Chiqish 8 bob

1 Ikkinchi falokat: qurbaqa ofati. 16 Uchinchi falokat: burga ofati. 20 To‘rtinchi falokat: so‘na ofati.

1 Egamiz Musoga yana aytdi: — Fir’avnning huzuriga borib, Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: — Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin.
2 Agar sen xalqimga ijozat berishdan bo‘yin tovlasang, butun yurtingga qurbaqa yuborib shikast yetkazaman.
3 Daryo qurbaqalar bilan to‘lib–toshadi. Qurbaqalar daryodan chiqib, sening saroyingga, yotoqxonangga, to‘shagingga, a’yonlaringu xalqingning uylariga, tandirlariga va xamir tog‘oralariga ham kirib oladi.
4 Qurbaqalar sening, Misr xalqining va barcha a’yonlaringning ustilarida sakrab yuradi.”
5 Egamiz Musoga yana gapirdi: — Horunga ayt, u qo‘lidagi tayog‘ini daryolar, anhorlar, ko‘llar tomonga uzatib, qurbaqalarni chiqarsin. Misr yurtini qurbaqalar bosib ketsin.
6 Horun tayog‘ini Misr suvlari tomonga uzatdi. O‘sha zahoti qurbaqalar chiqib, Misrni bosib ketdi.
7 Misrlik sehrgarlar ham sehr–jodulari bilan Misr yurtiga qurbaqalar chiqardilar.
8 Shunda fir’avn Muso bilan Horunni chaqirib aytdi: — Egangizga: “Fir’avnni va uning xalqini O‘zing qurbaqalardan xalos qilgin”, deb ibodat qilinglar. Shundan keyin Isroil xalqiga ketgani ijozat beraman, toki ular borib Egangizga qurbonliklar keltirsin.
9 Shunda Muso fir’avnga dedi: — Xo‘p, vaqtini o‘zing tayinla. Qurbaqalar sizlardan, xonadonlaringizdan yo‘qolsin, faqat Nil daryosida qolsin, deb sen, a’yonlaring va xalqing uchun qachon ibodat qilay?
10 — Ertaga, — dedi fir’avn. — Bo‘pti, sen aytganday bo‘ladi! — deb javob berdi Muso. — O‘shanda Egamiz Xudoga o‘xshagan xudo yo‘qligini bilib olasan.
11 Qurbaqalar sendan, a’yonlaringdan, xalqingdan va xonadonlaringizdan yo‘qoladi. Faqat Nilda qoladi, xolos.
12 Shunday qilib, Muso bilan Horun fir’avn huzuridan chiqdilar. Fir’avn boshiga keltirgan qurbaqa ofatini yo‘q qilgin, deb Muso Egamizga iltijo qildi.
13 Egamiz Musoning iltijosini eshitdi, uylardagi, hovlilardagi va dalalardagi qurbaqalar o‘ldi.
14 Qurbaqalarning o‘ligini uyum–uyum qildilar. Misr yurtini qo‘lansa hid tutib ketdi.
15 Lekin fir’avn Misr yurti qurbaqadan xalos bo‘lganini ko‘rgach, Egamiz aytganday, yuragini tosh qilib, Muso bilan Horunning gapiga quloq solmadi.
16 Egamiz Musoga gapirishda davom etdi: — Horunga buyur, u tayog‘ini uzatib, yerning changiga ursin. Shunda yerdagi chang burgaga aylanib, butun Misrni qoplaydi.
17 Ular Egamizning aytganini qildilar: Horun qo‘lidagi tayog‘ini uzatib, yerning changiga urgan edi, insonlar bilan hayvonlarning ustiga burga yopirildi. Butun Misr yerining changi burgaga aylandi.
18 Odamlarni, hayvonlarni burga bosib ketdi. Sehrgarlar ham sehr–jodulari bilan changni burgaga aylantirmoqchi bo‘ldilar, lekin uddasidan chiqolmadilar.
19 Ular fir’avnga: “Bu Xudoning ishi”, deyishdi. Lekin Egamiz aytganday, baribir, fir’avnning yuragi toshligicha qolib, Muso bilan Horunning aytganlariga quloq solmadi.
20 Egamiz Musoga yana gapirdi: — Ertaga saharda o‘rningdan tur. Fir’avn daryoga borayotganda, uning oldiga borgin–da, Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: — Mening xalqimga ijozat ber, ular borib, Menga sajda qilsin.
21 Agar xalqimni qo‘yib yubormasang, Men o‘zingning, a’yonlaringning, xalqingning ustiga so‘nalar galasini yuborib jazolayman. Misrliklarning uylari, ular yashayotgan yer so‘naga to‘lib–toshadi.
22 Lekin o‘sha kuni O‘z xalqim yashayotgan Go‘shen yerlarini ajratib qo‘yaman. U yerda so‘na bo‘lmaydi. Men, Egangiz, bu yurtda bor ekanligimni bilib olinglar, deb shuni qilaman.
23 Men O‘z xalqim bilan sening xalqingni ayirib qo‘yaman. Bu mo‘jiza ertaga yuz beradi.”
24 Egamiz aytganini qildi: fir’avnning saroyiga, a’yonlarining uylariga gala–gala so‘na yubordi. Butun Misr yurti so‘na oqibatida xarob bo‘ldi.
25 Shundan so‘ng fir’avn Muso bilan Horunni chaqirib: “Boringlar, shu yurt ichida Xudoyingizga qurbonliklar keltiraveringlar”, deb aytdi.
26 — Bunaqa qilsak, to‘g‘ri bo‘lmaydi, — deb javob berdi Muso. — Egamiz Xudoga hayvonlarni qurbonlik qilsak, Misrliklar buni jirkanch deb hisoblaydilar. Misrliklar qabih deb hisoblagan ishni yana ularning ko‘z oldida qilsak, bizni toshbo‘ron qilmaydilarmi?!
27 Egamiz Xudo, bizga amr etganday, Unga qurbonliklar keltirgani sahroda uch kun yo‘l yurib borishimiz kerak.
28 — Mayli, ijozat beraman, — dedi fir’avn. — Sahroga borib, Egangiz Xudoga qurbonliklar keltiringlar. Lekin uzoqqa ketmaysizlar. Endi sen hoziroq men uchun ibodat qil.
29 — Huzuringdan chiqishim bilanoq Egamizga: “Ertaga so‘nalar fir’avndan, a’yonlaridan, xalqidan daf bo‘lsin”, deb ibodat qilaman, — dedi Muso. — Lekin xalq Egamizga qurbonliklar keltirgani ketayotganda, bizni aldama, ijozat bermay qo‘yma.
30 Muso fir’avn huzuridan chiqib, Egamizga ibodat qildi.
31 Egamiz Musoning ibodatini eshitdi. Fir’avndan, uning a’yonlaridan, Misr xalqidan so‘nalarni daf qildi. Birorta ham so‘na qolmadi.
32 Lekin fir’avn bu safar ham yuragini tosh qilib, xalqqa ketishga ijozat bermadi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак