ahvoli yomon!
23 Iso unga bir og‘iz so‘z ham javob bermadi. Shogirdlari Isoning oldiga kelib, iltimos qildilar: — Uni jo‘natib yuboring! Axir, u ketimizdan qolmay, dodlab yuribdi.
24 Iso esa shunday dedi: — Xudo Meni faqat Isroil xalqining adashgan qo‘ylari oldiga yubordi.
25 Ayol esa kelib, Isoning oldiga tiz cho‘kdi–da: — Yordam bering, Hazrat! — deb yolvordi.
26 Iso esa: — Bolalardan nonni olib kuchuklarga tashlash yaxshi emas, — dedi.
27 — To‘g‘ri, Hazrat, — dedi ayol. — Lekin kuchuklar ham xo‘jayinlarining dasturxonidan to‘kilgan ushoqlarini yeydi–ku.
28 Shunda Iso: — Ey ayol, sening ishonching buyuk! — dedi. — Mayli, sen istaganingday bo‘lsin. Shu zahoti ayolning qizi sog‘ayib qoldi.
29 Iso u yerdan chiqib, Jalila ko‘li bo‘ylab ketdi. So‘ng toqqa chiqib, o‘tirdi.
30 Isoning oldiga bir talay olomon keldi. Ular o‘zlari bilan cho‘loq, ko‘r, mayib, soqov va boshqa ko‘plab xastalarni olib kelib, Isoning oyoqlari tomoniga o‘tqizdilar. Iso ularning hammasiga shifo berdi.
31 Soqovlarning gapirganini, mayiblarning sog‘ayganini, cho‘loqlarning yurganini va ko‘rlarning ko‘zlari ochilganini xalq ko‘rib, hayratda qoldi. Ular Isroilning Xudosini olqishladilar.
32 Iso shogirdlarini yoniga chaqirib dedi: — Xalqqa achinyapman. Ular uch kundan beri Men bilan birga, yeyishga hech narsasi yo‘q. Ularga ovqat bermay jo‘natib yuborishni xohlamayman, yo‘lda holdan toyib qolishlari mumkin.
33 Shogirdlari Unga: — Shu qadar katta olomonni to‘ydirish uchun bu kimsasiz joyda qayerdan non olamiz?! — deyishdi.
34 — Qancha nonlaringiz bor? — deb so‘radi Iso.— Yettita non va ozgina mayda balig‘imiz bor, — dedi shogirdlar.
35 Shundan keyin Iso xalqqa yerga o‘tirishni buyurdi.
36 Yettita non va baliqlarni olib, shukrona duosini o‘qidi. Non va baliqlarni sindirib, tarqatish uchun shogirdlariga berdi. Shogirdlar xalqqa tarqatishdi.
37 Hamma yeb to‘ydi. Ortib qolgan non burdalarini yig‘ishganda, to‘la yetti savat chiqdi.
38 Bolalar bilan ayollarni hisobga olmaganda, non yeganlarning soni to‘rt mingta edi.
39 Shundan keyin Iso odamlarga ketishga ijozat berdi, O‘zi esa qayiqqa o‘tirib, Magadan hududiga yo‘l oldi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак