Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy 2 bob

1 Efes shahridagi imonlilar jamoatiga. 8 Smirna shahridagi imonlilar jamoatiga. 12 Pergam shahridagi imonlilar jamoatiga. 18 Tiyatira shahridagi imonlilar jamoatiga.

1 “Efesdagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Yetti yulduzni o‘ng qo‘lida Tutguvchi, yettita oltin chiroqpoya orasida Yuruvchi shunday demoqda:
2 Sening ishlaring, mehnating, bardoshingni bilaman, badkirdorlarga toqat qilmasligingni ham bilaman. Havoriy bo‘lmagan holda o‘zlarini havoriy deb aytganlarni sen sinading, ularning yolg‘onini fosh qilding.
3 Ha, bardoshlisan. Mening nomim uchun ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirib, holdan toymading.
4 Biroq senga bir e’tirozim bor: sen Menga bo‘lgan ilk sevgingni unutding.
5 Qara, qanchalar past tushding! Tavba qil va avvalgi ishlaringga qayt. Tavba qilmasang oldingga borib, chiroqpoyangni o‘z joyidan olib tashlayman.
6 Ha, senda yana bir yaxshi fazilat bor, sen nikolaychilarning ishlaridan nafratlanasan. Men ham ulardan nafratlanaman.
7 Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. G‘olib kelganlarga Xudoning jannatidagi hayot daraxti mevasidan yeyishni nasib etaman.”
8 “Smirnadagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: O‘lib tirilgan, Birinchi va Oxirgi bo‘lgan Zot shunday demoqda:
9 Chekkan azoblaringni, kambag‘alligingni bilaman. Aslida esa boysan! O‘zini Xudoning xalqi deb ataganlar seni qanchalar haqoratlaganini ham bilaman. Ular Xudoning xalqi emas, balki shayton to‘dasidir.
10 Boshingga tushadigan azob–uqubatlardan qo‘rqma! Mana, iblis sizlarni sinash uchun orangizdan ba’zilarni zindonga tashlaydi, o‘n kun davomida azob chekasizlar. O‘lim xavfi ostida bo‘lganingda ham sodiq qol, shunda Men senga hayot tojini beraman.
11 Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. G‘olib kelganlar ikkinchi o‘limdan hech qanday zarar ko‘rmaydilar.”
12 “Pergamdagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: O‘tkir dudama qilich Sohibi shunday demoqda:
13 Qayerda yashayotganingni bilaman. Shahringda shaytonning taxti joylashgan. Shunday bo‘lsa–da, sen Mening nomimga qattiq bog‘landing. Shayton yashayotgan o‘sha shahringda sodiq shohidim Antipa o‘ldirilganda ham sen Menga bo‘lgan imoningdan qaytmading.
14 Lekin senga bir oz e’tirozim bor: orangizda Balom ta’limotiga rioya qiluvchilar bor. Balom Isroil xalqini yo‘ldan ozdirish yo‘lini Boloqqa o‘rgatgandi. Boloq esa Isroil xalqini butlarga qurbonlik qilingan go‘shtni yeyishga va fahsh–zinoga undagandi.
15 Shuningdek, orangizda nikolaychilar ta’limotini tutuvchilar ham bor.
16 Endi tavba qil! Aks holda men zudlik bilan oldingga borib, og‘zimdagi qilich bilan o‘shalarga qarshi jang qilaman.
17 Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin. G‘olibga Men pinhon saqlangan mannani beraman. Unga oq toshni ham beraman. Bu toshning ustiga yangi bir ism yozilgan, toshni olgan kishidan boshqa hech kim u ismni bilmaydi.”
18 “Tiyatiradagi imonlilar jamoatining farishtasiga yoz: Ko‘zlari otash alangasiday chaqnoq, oyoqlari qizdirilgan bronzaday yarqiroq Xudoning O‘g‘li shunday demoqda:
19 Sening ishlaring, sevging, imoning, xizmating va bardoshingni bilaman. Hozirda oldingidan ham ko‘proq ish qilayotganingni bilaman.
20 Lekin senga bir e’tirozim bor: sen Izabel degan xotinga toqat qilib yuribsan. U o‘zini payg‘ambar deb, ta’limoti bilan qullarimni yo‘ldan ozdiryapti. Ularni fahsh–zino qilishga va butlarga qurbonlik qilingan go‘shtni yeyishga undayapti.
21 Fahsh–zinodan tavba qilishi uchun unga muhlat berdim, ammo u tavba qilishdan bosh tortyapti.
22 Mana, Men uni xastalik to‘shagiga yotqizaman. U bilan birga fahsh–zino qilganlarni ham, bordi–yu, uning yo‘lidan qaytmasalar, qattiq azob–uqubatlarga duchor qilaman.
23 Uning izdoshlarini o‘ldiraman. Onglarni va yuraklarni sinaguvchi Men ekanligimni shunda hamma jamoatlar bilib oladilar. Men orangizdagi har bir kishini o‘z qilmishiga yarasha jazolayman.
24 Tiyatiradagi ba’zilaringiz Izabelning bu ta’limotiga ergashmadingiz. Sizlar “shaytonning sirlari” deb atalgan narsalardan bexabarsizlar. Sizlarga shundan boshqa hech narsa yuklamayman:
25 faqat Men kelgunimga qadar, imoningizni qattiq tutinglar, deyman.
26 G‘olib kelganlarga va oxirigacha Mening irodamni bajarganlarga xalqlar ustidan hokimiyat beraman.
27 Ular xalqlarni temir xivchin ila boshqarishadi. Sopol ko‘zani sindirganday xalqlarni parchalashadi. Otam Menga ato qilgan bu hokimiyat ularda bo‘ladi.
28 Men ularga tong yulduzini ham beraman.
29 Kimning qulog‘i bo‘lsa, Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini eshitsin.”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак