Chiqish 4 bob

1 Egamiz Musoga mo‘jiza ko‘rsatish qudratini ato qiladi. 18 Muso Misrga qaytib boradi.

1 Shunda Muso: — Isroil xalqi gapimga quloq solmasdan: “Egamiz senga zohir bo‘lmagan”, deb menga ishonmasa, unda nima qilaman? — deb so‘radi.
2 — Qo‘lingdagi nima? — deb so‘radi Egamiz. — Tayoq, — deb javob berdi Muso.
3 — Tayoqni yerga tashla! — deb amr qildi Egamiz. Muso tayoqni yerga tashlagan edi, tayoq ilonga aylanib qoldi. Muso darrov ilondan o‘zini olib qochdi.
4 Egamiz yana Musoga: — Qo‘lingni uzatib, ilonning dumidan ushla! — deb amr berdi. Muso qo‘lini uzatib, ilonning dumidan ushlagan edi, shu zahoti ilon Musoning qo‘lida yana tayoqqa aylanib qoldi.
5 Shu mo‘jizani ko‘rsatasan! — deb amr berdi Egamiz, — toki Mening xalqim ota–bobolari — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi — Men senga zohir bo‘lganimga ishonsinlar.
6 So‘ngra Egamiz yana: — Qo‘lingni qo‘yningga tiq! — deb amr berdi. Muso qo‘lini qo‘yniga tiqib, chiqargan edi, qo‘liga yara toshib, qorday oppoq bo‘lib qoldi.
7 — Qo‘lingni yana qo‘yningga tiq! — deb amr berdi Egamiz. Muso qo‘lini yana qo‘yniga tiqib chiqargan edi, qo‘li tanasining qolgan qismi singari, asl holiga qaytdi.
8 — Agar senga ishonmasalar yoki ko‘rsatgan birinchi mo‘jizangga e’tibor bermasalar, ikkinchi mo‘jizaga ishonadilar, — dedi Egamiz.
9 — Gapingga quloq solmay, ikkala mo‘jizaga ham ishonmasalar, Nil daryosi suvidan olib, quruq yerga to‘k. Daryodan olib yerga to‘kkan suving qonga aylanadi.
10 — Yo, Rabbiy! — dedi Muso. — Men, quling, ilgari ham, hozir — sen bilan gaplasha boshlaganimdan buyon ham yaxshi gapira olmayman. Axir, mening tilim chuchuk, sekin gapiraman.
11 Shunda Egamiz: — Insonga til ato qilgan kim? — dedi. — Insonni kim soqov, kar, ko‘radigan yoki ko‘r qilib yaratadi? Men, Egangiz, emasmi?!
12 Endi bor! Gaplashganingda, Men sen bilan birga bo‘laman. Nimani gapirishingni Men senga o‘rgatib turaman.
13 — Yo, Rabbiy! — dedi Muso. — Iltijo qilaman: Mening o‘rnimga boshqasini yubora qolgin.
14 Shundan keyin Egamiz Musodan qattiq g‘azablanib dedi: — Akang Horun bor–ku! U ham Levi naslidan. Bilaman, u gapga chechan. Ana, o‘zi ham senga peshvoz kelyapti. Akang seni ko‘rib xursand bo‘ladi.
15 -
16 Horun sening o‘rningga xalq bilan gaplashadi. Horun nima deyishi lozimligini sen aytasan. Sen u uchun Xudoga — Menga o‘xshagan bo‘lasan. Sizlar gapirganingizda, Men ikkovingiz bilan birga bo‘laman. Har ikkovingizga Men nima qilishingizni aytib turaman.
17 Mana bu tayog‘ingni qo‘lingga ol, bu mo‘jizalarni tayoq orqali ko‘rsatasan.
18 Muso qaynatasi Yatroning oldiga qaytib kelib, unga dedi: — Ijozat bering, Misrdagi qabiladoshlarimning yoniga qaytay. Borib bilay–chi, ular haliyam tirikmikan. — Eson–omon bor, — deb Yatro u bilan xayrlashdi.
19 Muso hamon Midiyonda yashar ekan, Egamiz unga: — Misrga qayt, sening joningni olmoqchi bo‘lganlarning hammasi olamdan o‘tib ketdi, — degan edi.
20 Shunday qilib, Muso xotini bilan o‘g‘illarini eshakka mindirdi. Xudo, ol, deb tayinlagan tayoqni qo‘liga olib, Misrga boradigan yo‘lga chiqdi.
21 Egamiz Musoga yana shularni eslatdi: — Misrga borganingda, Men bergan qudrat bilan sen fir’avnning ko‘zi oldida hamma ajoyibotlarni ko‘rsat. Men esa uning yuragini tosh qilib qo‘yaman. U xalqimning ketishiga ijozat bermaydi.
22 Keyin sen fir’avnga Mening shu gapimni yetkaz: “Egamiz shunday aytmoqda: — Isroil Mening to‘ng‘ich o‘g‘limdir.
23 Ijozat ber, o‘g‘lim borib, Menga sajda qilsin, deb senga aytgan edim. Ammo sen unga ketishga ijozat bermading. Shuning uchun endi sening to‘ng‘ich o‘g‘lingni nobud qilaman.”
24 Muso va uning oilasi tunni o‘tkazgani yo‘lda to‘xtadilar. Shu paytda Egamiz Musoga duch keldi–da, sal bo‘lmasa uni o‘ldiray dedi.
25 Shu zahoti xotini Zippura tosh pichoq olib, o‘g‘lini sunnat qildi. Sunnat terisini Musoning oyoqlariga tekkizib: “Seni men uchun shu sunnat qoni himoya qildi”, dedi.
26 Shunda Egamiz Musoning hayotini saqladi. Zippura Musoga: “Sen shu sunnat qoni orqali himoya qilinding”, dedi.
27 So‘ngra Egamiz Horunga: — Musoni kutib olgani sahroga bor! — deb amr berdi. Shunday qilib, Horun Musoni kutib olgani Xudoning muqaddas tog‘iga ketdi. Horun Musoni topgach, u bilan quyuq salomlashdi.
28 Muso Egamizning unga aytgan hamma gaplarini Horunga gapirib berdi. Bajarishi kerak bo‘lgan hamma mo‘jizalar haqida ham Horunga so‘zlab berdi.
29 Shunday qilib, Muso bilan Horun Misrga borishgach, Isroilning hamma oqsoqollarini to‘pladilar.
30 Horun Egamizning Musoga aytgan hamma gaplarini oqsoqollarga so‘zlab berdi. Ularning ko‘zi oldida mo‘jizalarni ko‘rsatdi.
31 Oqsoqollar eshitib ko‘rganlariga ishondilar. Egamiz o‘z xalqini kuzatib turganini, ular chekkan azoblarni ko‘rganini eshitib, Unga ta’zim etib, sajda qildilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18