Chiqish 32 bob

1 Oltin buqa.

1 Muso tog‘da uzoq qolib ketdi. Xalq Musoning tog‘dan qaytib tushavermaganini ko‘rgach, Horunning yoniga yig‘ilishib, unga aytishdi: — Qani, bizga yo‘l ko‘rsatib boradigan xudo yasab ber. Bizni Misrdan olib chiqqan o‘sha odamga — Musoga nima bo‘lganini bilolmayapmiz.
2 Shunda Horun odamlarga: — Xotiningizning, o‘g‘lingizning, qizingizning quloqlaridagi oltin sirg‘alarni yechib olib, menga keltiringlar, — dedi.
3 Shundan keyin jamiki xalq quloqlaridagi oltin sirg‘alarni yechib, Horunga olib keldi.
4 Horun oltin sirg‘alarni ulardan olib, eritdi. U buqa yasadi, asbobdan foydalanib, oltin bilan qopladi. Keyin odamlar aytdilar: — Ey, Isroil! Mana bizni Misrdan olib chiqqan xudoyimiz!
5 Horun buni ko‘rgach, oltin buqaning oldiga qurbongoh qurdi. Keyin: “Ertaga Egangizga bag‘ishlangan bayram bo‘ladi”, deb e’lon qildi.
6 Ertasi kuni xalq saharda turib, kuydiriladigan qurbonliklarni va tinchlik qurbonliklarini keltirdi. O‘tirib yeb–ichishgandan keyin ko‘ngilxushlik qilishdi.
7 Shunda Egamiz Musoga aytdi: — Hoziroq tush! O‘zing Misrdan olib chiqqan xalqing yo‘ldan ozdi.
8 Ular Men amr etgan yo‘ldan darrov og‘di. O‘zlariga buqaning tasvirini yasab, unga sajda qilib, qurbonliklar keltirib: “Ey, Isroil! Mana bizni Misrdan olib chiqqan xudoyimiz!” — dedilar.
9 Egamiz Musoga yana gapirdi: — O‘sha xalqning naqadar o‘jarligini ko‘rib turibman.
10 Endi Meni to‘xtataman, deb ovora bo‘lma, bu xalqqa shunaqangi g‘azabimni sochamanki, ularni qirib tashlayman. Ey, Muso, ularning o‘rniga sendan buyuk xalq yarataman.
11 Shunda Muso Egasi Xudoga: — Ey, Egam! Axir, bu xalqni buyuk kuch– qudrating bilan Misrdan O‘zing olib chiqqansan– ku! — deb yolvordi. — O‘z xalqingga O‘zing g‘azabingni sochmagin!
12 Misrliklar: “Egasi ularni yomon niyat bilan — tog‘larda o‘ldirish uchun, yer yuzidan qirib tashlash uchun bu yerdan olib chiqqan ekan”, deb aytishmasin! Qo‘ygin, bu niyatingdan qaytgin, g‘azabingni sochib, O‘z xalqingni qirib tashlamagin.
13 O‘z qullaring Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga aytganlaringni yodingda tutgin. Sen ularga: “Sizlarning naslingizni osmondagi yulduzlar singari ko‘paytiraman, Men va’da qilgan hamma yerni naslingizga beraman, ular o‘sha yurtga to abad egalik qiladi”, deb O‘z noming bilan ont ichgan eding–ku!
14 Shunday qilib, Egamiz niyatini o‘zgartirib, aytgan kulfatlarni O‘z xalqining boshiga keltirmaydigan bo‘ldi.
15 Muso qo‘lida ahdning amr va qonunlari — ikkala tomoniga ham yozuv bitilgan ikkita tosh lavhani olib, tog‘dan qaytib tushdi.
16 Lavhalar Xudoning ijodi bo‘lib, lavhalardagi yozuvni Xudo o‘yib bitgan edi.
17 Yoshua xalqning shovqin– suronini eshitib, Musoga: “Qarorgohda urush shovqin–suroni eshitilyapti”, deb aytdi.
18 Shunda Muso dedi: — Bu g‘oliblarning hayqirig‘i emas, mag‘lublarning faryodi ham emas, Eshitganim — ishratparastlar qo‘shig‘i.
19 Muso qarorgohga yaqinlashib, buqani, odamlarning ko‘ngilxushligini ko‘rdi. Shunda u g‘azablanib, tog‘ etagida qo‘lidagi lavhalarni uloqtirgan edi, lavhalar chilparchin bo‘ldi.
20 Muso Isroil xalqi yasagan buqani olib, olovda yoqdi. Uni ezib, kukun qildi–da, suvga sochdi. Suvni Isroil xalqiga ichirdi.
21 Muso Horunga: — Bu xalq senga nima qilgan ediki, ularni og‘ir gunohga botiribsan? — dedi.
22 — G‘azablanmang, hazratim, — dedi Horun unga. — Bu xalqning yomonlik qilishga moyilligini bilasiz–ku!
23 Ular menga: “Bizga yo‘l ko‘rsatib boradigan xudo yasab ber, bizni Misrdan olib chiqqan o‘sha odamga — Musoga nima bo‘lganini bilolmayapmiz”, deb aytishdi.
24 Men esa ularga: “Kimning oltin sirg‘alari bo‘lsa, ularni menga olib kelinglar”, degan edim, ular oltin sirg‘alarini olib, menga keltirdilar. Oltinlarni olovga tashlaganimda, olov ichidan mana shu buqa kelib chiqdi.
25 Muso ko‘rdiki, Horun xalqni nazorat qilmay, dushmanlari oldida o‘zlarini masxara qilishlariga yo‘l qo‘yib bergan edi.
26 Muso qarorgoh kiraverishiga kelib: — Kim Egamiz tomonda bo‘lsa, mening yonimga kelsin! — deb buyurdi. Levi qabilasi odamlari uning yoniga to‘plandi.
27 Muso ularga dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Har biringiz qilichingizni yoningizga oling. Qarorgohning bu chetidan narigi chetigacha borib qaytib, har biringiz birodaringizni, qo‘shningizni, yaqin qarindoshingizni o‘ldiring.”
28 Levi qabilasi odamlari Musoning buyrug‘ini bajo qildi. Shu kuni Isroil xalqidan taxminan uch mingta odam halok bo‘ldi.
29 Muso Levi qabilasi odamlariga: — Bugun Egam sizlarga marhamat qilib, sizlarni o‘zining xizmatiga tayinladi, — dedi. — Hatto o‘g‘illaringizni, aka–ukalaringizni o‘ldirishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa ham, sizlar Unga itoat etdingiz.
30 Ertasi kuni Muso xalqqa dedi: — Sizlar og‘ir gunoh qildingizlar. Endi men toqqa Egamizning oldiga chiqaman, balki sizlarni gunohlaringizdan poklarman.
31 Muso Egamizning oldiga qaytib borib, shunday dedi: — Evoh! Bu xalq og‘ir gunoh qilibdi: o‘zlariga oltindan xudo yasabdi.
32 Ammo endi, ularning gunohini kechirgin, deb Senga iltijo qilaman. Agar kechirmasang, O‘zing yozgan kitobdan mening nomimni o‘chirib tashlagin.
33 Shunda Egamiz Musoga aytdi: — Kim Menga qarshi gunoh qilgan bo‘lsa, o‘shaning nomini O‘zimning kitobimdan o‘chirib tashlayman.
34 Endi bor, bu xalqni Men senga aytgan joyga boshla. Mening farishtam sendan oldinda boradi. Shunga qaramay, O‘zim belgilagan kunda Men ularni qilgan gunohi uchun jazolayman.
35 Shunday qilib, Egamiz ularning boshiga kulfat yubordi, chunki Isroil xalqi Horunga, buqa yasab ber, deb talab qilgan edilar. Horun ularning talabini bajargan.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак