Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy 19 bob

1 Osmondagi hamdu sano. 11 Oq ot mingan Chavandoz.

1 Bundan keyin men osmondagi katta olomonning g‘ala–g‘ovuriga o‘xshash baland ovozlarni eshitdim: “Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Najot, ulug‘vorlik va qudrat Xudoyimizga tegishlidir.
2 Zotan U to‘g‘ri va adolatli hukm qiladi. Yer yuzini fahsh–zino ila bulg‘agan o‘taketgan fohishani U mahkum etdi, Undan O‘z qullarining xunini oldi.”
3 Olomon yana shunday deb hayqirdi: “Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Bobildan to abad burqirab tutun chiqadi.”
4 Shu payt yigirma to‘rt nafar oqsoqol va to‘rtta mavjudot yerga muk tushib: “Omin! Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!” — deya taxtda o‘tirgan Xudoga sajda qildilar.
5 Keyin taxtdan bir ovoz keldi: “Ey Xudoyimizning barcha qullari, Undan qo‘rquvchi kattayu kichiklar, Unga hamdu sano aytinglar!”
6 So‘ngra men ko‘p xaloyiqning ovoziga o‘xshash, shovullagan dengiz, gumburlagan momaqaldiroqning sadosiga o‘xshash ovozlarni eshitdim. Ular shunday der edilar: “Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Qodir Xudo — Egamiz hukmronlik qilmoqda!
7 Sevinib xursand bo‘laylik, Hammamiz Uni ulug‘laylik! Axir, Qo‘zining nikoh soati yetdi, Uning kelini o‘zini to‘yga tayyorladi.”
8 Kiyishi uchun kelinga yarqiragan, pok, mayin zig‘ir libos berildi. Bu libos — Xudo azizlarining odil ishlaridir.
9 Keyin farishta menga shunday dedi: — Qani, yoz: Qo‘zining nikoh to‘yiga taklif etilganlar baxtlidir! Yana qo‘shib dedi: — Bular Xudoning haq so‘zlaridir.
10 Men unga sajda qilish uchun o‘zimni oyoqlari ostiga tashladim. Lekin u menga dedi: — Yo‘q, menga sajda qilma! Faqat Xudoga sajda qil! Men ham senga o‘xshab Xudoga xizmat qilyapman, Iso haqida shahodat beradigan sen va birodarlaring singari Xudoning xizmatkoriman. Darhaqiqat, Iso haqida shahodat berganlar payg‘ambarlardir, ular Xudoning haq xizmatkorlaridir.
11 Bundan keyin men osmonning ochilganini ko‘rdim. U yerda bir oq ot turar edi. Ustidagi Chavandozni Sodiq va Haq, deb chaqirishardi. U odilona hukm chiqarib, jang qilardi.
12 Uning ko‘zlari otash alangasiday chaqnardi. Boshida ko‘p tojlari bor edi. Peshanasiga esa O‘zidan boshqa hech kim bilmaydigan bir ism yozilgandi.
13 Egnidagi kiyimi qonga belangandi. Chavandozga “Xudoning Kalomi” deb nom berilgan edi.
14 Oppoq, top–toza, mayin zig‘ir libos kiygan samoviy qo‘shinlar oq otlarda Chavandozga ergashib borishardi.
15 Uning og‘zidan o‘tkir bir qilich chiqib turardi. U o‘sha qilichi bilan xalqlarni mag‘lub etadi, qo‘lidagi temir xivchin bilan ularga hukmronlik qiladi. Qodir Xudoning qaynoq qahr–g‘azabi chuquridagi uzumlarni bosib ezadi.
16 Kiyimining son qismida: “shohlarning Shohi, hokimlarning Hokimidir”, degan ism yozilgan.
17 Shundan so‘ng men quyosh ustida turgan bir farishtani ko‘rdim. U uchib ketayotgan barcha qushlarga baland ovozda shunday xitob qildi: “Xudoning buyuk bazmiga kelinglar!
18 Shohlar, sarkardalar, bahodir jangchilarning jasadlarini, otu suvorilar, hamma qulu erkin, kattayu kichikning jasadlarini yeyish uchun to‘planinglar!”
19 Shunda men mahluqni, yer yuzi shohlarini, ularning qo‘shinlarini ko‘rdim. Ular ot mingan Chavandoz bilan Uning qo‘shinlariga qarshi jang qilish uchun safarbar bo‘lgan edilar.
20 Mahluq asir tushdi. U bilan birga soxta payg‘ambar ham asir olindi. Bu soxta payg‘ambar mahluqning nomidan mo‘jizali alomatlar ko‘rsatardi. U bu alomatlari bilan mahluqning tamg‘asini olgan va uning tasviriga sajda qilgan odamlarni aldagandi. Mahluqni ham, soxta payg‘ambarni ham tiriklayin oltingugurt bilan yonayotgan olov ko‘liga tashlashdi.
21 Boshqalar esa ot mingan Chavandozning og‘zidan chiqqan qilich bilan o‘ldirildi. Hamma qushlar bo‘kib qolguncha ularning go‘shtidan yedi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак