Chiqish 14 bob

1 Egamiz Qizil dengizda Isroil xalqini qutqaradi.

1 Egamiz Etxamda Musoga shunday dedi:
2 — Isroil xalqiga: “Migdol bilan dengiz o‘rtasidagi Piy–Xaxiro‘t yaqiniga qaytib boringlar”, deb ayt. U yerda Baal–Zafo‘n qarshisidagi Qizil dengiz sohili bo‘ylab chodir tikishsin.
3 O‘shanda fir’avn: “Isroil xalqi yurtda adashib qolibdi, sahro ularning ketishiga xalaqit beryapti”, deb o‘ylaydi.
4 Fir’avn sizlarni ta’qib qilsin, deb Men uning yuragini tosh qilib qo‘yaman. Fir’avn va uning lashkari ustidan g‘alaba qilaman. Shu orqali shuhratga erishaman. Ana o‘shanda Egangiz Men ekanligimni Misr xalqi bilib oladi. Isroil xalqi Egamiz aytganday qildi.
5 Fir’avnga: “Isroil xalqi qochib ketibdi”, deb xabar yetkazishdi. Fir’avn va a’yonlarining Isroil xalqi to‘g‘risidagi niyatlari o‘zgardi: “Nima qilib qo‘ydik–a? Isroil xalqiga ketishga ijozat berib, qullarimizdan ayrilib qolibmiz–ku!” deyishdi.
6 Fir’avn jang aravalarini tayyorlatdi, lashkarlarini yoniga oldi.
7 U Misrdagi hamma jang aravasini, shu bilan birga, olti yuzta sara jang aravasini ham yo‘lga otlantirdi. Har bir jang aravasining lashkarboshisi bor edi.
8 Egamiz Misr fir’avnining yuragini tosh qilib qo‘ydi. Fir’avn Isroil xalqining ortidan quvdi. Isroil xalqi shaxdam qadam bilan Misrdan chiqib ketayotgan edi.
9 Misrliklar — fir’avnning hamma otlari, aravakashlar va jang aravalari, lashkarlari bilan Isroil xalqining ortidan tushdi. Dengiz qirg‘og‘ida Baal–Zafo‘n qarshisida — Piy–Xaxiro‘t yaqinida Isroil xalqiga yetib oldilar. Isroil xalqi bu yerda qarorgoh qurgan edi.
10 Fir’avn tobora yaqinlashib kelardi. Isroil xalqi orqalariga qarab Misrliklar quvib kelayotganini ko‘rdilar–u, sarosimaga tushib qoldilar. Ular Egamizga iltijo qilib, madad so‘radilar.
11 Keyin Musoga aytdilar: — Bizni sahroga o‘ldirgani olib kelgan ekansan–da. Misrda biz uchun qabriston yetarli emasmidi?! Bizni Misrdan olib chiqib, nima qilib qo‘yding–a?!
12 Misrda ekanligimizda shunga o‘xshash yomon hodisalar yuz berishini aytmaganmidik?! Biz: “Misrliklarga qul bo‘lib xizmat qilib yuraveraylik, sahroda o‘lib ketganimizdan ko‘ra, ularga xizmat qilganimiz yaxshi”, deb aytgan edik–ku!
13 Ammo Muso: — Qo‘rqmanglar! — dedi. — Joyingizda to‘xtab, qarab turinglar. Hozir ko‘rasizlar, Egamiz sizlarni qanday qilib qutqarar ekan. Hozir qarshingizda turgan Misrliklarni qaytib ko‘rmaysizlar.
14 Xotirjam bo‘linglar, Egamiz sizlar uchun jang qiladi.
15 Shu payt Egamiz Musoga gapirdi: — Nimaga menga iltijo qilib, madad so‘rayapsan? Isroil xalqiga ayt, oldinga qarab ketaversin.
16 Tayog‘ingni ko‘tarib, qo‘lingni dengiz ustiga uzat, suvni ikki tomonga ayir. Shunda Isroil xalqi quruq yer ustida yurib, dengizdan o‘tadi.
17 Misrliklar sizlarning ortingizdan dengizga borsin, deb Men ularning yuragini tosh qilib qo‘yaman. Fir’avn, uning lashkarlari, aravakashlari va jang aravalari ustidan g‘alaba qilib shuhratga erishaman.
18 Men ularni yer bilan yakson qilganimda Egangiz Men ekanligimni Misr xalqi bilib oladi.
19 Isroil xalqi oldida borayotgan Xudoning farishtasi joyini o‘zgartirib, ularning orqasiga o‘tdi. Isroil xalqining oldidagi bulut ustuni ham joyini o‘zgartirdi. Bulut ustuni orqaga o‘tib,
20 Misr lashkari bilan Isroil xalqi o‘rtasida turib qoldi. Bulut ustuni Misrliklar turgan tomonni zimiston va bulutli, Isroil xalqi turgan tomonni esa yop–yorug‘ qilib turdi. Shuning uchun Misr lashkari tun bo‘yi Isroil xalqiga yaqin kela olmadi.
21 Muso qo‘lini dengiz tomonga uzatdi. Shundan keyin tun bo‘yi Egamiz sharqdan kuchli shamol estirib, dengizni ikki tomonga ayirdi, dengizni quruq yerga aylantirdi. Suv ikki tomonga surildi.
22 Shundan keyin Isroil xalqi dengizdagi quruq yerdan yurib o‘ta boshladi. Suv Isroil xalqining o‘ng tomonida ham, chap tomonida ham devor bo‘lib turardi.
23 Misrliklar Isroil xalqining ortidan quvdi. Fir’avnning hamma otlari, aravakashlari va jang aravalari dengizning o‘rtasiga tushdi.
24 Tong payti Egamiz alanga va bulut ustunidan Misr lashkariga qarab, ularni sarosimaga soldi.
25 Jang aravalarining g‘ildiraklari botib qoldi. Natijada Misrliklar aravalarini zo‘rg‘a tortib ketdilar. Shunda Misrliklar: “Bu yerdan qochib qolaylik! Isroil xalqi uchun ularning Egasi jang qilyapti! U bizga qarshi!” — deb shovqin soldilar.
26 Keyin Egamiz Musoga: — Qo‘lingni dengizga uzat! — deb amr berdi. — Suv Misrliklarning, ularning aravakashlari va jang aravalari ustiga qaytsin!
27 Muso qo‘lini dengizga uzatdi. Tong payti dengiz suvi asl holiga qaytdi. Misrliklar suvdan qutulmoqchi bo‘lib qochayotgan edi, Egamiz ularni dengizning o‘rtasiga silkib otdi.
28 Suv asl holiga qaytdi. Fir’avnning aravakashlarini va jang aravalarini, Isroil xalqini ortidan quvib, dengiz o‘rtasiga tushgan hamma Misr lashkarini g‘arq qildi. Ulardan birortasi ham tirik qolmadi.
29 Isroil xalqi esa dengiz o‘rtasida quruq yerdan yurib o‘tdi. Suv o‘ng tomonda ham, chap tomonda ham Isroil xalqiga devor bo‘lib turardi.
30 Shunday qilib, Egamiz o‘sha kuni Isroil xalqini Misrliklarning qo‘lidan qutqardi. Isroil xalqi dengiz qirg‘og‘ida Misrliklarning jasadlarini ko‘rdi.
31 Egamiz buyuk qudrati bilan Misrliklarni mag‘lub qilganini Isroil xalqi ko‘rgach, Undan qo‘rqadigan bo‘ldilar. Ular Egamizga va Uning quli Musoga ishondilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18