1 Muqaddas chodirga oid ko‘rsatmalar.
Chiqish 26 bob
1 Endi Muqaddas chodirning o‘ziga kelsak, uning ichki qavatini qildir. U mayin zig‘ir matosidan tikilgan o‘nta choyshabdan iborat bo‘lsin. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlatib, bu choyshablarni bezattir.
2 Har bir choyshabning bo‘yi yigirma sakkiz tirsak, eni to‘rt tirsak bo‘lsin. Hamma choyshablarning o‘lchovi bir xil bo‘lsin.
3 Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir– biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan beshtasini ham shunday qildir.
4 Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga ko‘k matodan qilingan elliktadan halqa tiktir.
5 Har ikki tomonga tikilgan halqalar bir–biriga ro‘parama–ro‘para bo‘lsin.
6 Keyin oltindan ellikta ilgak yasattir, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda chodirning ichki qavati bir butun bo‘ladi.
7 Muqaddas chodirning qoplamasi uchun echki juni matosidan o‘n bitta choyshab tiktir.
8 Har bitta choyshabning bo‘yi o‘ttiz tirsak, eni to‘rt tirsak bo‘lsin. O‘n bitta choyshabning hammasi bir o‘lchovda bo‘lsin.
9 Choyshablardan beshtasining bo‘yini bir– biri bilan birlashtirib tiktir, qolgan beshtasini ham shunday qildir.
10 Ulangan ikki bo‘lak choyshabning bir bo‘yiga ko‘k matodan qilingan elliktadan halqa tiktir.
11 Keyin bronzadan ellikta ilgak yasat, ikkala choyshabning halqalarini ilgaklar bilan bir–biriga ulat. Shunda chodirning qoplamasi bir butun bo‘ladi. Chodir ustiga qoplamani tashlaganlaringizda, chodirga kiraverishning yuqorisida oltinchisini uzunasi bo‘ylab ikki bukla.
12 Qoplamaning bo‘yidan qolgan ikki tirsagi chodirning orqasida yerga yoyiladi.
13 Qoplamaning eni oxiridagi qo‘shimcha bir tirsak chodirning ikki yonboshida yerga osilib turadi va uni butunlay qoplaydi.
14 Bu qoplama ustiga qo‘yish uchun qizilga bo‘yalgan qo‘chqor terisidan qoplama, so‘ng yumshoq teridan tashqi qoplama qildir.
15 Akas yog‘ochidan Muqaddas chodirni tutib turadigan romlar yasat.
16 Har bir romning bo‘yi o‘n tirsak, eni bir yarim tirsak bo‘lsin.
17 Har bir romning ostida bir–biriga parallel bo‘lgan ikkita tirgak yasat.
18 Chodirning janub tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasat.
19 Bu romlar ostiga qo‘yish uchun kumushdan qirqta taglik — har bir rom uchun ikkitadan taglik qildir, toki har bir tirgak ostida bitta taglik bo‘lsin.
20 Chodirning shimol tomonidagi devor uchun yigirmata rom yasat.
21 Har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan — qirqta kumush taglik yasat.
22 Chodirning orqadagi — g‘arb tomonidagi devor uchun oltita rom,
23 chodirning orqasida burchaklar hosil qilish uchun har ikki tomoniga yana bittadan rom yasat.
24 Bu ikkala romni pastdan va yuqoridan tutashgan devordagi oxirgi romga birlashtir. Bitta burchak hosil qilish uchun bitta halqa bilan yaxlit qilib birlashtir. Bu har ikkala burchak shu yo‘l bilan hosil qilinadi.
25 Shunday qilib, har bir rom ostiga qo‘yish uchun ikkitadan — o‘n oltita kumush taglikka tayangan sakkizta romdan orqadagi devor qilinadi.
26 Muqaddas chodirning janub tomonidagi romlarni ushlab turish uchun akas yog‘ochidan beshta tamba,
27 shimol tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba, orqa tomoni — g‘arb tomonidagi romlarni ushlab turish uchun ham beshta tamba yasat.
28 Romlarning yarmigacha o‘rnashtirilgan o‘rtadagi tambalar chodirning boshidan oxirigacha cho‘ziladi.
29 Romlarni oltin bilan qoplatib, tambalarni ushlab tursin, deb oltin halqalarni romlarga birlashtir, tambalarni ham oltin bilan qoplat.
30 Chodirni Men senga shu yerda — tog‘da ko‘rsatgan namuna bo‘yicha o‘rnashtir.
31 Mayin zig‘ir matosidan tikilgan ichki pardani qildir. Ko‘k, safsar va qirmizi iplar bilan karublar tasvirini mahorat bilan ishlatib, bu pardani bezattir.
32 Akas yog‘ochidan to‘rtta ustun yasat. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Kumush taglikka ustunlarni bittadan o‘rnashtir va ichki pardani ustundagi ilgaklarga osdir.
33 Ichki parda chodir shipidagi ilgaklar ostida osilib tursin. Ahd sandig‘i ichki pardaning orqasiga olib kirilsin. Ichki parda Muqaddas xonaniEng muqaddas xonadan ajratib turadi.
34 Sandiqning qopqog‘i Eng muqaddas xonaga olib kirilsin, uni ahd sandig‘i ustiga qo‘ydir.
35 Xontaxtani chodirning shimol tomoniga — ichki pardaning tashqarisiga qo‘ydir. Chiroqpoyani esa chodirning janub tomoniga — ichki pardaning tashqarisidagi xontaxtaning ro‘parasiga o‘rnat.
36 Chodirga kirish joyi uchun mayin zig‘ir matosidan tikilgan parda qildir. Uni ko‘k, safsar va qirmizi iplardan mahorat bilan tiktirib bezattir.
37 Akas yog‘ochidan beshta ustun yasat, toki pardani ushlab tursin. Ustunlarga oltin qoplatib, ularga oltin ilgaklarni mahkamlat. Eritilgan bronzadan ustunlar ostiga qo‘yish uchun beshta taglik yasat.