Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy 1 bob

Kirish

Vahiy Mazkur kitobda Isoning Yuhannoga ko‘rsatgan vahiysi bayon etilgan. Bu vahiy oxirzamon haqidadir. Yuhanno vahiyni olganda, O‘rta yer dengizining sharqidagi Patmos orolida surgunda edi. Bu orol hozirda Turkiyaga qarashlidir. Patmos oroli Efes shahridan qariyib 100 kilometrcha masofada joylashgan bo‘lib, o‘sha davrda Rim imperiyasi tomonidan zindon sifatida ishlatilgan. Bu kitobning yozilgan davri aniq emas. Ba’zi mutaxassislar, kitob imperator Nero hukmronligi davrida, ya’ni eramizning 54-68 yillarida yozilgan, deb aytishsa, boshqa mutaxassislar ushbu kitob imperator Domitian hukmronligi davrida, ya’ni eramizning 81-96 yillarida yozilgan, deb ta’kidlashadi. Bu ikkala hukmdor ham masihiylarni shafqatsiz quvg‘in qilgan edilar.

Mazkur kitobning asosiy mohiyati Xudoning Iso Masih haqidagi xabarni ayon qilish va qattiq quvg‘in ostida qolgan masihiylarga umid baxshida etishdan iborat. O‘sha davrdagi masihiylar bu kitobni o‘qib, Xudoning Qo‘zisi har qanday yovuzlik ustidan g‘alaba qozonganini bilishar edi. Rim imperiyasining vahshiy zulmiga qaramasdan, Xudoga sodiq qolishardi.

Ushbu kitob Eski Ahd obrazlariga va g‘oyalarga boydir. Uni go‘yo ilk masihiylar uchun yozilgan sirli xabarga o‘xshatsa bo‘ladi. Bu xabarni o‘qigan masihiylar uning mazmunini osonlikcha tushunib olardilar, Rim amaldorlari esa, aksincha uni tushunmasdilar. Misol uchun 18–bobdagi “Bobilning qulashi” Rim imperiyasining qulashiga ishora ekanligini masihiylar bilar edilar va bu ularga umid berardi.

Kitobni mazmun jihatidan 3ta asosiy qismga bo‘lsa bo‘ladi: 1) dunyoda yovuz kuchlar mavjud. Masihiylar imon uchun azob chekishlari va hatto jonidan mahrum bo‘lishlari mumkin. 2) Iso Masih Rabbiydir. U Xudoga qarshi bo‘lgan hamma odamlarni va kuchlarni yengadi. 3) Xudoga oxirgacha sodiq qolgan odamlar uchun Iso Masih mukofotlar tayyorlab qo‘ygan. Ayniqsa, Xudoni o‘z jonidan ham ortiq ko‘rganlarni U yuqori darajada taqdirlaydi.

Darhaqiqat, jamiki azob–uqubatlar tugaganda, Xudoga sodiq qolganlar buyuk mukofot oladilar:

“Xudoning maskani insonlar orasidadir!

U endi odamlar orasida yashaydi,

Ular Xudoning xalqi bo‘ladilar.

Xudoning O‘zi ular bilan birga bo‘ladi.

Xudo ularning ko‘zidagi har bir tomchi yoshni artib qo‘yadi.

Endi o‘lim mavjud bo‘lmaydi,

Hech kim qayg‘urmaydi, yig‘lamaydi, azob chekmaydi.

Zero, avvalgilar o‘tib ketdi.” (21:3-4)

Vahiy

1–BOB - Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy

Muqaddima va duoyi salom

 

1 Mazkur kitobda Iso Masihningvahiysi bayon etilgan. Yaqin orada yuz beradigan hodisalarni Xudo O‘z qullariga ayon qilish uchun bu vahiyni Iso Masihga berdi. Iso Masih O‘z farishtasini quli Yuhannoning oldiga yuborib, ushbu vahiyni ko‘rsatdi.
2 Yuhanno Xudoning kalomi va Iso Masihning shahodati to‘g‘risida nimalar ko‘rgan bo‘lsa, hammasi haqida guvohlik bermoqda.
3 Ushbu bashorat so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qiyotgan odam baxtlidir. Uni tinglab, kitobda yozilganlarga amal qiluvchilar baxtlidir. Axir, bu hodisalarning vaqt–soati yetdi.
4 Asiya viloyatidagi yettita imonlilar jamoatiga Yuhannodan salom! Azaldan bor bo‘lgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor bo‘ladigan Xudodan, Uning taxti oldida turgan yetti ruhdan,
5 shuningdek, o‘liklar ichidan birinchi bo‘lib tirilgan, yer yuzi shohlarining Hukmdori bo‘lgan sodiq shohid — Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo‘lsin. Iso Masih bizni sevadi. U O‘z qonini to‘kib, bizni gunohlarimizdan xalos etdi.
6 U bizdan Shohlik yaratdi, bizni Otasi Xudoga xizmat qiladigan ruhoniylar qilib tayinladi. Qudrat Sohibi bo‘lgan Masihga abadulabad shon–sharaflar bo‘lsin! Omin.
7 Ana, U bulutlarda kelyapti! Har bir ko‘z Uni ko‘radi, Hatto Unga nayza sanchganlar ham Unga ko‘z tikadi. Dunyoning jamiki qabilalari U tufayli yig‘laydi. Darhaqiqat, hammasi aytilganday bo‘ladi! Omin.
8 “Men — Ibtido va Intihodirman, — deb aytmoqda Egamiz Xudo. — Men oldin bor bo‘lgan, hozir ham bor, kelajakda ham bor bo‘ladigan Qodir Xudodirman.”
9 Men birodaringiz Yuhannoman. Isoning azoblari, Uning Shohligi va sabr–toqatini baham ko‘rgan sherigingizman. Men Xudoning kalomini va’z qilib, Iso haqida guvohlik berganim uchun Patmos oroliga surgun qilinganman.
10 Haftaning birinchi kunida Muqaddas Ruh meni qamrab oldi. Men orqamdan karnay sadosiga o‘xshash kuchli bir ovozni eshitdim. Ovoz shunday dedi:
11 “Ko‘rganlaringni kitobga yozib bor. So‘ng uni Efes, Smirna, Pergam, Tiyatira, Sardis, Filadelfiya va Laodikiya shaharlaridagi imonlilarning yettita jamoatiga yubor.”
12 Menga gapirayotgan Kimsani ko‘rish uchun o‘girildim. Shunda yettita oltin chiroqpoyani ko‘rdim.
13 Chiroqpoyalar orasida inson qiyofasidagi bir Zot turgan edi. Uning ustida uzun, to‘pig‘igacha tushgan rido, ko‘ksiga oltin tasma bog‘langan edi.
14 Sochi momiqday oq, qorday oppoq edi. Ko‘zlari esa alangaday chaqnardi.
15 Uning oyoqlari o‘choqda qizdirilgan bronzaday yarqirar, ovozi guvullagan dengiz tovushiga o‘xshardi.
16 O‘ng qo‘lida yettita yulduz bor edi, og‘zidan o‘tkir dudama qilich chiqib turardi. Uning yuzi kun qiziganda balqiydigan quyoshday porlardi.
17 Uni ko‘rishim bilanoq, oyoqlari ostiga jonsizday yiqildim. U esa o‘ng qo‘lini ustimga qo‘yib, shunday dedi: “Qo‘rqma! Men Birinchi va Oxirgiman.
18 Barhayotman. O‘lgan edim va mana, abadulabad tirikman. O‘limning va o‘liklar diyorining kalitlari Mendadir.
19 Shunday ekan, sen oldin ko‘rganlaringni, hozir ko‘rayotganlaringni va bundan keyin ko‘radiganlaringning hammasini yozib bor.
20 Sen o‘ng qo‘limda ko‘rgan yettita yulduz va yettita oltin chiroqpoyaning siriga kelsak, yetti yulduz — yetti jamoatning farishtalarini, yetti chiroqpoya esa yetti jamoatni bildiradi.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак