Chiqish 36 bob

8 Muqaddas chodir yasaladi.

1 Bazalil, Oxoliyov va boshqa hamma iqtidorli ustalar Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarsinlar. Muqaddas chodir yasashda talab qilingan har qanday xizmatni bajarishlari uchun Egamiz ularga mahorat va qobiliyat ato qilgan.”
2 Muso Bazalilni, Oxoliyovni va Egamiz qobiliyat ato qilgan hamma iqtidorli ustalarni, yuragi zavq–shavqqa to‘lgan odamlarni chaqirdi.
3 Muqaddas chodirni yasash uchun Isroil xalqi olib kelgan hamma nazrlarni Muso ustalarga berdi. Bulardan tashqari, xalq har kuni ertalab Musoga ko‘ngildan chiqarib nazrlar olib kelishardi.
4 Ishlarni bajarayotgan hamma ustalar yumushlarini qoldirib,
5 Musoning oldiga kelib aytishdi: — Egamiz bizga amr etgan ishlar uchun xalq yetarlisidan ortiq olib kelyapti.
6 Shunda Muso: “Bironta erkak, ayol endi Muqaddas chodir uchun nazr olib kelmasin”, deb buyruq berdi. Uning buyrug‘i qarorgoh bo‘ylab e’lon qilindi. Shundan keyin xalq nazr olib kelishni to‘xtatdi.
7 Xalqning olib kelgan nazrlari ishning hammasini bajarishga yetib, hatto ortib ham qolar edi.
8 Ishlayotganlar orasidagi eng mohir odamlar Muqaddas chodirni yasadilar: Mohir tikuvchilar Bazalilning ko‘rsatmasi bilan chodirning ichki qavatini qildilar. U mayin zig‘ir matosidan tikilgan o‘nta choyshabdan iborat bo‘ldi. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlab bu choyshablarni bezadilar.
9 Har bir choyshabning bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak edi. Hamma choyshablarning o‘lchovi bir xil edi.
10 Ular choyshablardan beshtasining bo‘yini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan beshtasini ham shunday qildilar.
11 -
12 Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga ko‘k matodan qilingan elliktadan halqa tikdilar. Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir– biriga ro‘parama–ro‘para edi.
13 Keyin oltindan ellikta ilgak yasadilar, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga uladilar. Shunda chodirning ichki qavati bir butun bo‘ldi.
14 Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan o‘n bitta choyshab tikdilar.
15 Har bitta choyshabning bo‘yi o‘ttiz tirsak, eni to‘rt tirsak edi. O‘n bitta choyshabning hammasi bir o‘lchovda edi.
16 Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir–biri bilan birlashtirib tikdilar, qolgan oltitasini ham shunday qildilar.
17 Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga elliktadan halqa tikdilar.
18 Keyin, chodirning qoplamasi bir butun bo‘lsin, deb ikkala choyshabni birlashtirish uchun bronzadan ellikta ilgak yasadilar.
19 Bu qoplama ustiga qo‘yish uchun qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan qoplama, so‘ng yumshoq teridan tashqi qoplama qildilar.
20 Akas yog‘ochidan Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar yasadilar.
21 Har bir romning bo‘yi o‘n tirsak, eni bir yarim tirsak edi.
22 Har bir romning ostida bir–biriga parallel bo‘lgan ikkita tirgak yasadilar.
23 Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasadilar.
24 Bu romlar ostiga qo‘yish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildilar, har bir tirgak ostida bitta taglik bo‘ldi.
25 Chodirning shimol tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasadilar.
26 Har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan — qirqta kumush taglik yasadilar.
27 Chodirning orqadagi — g‘arb tomonidagi devor uchun oltita rom,
28 chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasadilar.
29 Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtirdilar. Bitta burchak hosil qilishi uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtirdilar. Har ikkala burchak shu yo‘l bilan hosil qilindi.
30 Shunday qilib, o‘n oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor qilindi, har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan taglik qilindi.
31 Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yog‘ochidan beshta tamba,
32 shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — g‘arb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasadilar.
33 Romlarning yarmigacha o‘rnashtirilgan o‘rtadagi tambalar chodirning boshidan oxirigacha cho‘zildi.
34 Romlarni oltin bilan qoplab, tambalarni ushlab tursin, deb oltin halqalarni romlarga birlashtirdilar, tambalarni ham oltin bilan qopladilar.
35 Mayin zig‘ir matosidan tikilgan ichki pardani qildilar. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlatib, bu pardani bezatdilar.
36 Ichki parda ushlab turilishi uchun akas yog‘ochidan to‘rtta ustun yasadilar. Ustunlarga oltin qoplab, ularga oltin ilgaklarni mahkamladilar. Ustunlar uchun eritilgan kumushdan to‘rtta taglik yasadilar.
37 Chodirga kirish joyi uchun mayin zig‘ir matosidan tikilgan parda qildilar. Uni ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan tikib bezatdilar.
38 Bu parda ushlab turilishi uchun beshta ustun yasadilar. Ustunlarning tepasini va halqalarini oltin bilan qopladilar. Ustunlarning beshta tagligini esa bronzadan qildilar.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак