Chiqish 5 bob

1 Muso bilan Horun fir’avn huzurida. 22 Muso Egamizga shikoyat qiladi.

1 Shundan keyin Muso bilan Horun fir’avn huzuriga borib, unga shunday dedilar: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: “Xalqimga ijozat ber, ular sahro ichkarisiga borib, Menga atab bayram nishonlashsin.”
2 Fir’avn esa: — Egangiz kim o‘zi?! Uning so‘ziga kirib Men Isroil xalqini qo‘yib yuboraymi?! — dedi. — Egangizni tanimayman, Isroil xalqining ketishiga esa ijozat bermayman.
3 Shunda Muso bilan Horun: — Ibroniylarning Xudosi bizga O‘zini zohir qildi, — deb javob berishdi. — Ijozat ber, sahroda uch kun yo‘l yurib borib, Egamiz Xudogaqurbonliklar keltiraylik. Aks holda, U bizni yo o‘latga mubtalo qiladi, yoki qilichning damiga ro‘para qilib jazolaydi.
4 Lekin Misr fir’avni: — Ey, Muso! Ey, Horun! Nimaga xalqni ishdan qoldiryapsizlar?! — dedi. — Boringlar, ishlaringizni qilinglar!
5 Qaranglar, bu yerda qancha qarollar bor–a! Sizlar bo‘lsa, ularni chalg‘itib, ishdan qo‘ymoqchisizlar!
6 O‘sha kuni fir’avn Isroil xalqining tepasida turgan Misrlik nazoratchilarga va Isroil xalqidan bo‘lgan ishboshilarga shunday farmon berdi:
7 “Isroil xalqiga g‘isht quygani endi oldingiday somon bermanglar. O‘zlari yurib somon yig‘ishsin.
8 Oldin qancha g‘isht quyishgan bo‘lsa, bundan keyin ham shuncha g‘isht quyishga majbur qilinglar. G‘isht quyish miqdorini hech ham kamaytirmanglar. Ular dangasa xalq. Shuning uchun, ijozat bering, borib, Xudoyimizga qurbonliklar keltiraylik, deb nola qilishyapti.
9 Ularni shunaqangi ishlatinglarki, ish bilan qattiq band bo‘lib, behuda gaplarga quloq solishmasin.”
10 Shunday qilib, Isroil xalqining tepasida turgan Misrlik nazoratchilar bilan Isroil xalqidan bo‘lgan ishboshilar borib, Isroil xalqiga aytdilar: — Fir’avn shunday demoqda: “Sizlarga endi somon bermayman.
11 Borib, qayerdan bo‘lsa ham o‘zlaringiz somon topinglar, lekin quyayotgan g‘ishtingizning hajmi aslo kamaymaydi.”
12 Isroil xalqi somon o‘rniga xas–cho‘p yig‘ish uchun butun Misr yurti bo‘ylab tarqalib ketdi.
13 Nazoratchilar esa ularni siquvga olar edilar. “Kundalik ishlaringizni somon berilgan kunlardagiday kamaytirmasdan bajaringlar”, deb aytardilar.
14 Fir’avnning nazoratchilari o‘zlari xizmatga tayinlagan Isroil xalqi ishboshilarini kaltaklab: “Nimaga kecha ham, bugun ham, oldingiday, belgilangan miqdordagi g‘ishtni quymayapsizlar?” deb talab qilardilar.
15 Shundan so‘ng Isroil xalqi ishboshilari fir’avn huzuriga borib, faryod qildilar: — Nimaga biz, qullaringizga, bunday muomala qilyapsiz?
16 Bizga somon berishmaydi–yu, “G‘isht quyinglar!” deb buyruq qilishadi. Biz kaltak ostida qoldik–ku! Aybdor esa sizning odamlaringiz.
17 Fir’avn esa: — Dangasasizlar, dangasa! — deya javob berdi. — Shuning uchun: “Ijozat ber, borib, Egamizga qurbonliklar keltiraylik”, deyaverasizlar.
18 Boringlar, ishlanglar! Sizlarga somon berilmaydi. Lekin belgilangan miqdordagi g‘ishtni quyasizlar.
19 Shunda Isroil xalqining ishboshilari: “Kunda belgilangan g‘isht miqdorini kamaytirmasdan quyasizlar!” degan gapni eshitib, qiyin ahvolda qolganlarini tushundilar.
20 Ular fir’avn huzuridan chiqishlari bilan, Muso bilan Horunga duch kelishdi. Ikkovi ularni kutib turgan edi.
21 Isroil xalqi ishboshilari: — Sizlar bizni fir’avnga, uning a’yonlariga yomon ko‘rsatib qo‘ydingizlar, — deyishdi. — Bizni o‘ldirishiga sabab topib berdingiz. Egamiz qilmishlaringizni ko‘rib, jazongizni bersin!
22 Shundan keyin Muso ularning oldidan ketib, Egamizga iltijo qildi: — Yo, Rabbiy! Nimaga bu xalqni shunchalik kulfatga qo‘yding? Nimaga meni yubording?
23 Fir’avnga Sening xabaringni olib kelishim bilanoq, u xalqingga battar vahshiylik qila boshladi. Sen esa O‘zingning xalqingni ozod qilmading.


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак