Chiqish 29 bob

1 Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniy qilib bag‘ishlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar. 38 Kundalik nazrlar to‘g‘risida ko‘rsatmalar.

1 Horun bilan uning o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qiladilar. Shuning uchun ularni Menga bag‘ishlab, quyidagicha marosim o‘tkaz. Nuqsonsiz bitta buqani va ikkita qo‘chqor qo‘yni ol.
2 Sifatli bug‘doy unidan qilingan xamirturushsiz nonlarni, zaytun moyi qo‘shilgan xamirturushsiz nonlarni va zaytunmoyi surtilgan xamirturushsiz chalpaklarni ham pishirtir.
3 Shundan keyin nonlarni savatga solib, buqa va ikkala qo‘chqor bilan birga Menga nazr qilib olib kel.
4 Horun bilan o‘g‘illarini Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kel. Hammalarini suv bilan yuv.
5 So‘ngra ruhoniylik liboslarini ol. Horunga ko‘ylakni va ridoni, efodni, ko‘krakpechni kiygiz. Efodning mahorat bilan naqsh solingan kamarini Horunga bog‘la.
6 Keyin Horunning boshiga sallani kiygizib, sallaning ustiga oltin lavhani — uni boshqalardan ajratib turadigan muqaddaslik ramzini o‘rnashtir.
7 Keyin Horunning boshiga sallani kiygizib, sallaning ustiga oltin lavhani — uni boshqalardan ajratib turadigan muqaddaslik ramzini o‘rnashtir.So‘ngra muqaddas qiladigan moyni olib, uning boshiga surt va uni Mening xizmatimga bag‘ishla.
8 Horunning o‘g‘illarini olib kelib, ularga ko‘ylakni kiygizib,
9 boshlariga peshanabog‘ bog‘la. Horun bilan o‘g‘illariga yana belbog‘ bog‘la. Doimiy qonun–qoida bo‘yicha ruhoniylik ularniki bo‘ladi. So‘ng Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylik xizmatiga tayinla.
10 Buqani Uchrashuv chodiri oldiga olib kel. Horun bilan o‘g‘illari esa buqaning boshiga qo‘llarini qo‘yishgach,
11 Uchrashuv chodiriga kiraverishda Men, Egangizning huzurida buqani so‘y.
12 Buqaning qonidan olib, barmog‘ing bilan qurbongohning shoxlariga qonni surt. Ortgan qonning hammasini esa qurbongohning yoniga to‘k.
13 Ichak–chovoqlarini qoplab turgan hamma yog‘larini, jigarning a’lo qismini, ikkala buyragini va buyrak atrofidagi yog‘larini olib, qurbongohda kuydir.
14 Buqaning go‘shtini, terisini, chiqindilarini qarorgohdan tashqariga olib chiqib kuydir. Bu gunoh qurbonligidir.
15 So‘ngra qo‘chqor qo‘yning bittasini olib kel. Horun bilan o‘g‘illari qo‘chqorning boshiga qo‘llarini qo‘yishgach,
16 qo‘chqorni so‘yib, qonidan olgin–da, qurbongohning to‘rtta yon tomoniga sep.
17 Qo‘chqorning tanasini bo‘laklab, ichak–chovoqlarini, oyoqlarini yuv. Qo‘chqorning bu a’zolarini bo‘laklangan tanasi va kallasi ustiga qo‘yib,
18 qo‘chqorni qurbongohda kuydir. Olovda kuydirilgan bu qurbonlikdan Men, Egangizga, yoqimli hid keladi.
19 Keyin ikkinchi qo‘chqor qo‘yni olib kel. Horun bilan o‘g‘illari qo‘llarini qo‘chqorning boshiga qo‘ygach,
20 qo‘chqorni so‘yib, qonini ol. So‘ngra Horun bilan o‘g‘illarining o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga, o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga qon surt. So‘ngra qurbongohning to‘rtta yon tomoniga qon sep.
21 Keyin qurbongohdagi qondan, muqaddas qiladigan moydan olib, Horun bilan o‘g‘illariga, hammalarining ruhoniylik liboslariga sep. Shunday qilib, Horun bilan o‘g‘illari, hammalarining liboslari muqaddas bo‘ladi.
22 Bu qo‘chqor Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash marosimida foydalaniladi. Shuning uchun qo‘chqor qo‘yning o‘ng sonini, ichak–chovoqlarini qoplab turgan hamma yog‘larini, jigarning a’lo qismini, ikkala buyragini va buyrak atrofidagi yog‘larni ol.
23 Yana Men, Egangizning huzuridagi savatdan sifatli bug‘doy unidan qilingan xamirturushsiz nondan bittasini, zaytun moyi qo‘shilgan xamirturushsiz nondan bittasini va zaytun moyi surtilgan xamirturushsiz chalpakdan bittasini ol.
24 Bularning hammasini Horunning va uning o‘g‘illarining qo‘llariga qo‘y. Bularni ular Men, Egangizga, bag‘ishlaganlarini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tarishsin.
25 So‘ngra bu hamma nazrlarni ularning qo‘llaridan olib, qurbongohda birinchi kuydiriladigan qo‘chqor bilan kuydir. Olovda kuydirilgan bu nazrlardan ham Men, Egangizga, yoqimli hid keladi.
26 So‘ngra ruhoniylikka tayinlash marosimida foydalaniladigan o‘sha ikkinchi qo‘chqorning to‘shini olib, Men, Egangizga, bag‘ishlaganini ko‘rsatish uchun yuqoriga ko‘tar. Bunisi sening ulushing bo‘ladi.
27 Horun va uning o‘g‘illari Mening huzurimda ruhoniylikka tayinlanish marosimida qo‘chqorning yuqoriga ko‘tariladigan qismlari — to‘shi va soni muqaddas, deb qaraladi.
28 Kelgusida Isroil xalqi Men, Egangizga, tinchlik qurbonliklari qilganlarida, bu qismlar Horun va uning o‘g‘illariga doimiy ulush qilib berilsin.
29 Horunning muqaddas ruhoniylik liboslari o‘zidan keyin uning nasllariniki bo‘lsin. Horunning nasllariga shu liboslarda moy surtilib, shu liboslarda ular oliy ruhoniylikka tayinlanadilar.
30 Horunning o‘rniga oliy ruhoniy bo‘lib, Muqaddas xonada xizmat qilish uchun Uchrashuv chodiriga kiradigan o‘g‘li bu liboslarni yetti kun kiyib yursin.
31 Endi ruhoniylikka tayinlanish marosimida qurbonlik qilingan qo‘chqor qo‘yning go‘shtini olib, muqaddas joyda qaynat.
32 Horun bilan o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kiraverishda qo‘chqor go‘shtidan va savatdagi nonlardan tanovul qilishsin.
33 Faqat ular bu go‘shtdan va nondan tanovul qila oladilar. Horun va uning o‘g‘illarini ruhoniylikka tayinlash va bag‘ishlash marosimida ularni gunohdan poklash uchun o‘sha non va go‘shtdan foydalaniladi. Bu go‘sht va non muqaddas bo‘lgani uchun, ruhoniy bo‘lmagan odamlar bulardan tanovul qila olmaydi.
34 Agar ruhoniylikka tayinlanish marosimida qurbonlik qilingan go‘shtdan va nonlar nazridan ertalabgacha qolsa, qolganlarini olovda kuydir. Bular muqaddas bo‘lgani uchun tanovul qilish mumkin emas.
35 Men senga amr etganimday, yetti kun davomida har kuni Horun va uning o‘g‘illari uchun ruhoniylikka tayinlanish marosimini takrorla.
36 Ularni gunohlaridan poklash uchun har kuni buqa qurbonlik qil. Qurbongohni poklash uchun marosim o‘tkaz. Qurbongohga moydan surtib, muqaddas qil.
37 Yetti kun davomida har kuni shunday qil. Ana shunda qurbongoh g‘oyat muqaddas bo‘ladi. Birontasi yoki biron narsa qurbongohga tegib ketganda ham, u muqaddas bo‘ladi.
38 Har kuni ikkita bir yoshli qo‘zini qurbongohda qurbonlik qilib kuydir.
39 Bitta qo‘zini ertalab, ikkinchisini kechqurun qurbonlik qil.
40 Har bir qo‘ziga qo‘shib, ikki kosa toza zaytun moyi aralashtirilgan to‘rt kosa sifatli unni don nazri qilib keltir.
41 Shu bilan birga, ikki kosa sharob nazrini ham keltir. Olovda kuydiriladigan bu qurbonliklardan Men, Egangizga, yoqimli hid keladi.
42 Quydiriladigan bu ikki qurbonlik Men, Egangizning huzurida, Uchrashuv chodiriga kiraverishda avlodlar osha qilinsin. O‘sha yerda Men sen bilan uchrashib, gaplashaman.
43 Uchrashuv chodirida Men zohir bo‘lib, Isroil xalqi bilan uchrashaman, ulug‘vorligimdan bu joy muqaddas bo‘ladi.
44 Men Uchrashuv chodirini va qurbongohni muqaddas qilaman. Horun bilan o‘g‘illari ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishlari uchun ularni ham muqaddas qilaman.
45 Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilaman, ularning Xudosi bo‘laman.
46 Shunda Men Isroil xalqi orasida istiqomat qilay, deb ularni Misr yurtidan olib chiqqan Egasi Xudo Men ekanligimni ular bilib oladilar. Men ularning Egasi Xudoman.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак