Chiqish 22 bob

1 Mulkni himoya qilish to‘g‘risida qonun–qoidalar. 16 Ijtimoiy javobgarlik to‘g‘risida qonun–qoidalar.

1 Birortasi mol yoki qo‘yni o‘g‘irlab, so‘ysa yoki sotsa, o‘g‘ri molning evaziga beshta mol, qo‘yning evaziga to‘rtta qo‘y to‘lasin.
2 O‘g‘irlangan hayvonni o‘g‘ri qaytarishi kerak bo‘lsa–yu, lekin o‘g‘ri tovon to‘lay olmasa, u o‘g‘irlagan hayvon evaziga qul qilib sotilsin.
3 -
4 O‘g‘irlangan hayvon tiriklayin o‘g‘rining qo‘lida topilsa, topilgan hayvon mol bo‘ladimi yo eshak yoki qo‘y bo‘ladimi, ikki baravar qilib tovon to‘lasin. Birortasi kechasi devor teshayotgan o‘g‘rini ko‘rib qolib, o‘g‘rini urib o‘ldirib qo‘ysa, o‘g‘rini o‘ldirgan odam aybdor emas. Agar o‘g‘irlik kunduzi sodir bo‘lsa, qon to‘kkan odam aybdor bo‘ladi.
5 Agar birortasi birovning dalasiga yoki uzumzoriga chorvasini o‘tlatgani qo‘yib yuborsa, chorva ekinzorni yoki uzumzorni payhon qilsa, chorva egasi o‘zining dalasidan yoki uzumzoridan yaxshi hosilini dalaning egasiga qaytarib berishi lozim.
6 Agar birortasi olov yoqsa, olov changalzor bo‘ylab birovning dalasiga o‘tib, o‘sayotgan donni yoki o‘rib, bog‘lab qo‘yilgan g‘allani yondirib yuborsa, olov yoqqan odam hamma zararni qoplashi lozim.
7 Birortasi pulini yoki buyumini qo‘shnisiga saqlash uchun bersa, ammo shular qo‘shnisining uyidan o‘g‘irlanib, o‘g‘ri topilsa, o‘g‘ri ikki baravar qilib to‘lashi kerak.
8 O‘g‘ri topilmasa, uy egasi hakamlar huzuriga kelib: — Qo‘shnimning mulkiga qo‘limni tekkizmaganman, — deb qasam ichsin.
9 Kimdir yo‘qotib qo‘ygan biror buyumi, moli, eshagi, qo‘yi, kiyimi to‘g‘risida qo‘shnisi bilan janjallashib qolsa, bu meniki, deb da’vo qilsa, ikkovi ham, ajrim qilamiz, deb hakamlar huzuriga borsin. Hakamlar aybdor deb topgan odam buyum egasiga ikki baravar tovon to‘lashi kerak.
10 Birortasi qo‘shnisiga eshagini yo molini yoki qo‘yini yoxud boshqa hayvonini qarab turgani bersa–yu, o‘sha hayvon o‘lib qolsa, yoki shikastlansa, yoki o‘g‘irlab olib ketilgan bo‘lsa, lekin guvoh bo‘lmasa,
11 olgan odam hayvon egasiga shunday qasam ichsin: — Xudo haqi, sening mulkingga qo‘limni tekkizmaganman. Hayvon egasi qasamga ishonsin, qo‘shnisi tovon to‘lamasin.
12 Ammo olgan odamnikidan o‘sha hayvon o‘g‘irlangan bo‘lsa, u hayvon egasiga tovon to‘lashi lozim.
13 Agarda hayvonni biror yirtqich tilka–pora qilgan bo‘lsa, dalil qilib burdalarini ko‘rsatsin. Burdalangan bo‘laklari uchun u tovon to‘lamaydi.
14 Birortasi boshqasining hayvonini so‘rab olgan bo‘lsa–yu, hayvon shikastlansa yoki o‘lsa, lekin o‘sha paytda egasi hayvonning oldida bo‘lmasa, so‘rab olgan odam hayvon uchun tovon to‘lasin.
15 Agar o‘shanda egasi o‘z hayvoni yonida bo‘lsa, tovon to‘lamasin. Agar hayvon yollab olingan bo‘lsa, yollangan bahosi to‘lansin.
16 Kimki voyaga yetgan va unashtirilmagan qizni zo‘rlab, u bilan yotsa, o‘sha odam u qiz uchun qalin bersin, o‘sha qizga uylansin.
17 Agar otasi qizni o‘sha odamga berishga rozi bo‘lmasa, o‘sha odam voyaga yetgan qizlarga beriladigan miqdordagi pulni qizning oilasiga to‘lasin.
18 Jodugarlarni tirik qoldirmanglar.
19 Hayvon bilan jinsiy aloqa qilgan odamning jazosi o‘limdir.
20 Faqat Men, Egangizdan, boshqa xudolarga qurbonlik keltirgan odamni o‘limga hukm qilinglar.
21 Musofirni ezib, unga zulm o‘tkazmanglar. O‘zlaringiz ham Misrda musofir bo‘lgan edingizlar.
22 Bevalarga va yetimlarga jabr qilmanglar.
23 Agar shunday qilsangiz, ular Menga yolvoradilar. Men ularning nolalarini eshitaman.
24 Men qattiq g‘azablanib, erkaklaringizga qirg‘in keltiraman. Oqibatda xotinlaringiz beva, bolalaringiz yetim bo‘lib qoladi.
25 Mening xalqimdan birorta kambag‘alga qarz bersangiz, qarz beruvchi sifatida uni siquvga olmanglar, undan foiz talab qilmanglar.
26 Agar qo‘shningizning to‘nini garovga olgan bo‘lsangiz, kun botmasdan oldin to‘nini qaytarib bering.
27 O‘sha to‘n qo‘shningizning bittayu bitta yopinchig‘idir. Bo‘lmasa, qo‘shningiz nimani yopinib uxlaydi?! U Menga yolvorganda, eshitaman. Men rahmdilman.
28 Meni, Xudoyingizni, xo‘rlamanglar, oqsoqollaringizdan birontasini ham qarg‘amanglar.
29 Xirmoningizning hosilidan, zaytun moyi va sharobdan Menga nazr qilishni kechiktirmanglar. To‘ng‘ich o‘g‘illaringizni Menga bag‘ishlanglar.
30 Mol va qo‘y– echkilaringizning birinchi erkak bolasini ham Menga bag‘ishlanglar. Ular yetti kun onasi bilan bo‘lsin, sakkizinchi kuni esa ularni Menga nazr qilinglar.
31 Sizlar Mening muqaddas xalqim bo‘linglar. Dalada yirtqich tilka–pora qilgan hayvonning go‘shtini o‘zlaringiz yemanglar, itlarga beringlar.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак