Chiqish 40 bob

1 Muqaddas chodir o‘rnatilib, bag‘ishlanadi. 34 Bulut va Egamizning ulug‘vorligi.

1 Egamiz Musoga aytdi:
2 “Birinchi oyning birinchi kuni Uchrashuv chodirini — Muqaddas chodirni o‘rnattir.
3 So‘ng ahd sandig‘i chodirga olib kirilsin, sandiqniichki parda bilan to‘sdir.
4 Keyin xontaxta olib kirilsin. Xontaxtaga tegishli ashyolarni uning ustiga joylashtir. Chiroqpoya ham olib kirilsin, chiroqpoyaga moychiroqlarni o‘rnashtir.
5 Oltin tutatqi qurbongohini ahd sandig‘i oldiga qo‘ydir. Muqaddas chodirga kiraverishda pardani osdir.
6 Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni Uchrashuv chodiriga — Muqaddas chodirga kiraverishda o‘rnashtir.
7 Qo‘lyuvgichni Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga o‘rnashtirib, ichiga suv quydir.
8 Chodir va qurbongohning atrofiga pardadan qilingan to‘siqni o‘rnashtirib, hovliga kiraverishdagi pardani osdir.
9 Keyin muqaddas qiladigan moyni olib, chodirga va uning hamma ashyolariga surtib chiqib, Menga bag‘ishla. Shunda chodir muqaddas bo‘ladi.
10 Qurbonlik kuydiriladigan qurbongohga va uning hamma buyumlariga ham moy surtib, Menga bag‘ishla. Shunda qurbongoh g‘oyat muqaddas bo‘ladi.
11 Qo‘lyuvgichga va uning tagligiga ham moy surtib, Menga bag‘ishla.
12 Horun bilan o‘g‘illarini Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kel. Hammalarini suv bilan yuv.
13 So‘ng Horun ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishi uchun bag‘ishla: unga muqaddas ruhoniylik liboslarini kiygizib, moy surt.
14 Shundan keyin Horunning o‘g‘illarini ham olib kelib, ularga ko‘ylak kiygiz.
15 Otasiga moy surtganingday, ularga ham moy surt, toki ular ruhoniy bo‘lib, Menga xizmat qilishsin. Horun va uning o‘g‘illariga moy surtish bilan ularning o‘zlari ham, nasllari ham avlodlar osha Menga ruhoniy bo‘lib, xizmat qilishlari uchun sen ularga ijozat bergan bo‘lasan.”
16 Muso Egamiz amr etgan hamma ishlarni bajarib bo‘ldi.
17 Ikkinchi yilning birinchi oyida, oyning birinchi kuni
18 Muso Muqaddas chodirni o‘rnattirdi: u hamma tagliklarni joyiga qo‘ydirdi, romlarni o‘rnashtirib, tambalarni joylashtirdi, ustunlarni o‘rnashtirdi.
19 So‘ngra chodirni tutib turadigan romlar ustiga choyshablar va qoplamalarni tashlatdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
20 Keyin ahdning amr va qonunlari yozilgan ikkita tosh lavhani olib, sandiqqa solib qo‘ydi. Xodalarni sandiq halqasidan o‘tkazgach, sandiqning qopqog‘ini sandiq ustiga o‘rnashtirdi.
21 Sandiqni Muqaddas chodirga olib kirdi. Ichki pardani osib, ahd sandig‘ini to‘sdirib qo‘ydi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
22 Uchrashuv chodiriga — chodirning shimol tomoniga, ichki pardaning tashqarisiga xontaxtani qo‘ydirdi.
23 Xontaxta ustiga — Egamizning huzuriga muqaddas nonlarni qo‘ydi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
24 Uchrashuv chodiriga — xontaxtaning ro‘parasiga, chodirning janub tomoniga chiroqpoyani qo‘ydirdi.
25 Egamizning huzuriga — chiroqpoyaga moychiroqlarni o‘rnashtirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
26 Uchrashuv chodiridagi ichki pardaning tashqarisiga oltin tutatqi qurbongohini qo‘ydirdi.
27 Qurbongohda xushbo‘y hidli tutatqi tutattirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
28 Muqaddas chodirga kiraverishda pardani osdirdi.
29 Uchrashuv chodiriga — Muqaddas chodirga kiraverishda qurbonlik kuydiriladigan qurbongohni o‘rnashtirdi. So‘ng qurbonlik bilan don nazri keltirib, qurbongohda kuydirdi. Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
30 Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga qo‘lyuvgichni o‘rnashtirib, yuvinish uchun ichiga suv quydirdi.
31 Muso, Horun va Horunning o‘g‘illari Uchrashuv chodiriga kirganlarida yoki qurbongohda nazrlarni kuydirganlarida, qo‘lyuvgichdagi suv bilan oyoq–qo‘llarini yuvishardi.
32 Egamiz amr etganlarning hammasini Muso bajardi.
33 So‘ngra Muso chodir bilan qurbongohning atrofiga pardadan qilingan to‘siqni o‘rnashtirib, hovliga kiraverishda pardani osdirdi. Shunday qilib, Muso ishini tugatdi.
34 Keyin Uchrashuv chodirini — Muqaddas chodirni bulut qopladi,
35 Egamiz ulug‘vorligi bilan zohir bo‘lib chodirni to‘ldirdi. Shuning uchun Muso chodirga kira olmadi.
36 Chodirdan bulut ko‘tarilganda, Isroil xalqi har bir to‘xtagan joyidan yo‘lga chiqib sayohatini davom ettirardi.
37 Bulut ko‘tarilmasdan, to bulut ko‘tariladigan kun kelmaguncha, ular yo‘lga chiqishmasdi.
38 Shunday qilib, Isroil xalqi butun sayohatlari davomida kunduzi Muqaddas chodir ustida Egamiz zohir bo‘ladigan bulutni, kechasi chodir tepasidagi bulut ichida yonayotgan alangani ko‘rardilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак